3.9
(11)

Biologik hayot davomiyligi — ko‘plab insonlar yashay olish ehtimoli bo‘lgan yosh bilan belgilanadi va olimlarning fikricha bu 100 — 120 yil bo‘lishi mumkin. Amerikalik mutaxassislar esa 180 yosh ham hayot davomiyligida chegara emasligini ta’kidlaydilar.

Inson qarishi bilan shug‘illanuvchi xalqaro tashkilot tavsiyasiga ko‘ra yoshi ulg‘aygan kishilarni quyidagi uch guruhga ajratish tavsiya etilgan:

  • Keksa yoshlilar — erkaklar 60 — 74 yosh, ayollar 55 — 74 yosh;
  • Qarilik yoshi 75 — 90 yosh;
  • Uzoq umr ko‘ruvchilar 90 va undan yuqori yosh.

Qarilikni tezlashtiruvchi omillarga noto‘g‘ri ovqatlanish, chekish, spirtli ichimliklarni suiiste’mol qilish, giyohvand moddalarni qabul qilish va boshqalar kiradi. Semizlik, qon tomirlar aterosklerozi bilan bog‘liq bo‘lgan yurak qon — tomir xastaliklari, nafas olishni buzilishi bilan kechadigan va endokrin kasalliklari hamda organizmida surunkali intoksikatsiya mavjud bo‘lgan shaxslar erta qariydilar.

Noto‘g‘ri ovqatlanish — keksalarda ko‘plab a’zo va tizimlar faoliyati buzilishining asosiy sabablaridan biri hisoblanadi.

Ma’lumki, qarish tabiiy jarayon va biologik qonuniyat. Uning natijasida — bir qator fiziologik — biokimyoviy reaksiyalarning sustlashishi, tashqi ta’surot omillariga chidamlilikning pasayishi kuzatiladi. Organizmning barcha tizimlarida kuchsizlanish yuz beradi.

Birinchi navbatda qariyalarda yurak qon — tomir tizimining faoliyati yomonlashadi. Ateroskleroz, ya’ni qon — tomir devorlari dag‘allashadi, elastikligi yo‘qoladi va mo‘rtligi oshadi. Gipertoniya kasalligi, ya’ni qon bosimini ko‘tarilishi kuzatiladi.

Qarilikda ovqat xazm qilish tizimi. Oshqozonning asosiy vazifasi – ovqatni bo‘tqasimon ko‘rinishga olib keladi, mikroblarga qarshi kurashadi, oqsillarni parchalaydi, sutni kazeinga aylantiradi (tvorog holatiga keltiradi), temir moddasini parchalab qon hosil bo‘lishiga yordam beradi, yog‘ va nuklein kislotalarini parchalanishida asosiy rol o‘ynovchi B guruhi vitaminlarining so‘rilishiga ko‘maklashadi. Yosh ulg‘ayib borgan sari uning sanab o‘tilgan faoliyatlarida sustlashish yuz beradi va bu holat 50 yoshdan katta kishilarning 80 % da kuzatiladi. Oshqozon shirasining kislotaligi va hazm qilish xususiyati kamayadi, buning natijasida ichaklarda chirituvchi mikroblar paydo bo‘lib hazm qilish jarayoniga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Ingichka ichakda oziq — ovqat mahsulotlarini so‘rilish tezligi 2 — 3 martaga pasayadi. Yog‘lar va uglevodlar o‘zlashtirilishida qiyinchiliklar kuzatiladi. Yoshga bog‘liq o‘zgarishlar oshqozon osti bezida, so‘lak bezlarida va jigarda ham uchraydi. Boshqacha qilib aytganda organizmni fiziologik qarishi ovqat hazm qilish tizimi a’zolarini jiddiy funksional va organik qayta qurilishi bilan kechadi. Avval kuzatiladigan funksional o‘zgarishlar keyinroq borib, qaytmas organik xarakterga ega bo‘ladi.

Ushbu maqolani ham o‘qing:  Nur terapiya nima?

Qarilikda tez — tez uchraydigan hazm qilishning boshqa buzilish jarayoni qabziyat hisoblanadi. Uning sabablaridan biri – ichaklarni qisqarish faoliyatini pasayishi, suyuqlikning kam iste’mol qilinishi va jismoniy faollikning kamligidir. Ayrim hollarda bu xolat umumiy qabul qilinayotgan ovqat miqdorini kamayishi, meva va sabzavotlarni yetarli darajada iste’mol qilinmasligi bilan bog‘liq bo‘lib, bu xol organizmga ovqat tolalari kam tushishiga olib keladi. Ba’zida qabziyat tushkunlik va ruhiy zo‘riqish kabi omillar oqibatida ham paydo bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari tarkibida temir, alyuminiy, kaliy saqlovchi ba’zi dori — darmonlar ham qabziyatni chaqirishini esda tutish lozim. Uni oldini olish uchun ba’zan qariyalar surgi dorilar ichishga majbur bo‘ladidar. Lekin uzoq vaqt qabul qilish natijasida ularning samaradorligi kamayadi, natijada dorilarning miqdori ko‘paytiriladi. Oqibatda organizmda bir qator muhim

mineral moddalar va suyuqlik kamayib ketishi va kaliy, kalsiy hamda yog‘da eruvchi vitaminlarning (D, K, E, A va B12) yetishmovchiligi yuzaga keladi. Surgi dorilarini uzoq qabul qilishning boshqa salbiy oqibati, ingichka ichakni ichki yuzasini qoplab turuvchi epiteliya qatlamining jarohatlanishi natijasida uning o‘tkazuvchanligi oshib, turli mikrorganizmlar (bakteriyalar) ta’sirida kasalliklarga moyillik oshadi. Qabziyat muammosini ovqat tolalari va suyuqlikga boy bo‘lgan parhez bilan hal qilsa bo‘ladi. Sabzavot va mevalar, ko‘katlar, turli dukkakliklar, qora bug‘doy unidan va kepakdan qilingan non va pishiriqlar, turli xil jo‘xori yormalari, yong‘oq, turshak va boshqa shularga o‘xshashlar o‘z tarkibida ko‘p miqdorda tolalar saqlaydi.

Og‘iz bo‘shlig‘i: keksalarda yillar o‘tishi bilan og‘iz bo‘shlig‘i hajmi kamayadi. Jag‘larni kichrayishi tishlamni birmuncha buzilishi va ovqatni chaynashni qiyinlashishi kuzatiladi. So‘lak bezlarini hajmi kamayadi va og‘izda sezilarli darajada quruqlik paydo bo‘ladi. Keksalarning tishlaridagi o‘zgarishlar bevosita ovqatlanishga ta’sir qiladi. Zararlangan tishlar yoki yomon tanlangan protezlar chaynash samaradorligini pasaytirib, iste’mol qilinayotgan ovqat miqdorini ozayishiga (xususan go‘sht, meva va sabzavotlar), natijada quvvatning kamayishi, bir qator vitamin va miroelementlarning yetishmovchiligiga olib keladi.

Ushbu maqolani ham o‘qing:  Dog‘larni yo‘qotish uchun

Yosh o‘tgan sari keksa odamlarda hid va ta’m sezish o‘zgaradi. Bu jarayon shirin, sho‘r, nordon va achchiq taomlarni bir – biridan farqlay olmaslik bilan namoyon bo‘ladi. Oqibatda ishtahaning pasayishi va shirinliklarni meyoridan ortiq iste’mol qilish kuzatiladi. Bu esa ayrim hollarda tana vaznini ko‘payishiga olib keladi. Shu sababli keksalar uchun parhezni rejalashtirganda, ularning ta’m va hid sezishdagi o‘zgarishlarini hisobga olish kerak.

Butun hayot davomida insonlarda immun to‘qimani asta — sekin pasayib borishi kuzatiladi. Qarilikda immun yetishmaslik holati yuzaga keladi va yosh o‘tgan sari ayrim hujayralarning faoliyati tez susayadi. Bu xol

keksalarda qator surunkali kasalliklar — artritlar, yurak qon – tomir, oshqozon – ichak va boshqa qator tizimlarning xastaliklari majmuasi kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Lekin, ovqatlanish xususiyatlarini o‘zgartirish yo‘li bilan organizmni moddalar almashinuvi jarayoniga, moslashuv (adaptatsion) va kompensator imkoniyatlariga, hamda qarish jarayonlari sur’atlari va yo‘nalishlariga ta’sir etish mumkin.

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, 75 % keksa odamlar noto‘g‘ri, ularning 20 % ortig‘i meyoridan ortiq taom iste’mol qiladilar. Bu ularni taomnomasida yuqori darajada yog‘ saqlagan go‘sht va unli mahsulotlar, shirinliklar hamda pishiriqlar ko‘p miqdorda bo‘lib, sut va baliq maxsulotlari hamda meva — sabzavotlar esa yetarlicha emasligidan dalolat beradi.

«Sog‘lom ovqatlanish — salomatlik mezoni» kitobidan.