Ko‘krak plastikasi – kichiklashtiruvchi mammoplastika

Katta hajmga ega bo‘lgan ko‘krak ba’zan bemorlarga ham estetik, ham tibbiy noqulayliklarga sabab bo‘lishi mumkin. Shu holatga duch kelgan ayollar plastik jarroh ko‘rigi davomida ko‘krakni kichikroq qilish haqida ma’lumot olish istagini bildirishadi.

Mazkur plastik amaliyot kim uchun tavsiya etiladi?

Haddan tashqari katta o‘lchovga ega bo‘lgan ko‘krak nafaqat estetik va psixologik noqulaylikga, balki turli sog‘liq muammolariga, yani ko‘krak osti burma sohasida teri shikastlanishi va yalig‘lanishi, bo‘yin va elkada noxushlik va og‘riq, umurtqa pog‘onasi holatining o‘zgarishi kabi buzulishlarga olib kelishi mumkin.

Kichiklashtiruvchi (reduktsion) mammoplastika turlari

Mazkur amaliyotni bajarish mutahassis tomonidan yetakchi malakali bo‘lishini talab etadi. Ko‘krakni kichiklashtirish usullar qatorida plastik jarroh amaliyotida «teskari» T-shakldagi uslub va vertikal texnika keng qo‘llaniladi.

Amaliyot o‘tkazilishidan oldin bemor uchun qanday ma’lumot foydali bo‘lishi mumkin?

Mazkur operatsiya hajmiga ko‘ra o‘rtacha 2 3 soat davom etadi va umumiy og‘riqsizlantirish yordamida o‘tkaziladi. Odatda operatsiyadan keyin 12 kun ichida choklar olinadi.

Foydali tavsiya…

Bir qator klinik taxlillar va ba’zan instrumental tekshiruvlardan so‘ng amaliyot o‘tkazish masalasida bir qarorga kelish mumkin. Amaliyotdan kamida 2 xafta oldin chekish va spirtli ichimliklarni iste’mol qilishdan voz kechish lozim. Korreksiyadan oldin bemor uchun ko‘krakni siqib to‘rish maqsadida kattaligi bo‘yicha mos keladigan kompressiyon libos tayorlangan bo‘lishi zarur.

Kelib chiqishi mumkin bo‘lgan asoratlar:

  • Keloid chandiqlar;
  • Gematoma paydo bo‘lishi;
  • Areola sezuvchanligining kamayishi;
  • Infeksiya.

Amaliyotdan so‘nggi davr

Mammoplastika operatsiyadan keyin odatda bemorning tiklanishi silliq kechadi. Bir necha oy davomida maxsus kompression libos kiyish tavsiya qilinadi. 12 xafta ichida bemorlarga og‘irlik ko‘tarish va sport bilan shug‘ullanish mumkin emas. Shuningdek, bemorlar mazkur amaliyotdan so‘ng kelajakda laktatsiya faoliyati, yani sut emizish qobiliyati keskin buzulishi mumkinligini unutmaslikrari lozim. Korreksiya yakuniy natijasini faqat bir necha oydan keyin baxolash mumkin bo‘ladi.

Qanday hollarda amaliyot tavsiya etilmaydi?

  • Infeksion kasalliklar aniqlangan holatlarda;
  • Og‘ir somatik patologiya aniqlangan holatlarda;
  • Endokrin tizimining kasalliklari aniqlangan holatlarda;
  • Qon ivishi buzulishida;
  • Qandli diabet kasalligida;
  • Keloidozga moyillik aniqlangan holatlarda.
Maqola muallifi plastik jarroh Alohanov Laziz Bahodirovich. Maqola muallifiga savollaringiz bo‘lsa, saytimizning «Savol-javob» bo‘limida yoki ushbu maqola ostiga izoh shaklida yozib qoldiring. Plastik jarroh bilan bevosita dr.alohanov@esthetic.uz e-maili orqali bog‘lanishingiz mumkin.

So‘rov qoldirish

Sizning emailning chop etilmaydi.To‘ldirilishi zarur qatorlar * bilan belgilangan *

*