Kimlar shifoxonada bepul ovqatlanishlari mumkin

Maqolani yozishdan oldin bir narsani ta’kidlab o‘tmoqchiman. Ayni maqolani yozishimga turtki bo‘lgan holat yaqindagina TV orqali namoyish etilgan ko‘pchilikning dilini og‘ritgan « Yordamga muhtoj «Tez Yordam» ko‘rsatuvi bo‘ldi. O‘ylab qaralsa,  bu ko‘rsatuv orqali tibbiyot sohasida fuqarolarning huquqiy qarashlari sustligini ko‘rishimiz mumkin. Bu bilan men kasbdoshlarimni oqlayotganim yo‘q. Shularni hisobga olib,  » Huquqingiz » rukni orqali biz imkon qadar foydali huquqiy hujjatlarga asoslanib, sizga tibbiyot sohasidagi huquqlaringiz, ularga qisqa shaxsiy fikrlarimizni berib boramiz.
Endi esa shu ko‘rsatuvda ko‘tarilgan masala ya’ni shifoxonalarda ovqatlanish masalasiga bir bor to‘xtalib o‘tsak.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «DAVOLASH-PROFILAKTIKA MUASSASALARINI MABLAG‘ BILAN TA’MINLASH TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH TO‘G‘RISIDA» gi qaroriga asosan,  Shaxslarni turg‘un davolash-profilaktika muassasalarida ovqatlanish to‘lovidan ozod qiluvchi kasalliklar ro‘yxati  (pulli kasalxonalar va bo‘limlardan tashqari), quyidagilar deb belgilangan:

1. Onkologik kasalliklar
2. Sil kasalligi
3. Ruhiy kasalliklar
4. Ixtisoslashtirilgan muassasalarda giyohvandlik
5. Moxov kasalligi
6. Nurlanish kasalligiga chalingan bemorlar
7. Yuqumli kasalliklar
8. Sifilis
9. OIV kasalligini yuqtirganlar (OITS)
10. Shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish chog‘ida bemorlarning shifoxonada bo‘lishi cheklangan muddatlarining tasdiqlangan standartlari bo‘yicha reanimatsiya tadbirlarini va intensiv terapiyani talab etuvchi holatlar
11. Darajasidan qat’i nazar kamqonlik kasalligiga chalingan homilador ayollar va tuqqan ayollar
12. Endokrinologik kasalliklar.

Turg‘un davolash-profilaktika muassasalarida ovqatlanish to‘lovidan ozod qilinadigan aholi toifalarining ro‘yxati (pulli kasalxonalar va bo‘limlardan tashqari):
1. Bolalikdan nogironlar
2. G‘irt yetimlar
3. I va II guruh nogironlari
4. 1941—1945 yillardagi urush nogironlari va qatnashchilari, shuningdek, ularga tenglashtirilgan shaxslar
5. Ijtimoiy ta’minot organlarida hisobda turuvchi yolg‘iz pensionerlar
6. 1941—1945 yillardagi urush yillari mehnat fronti qatnashchilari
7. Chernobil AESidagi halokat oqibatlarini tugatishda qatnashgan — nogiron shaxslar
8. Baynalmilalchi jangchilar
9. 17 yoshgacha bo‘lgan bolalar va o‘smirlar
10. Mudofaa ishlari bo‘limlarining yo‘llanmalari bo‘yicha 18—27 yoshli chaqiriq yoshidagilar.

Keltirib o‘tilgan shaxslardan tashqari boshqa bemorlar quyidagi tartibda hisob ishlarini amalga oshiradilar:

1. Bemor reja bo‘yicha kasalxonaga yotqizilganda ovqatlanish to‘lovi, bemor tomonidan davolash-profilaktika muassasasiga joylashtirilgunga qadar, u yerda bo‘lishi rejalashtirilayotgan barcha muddat uchun to‘liq yoki qisman, lekin belgilangan eng kam oylik ish haqidan kam bo‘lmagan miqdorda to‘lanadi.
Bemor reja bo‘yicha kasalxonaga yotqizilganda u ovqatlanish uchun haq to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat yoxud davolash-profilaktika muassasasi tomonidan beriladigan ovqatni rad etish haqida ariza taqdim etishi kerak.
Davolash-profilaktika muassasasida pulli ovqatlanishni dastlab rad etgan bemor, buyurtiriladigan davr uchun oldindan haq to‘lagan holda, ovqatlanish uchun xohlagan paytda buyurtma berishi mumkin.
Ovqatlanish uchun oldindan qisman haq to‘langanda to‘liq hisob-kitob bemor kasalxonadan chiqqunga qadar amalga oshiriladi.
2. Davolash-profilaktika muassasasida ovqatga haq to‘lanmagan, to‘liq to‘lanmagan yoki ovqatlanish uchun haq to‘lashdan ozod qilish to‘g‘risidagi hujjatlar taqdim etilmagan barcha hollarda bemor kasalxonadan chiqqandan so‘ng berilishi lozim bo‘lgan kasallik varaqalari bemorning ish joyiga yoki ijtimoiy sug‘urta organlariga yuqorida sanab o‘tilgan bemorlarga ovqatlantirish uchun amalda sarf qilingan xarajatlarni to‘liq to‘lash uchun yuboriladi.
3. Ovqatlanish to‘lovi uchun mablag‘larni qabul qilish uchun davolash-profilaktika muassasalari o‘zlariga xizmat ko‘rsatuvchi bankda alohida depozit schyoti ochadilar. Ko‘rsatilgan schyotga bemorlarning ovqatlanishi uchun to‘lov sifatida ularning shaxsiy mablag‘laridan tushuvchi barcha mablag‘lar, shuningdek, ularning ovqatlanish haqini to‘lagan korxonalar va tashkilotlarning mablag‘lari kelib tushadi. Ko‘rsatib o‘tilgan schyotga imtiyozlarga ega bo‘lgan kontingentlarning ovqatlanishi uchun to‘lashga mo‘ljallangan byudjet mablag‘lari o‘tkaziladi.
4. Ovqatlantirish davolash-profilaktika muassasalarining oziq-ovqat bloki orqali tashkil etilgan taqdirda, ovqatlanish uchun haq naqd pul bilan to‘langanda — u bevosita davolash-profilaktika muassasasi kassasiga va haq pul o‘tkazish yo‘li bilan to‘langanda — taqdim etilgan schyotlar bo‘yicha alohida depozit schyotiga to‘lanadi. Ovqatlanish haqini to‘lagan shaxslarga har bir to‘lovdan so‘ng darhol amalda to‘langan to‘lov miqdorini tasdiqlovchi hujjatlar beriladi. Davolash-profilaktika muassasasi tomonidan pul mablag‘larini qabul qilib olish va topshirish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tasdiqlangan Xalq xo‘jaligida kassa operatsiyalarini yuritish tartibiga muvofiq amalga oshiriladi. Ushbu tartibga rioya etilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga yuklanadi.
5. Ovqatlantirish davolash-profilaktika muassasasi tomonidan tashkil etiladigan barcha bemorlarga har kuni ularning ovqatlanishi huquqini tasdiqlovchi talonlar beriladi. Talonlar ovqatning har bir turi (tushlik, ikkinchi tushlik, kechki ovqat) uchun beriladi, ularda tibbiy muassasaning muhri bo‘ladi hamda ular davolash-profilaktika muassasasi yoki taomlar tayyorlash uchun jalb qilingan ixtisoslashtirilgan korxona uchun moliyaviy hisobot hujjati hisoblanadi.

Izoh: Keltirilga maqola  aslidan farq qilishi va turli havolalarsiz berilganligini hisobga olib, qonuning to‘liq matnini Lex.uzdan o‘qishingizni so‘raymiz!

Omon bo‘ling, azizlar!

Avitsenna.uz sayti orqali mavzuga aloqador quyidagi maqolalarni ham o‘qishingiz mumkin:

So‘rov qoldirish

Sizning emailning chop etilmaydi.To‘ldirilishi zarur qatorlar * bilan belgilangan *

*