Ko‘krak bezi saratoni

So‘ngi vaqtlarda avj olgan «Ko‘krak bezi saratoni» ko‘pchilikni o‘ylantirib qo‘ygan bo‘lsa ajab emas. Axir bu bez odamzotning kelajagi bo‘lmish farzandlar uchun eng dastlabki ozuqa va mehr mabai — ku!

Eng avvalo ko‘krak bezi saratoni haqida fikrlashsak, xastalik ko‘pincha quyidagi holatdagi ayollarda uchraydi:

1. Yoshi ulg‘aygan, ya’ni 50 yoshdan oshgan ayollarda;
2. Ona, xola yoki buvisida saraton kasalligi mavjud bo‘lgan ayollarda;
3. Genetik kasallikka ega bo‘lgan ayollarda (BRCA1 va BRCA2 genlardagi deffekt)
4. Birinchi hayz ko‘rish davri 12 yoshgacha bo‘lib, menopauza (hayz ko‘rishni tugatish) davri 55 yoshdan oshgan ayollarda;
5. Ko‘p spirtli ichimlik iste’mol qilgan ayollarda;
6. Tug‘magan ayollarda;
7. Yoshi 30 dan oshib tuqqan ayollarda;
8. Farzandini ko‘krak suti bilan emizmagan ayollarda;
9. Estrogenlik gormonal dori-vositalarini 1 yildan ko‘p qabul qilgan ayollarda;
10. Radiatsiya ta’siriga uchragan ayollarda.

Ko‘pgina kasalliklarning oldini olib bo‘lgani kabi aynan shu dardning ham oldini olsa bo‘ladi buning uchun ayollardan yoshiga qarab quyidagilar talab qilinadi:

  • 25 — 40 yosh orasidagilar 3 yilda 1 marta mammalog ko‘rigidan o‘tishi kerak.
  • 40 — 50 yoshli ayollar 1 yilda 1 marta mammalog ko‘rigidan, 2 yilda 1 marta esa ultratovush tekshiruvidan o‘tishi kerak.
  • 50 yoshdan oshgach 1 yilda 1 marta mammalog ko‘rigidan, 1 marta esa ultratovush tekshiruvidan o‘tishi kerak.
saraton1

O‘z o‘zini tekshirish usuli. Ishonchsiz usul.

Eslatib o‘tish lozimki, mammografiya tahlili 23 yoshdan keyin o‘tqazila boshlanadi, turmush qurmagan ayollarga ko‘p ham tavsiya etilmaydi.

Kasallik rivojlangan sari uning belgilari quyidagicha namoyon bo‘lishi mumkin:

  • ko‘krak yoki qo‘ltiq ostida shishlar mavjudligi, ular odatda og‘riqsiz bo‘ladi;
  • ko‘krak yoki ko‘krak uchining shakli, rangi yoki strukturasining o‘zgarishi (masalan, qizarib qolishi, g‘adir-budurlik vujudga kelishi yoki terining silliqmasligi);
  • ko‘krak uchidan qon yoki yiring ajralishi.

Kasallikning og‘ir bosqichlarida quyidagi alomatlar vujudga keladi:

  • suyaklar og‘rishi;
  • ko‘krak og‘rishi;
  • terida yaralar paydo bo‘lishi;
  • saraton kasalligi mavjud bo‘lgan ko‘krak tomon qo‘lda shishlar paydo bo‘lishi;
  • vaznning tez yo‘qotilishi.

Ma’lumot o‘rnida shuni aytish mumkinki, har yili dunyo bo‘yicha 1 mln ga yaqin ayollar ko‘krak bezi saratoni kasalligiga chalinadi shundan 400 mingga yaqini vafot etadi.

49 комментариев

  1. Assalomu alekun Meni ayolimda shu chap kokragida be hosil boldi. Ogriq bor. Anchadan beri orni sal sal achishib ogrigan. Diyapti 2 bold I be paydo boldi. Ogriq bon. Boshqa belgilar otmadi. By qanday kasallik..? Batafsil malumot bersangiz.

  2. Savolimni yana qaytaraman javob topaman degan umitdaman.
    19-20 yoshli qizlar bu kasallikga chalinsa, juda 6tkizib yuborilgan b6lsa va jarrohlik y6li bilan 1k6kragi olib tawlansa ya’ni davolansa, u qiz hayoti davomida turmuw qurib farzand k6riwi mumkinmi?

  3. Bir d6stim wu kasallikga chalinib chetelda davolanib qaytdi, kasallik yana qaytalanmasligi un unga vrachlar turmuw qurib farzand k6riwini maslaxat beriwibdi, bu rostanham t6g’rimi?

  4. 18 yowli qizda wu kasallik bo’lib ko’krak olib tawlanib davolansa kasallik qaytalanadimi yo to’la tuzaliwi mumkinmi. Farzand ko’riw imkoni qanchalik bo’ladi?

So‘rov qoldirish

Sizning emailning chop etilmaydi.To‘ldirilishi zarur qatorlar * bilan belgilangan *

*