Karafs (Selderey) qanday xosiyatlarga ega

Qadimda yunon va rimliklar go‘sht buzilmasligi uchun karafs qo‘shib qo‘yishgan. Uning ildizi hamda poyasini sho‘rvaga va boshqa ovqatlarga ishlatishgan. Dorivorlik xususiyati qadimdan ma’lum bo‘lganligi uchun ham undan teridagi yaralarni tez bitirishda, yiringni tozalashda, temiratkida, eshakem toshgandan va boshqa ko‘pgina teri xastaliklarida foydalaniladi.

Ibn Sino karafsning ildizi va urug‘i tana quvvatini oshirishda, peshob haydashda, shishlarani yo‘qotishda, qorin dam bo‘lganida, a’zolardagi tiqinlarda ochishda, terlatishda, og‘riq qoldirishda, yo‘tal, nafas qisishda(astma), ko‘kraklardagi og‘riqlarni qoldirishda, hayzni keltirishda hamda jigar va taloqni davolashda, ayniqsa, foydali ekanini ham alohida uqtiradi.

Ibn Sino bundan tashqari, karafsni bel og‘rig‘ida, asab tolalarining shamollashida, jigar, taloqdagi tiqinlarni ochishda, ichaklarda yel to‘planganda, peshob haydashda ham ishlatgan.

Bundan tashqari, ishtaha ochuvchi, erkaklik quvvatini oshiruvchi, jigar va taloqdagi tiqinlarni ochuvchi, peshob haydovchi, siydik qopidagi toshlarni so‘rdiruvchi, agar taomga qo‘shib ise’mol qilinsa, nafas siqishda, zotiljamda, biqin sanchiqlarida, kekirishda yaxshi yordam beradi, deb ta’kidlaydi alloma o‘z asarida.

Xalq tibbiyotida ildiz va bargidan tayyorlangan dorilar ishtaha ochishda, me’da va ichak kasalliklarida qulanj (kolit), ichakda havo to‘planishida (meteorizm), qabziyat, siydik yo‘li xastaliklarida, hayzning buzilishida, erkaklar shahvoniy quvvatining pasayishida(impotensiya), jismoniy va aqliy quvvatsizlikda hamda qon tozalovchi sifatida yaxshi yordam beradi. Bundan tashqari, buyrak-tosh xastaligida, ichni yumshatish uchun bod, sanchiq paydo bo‘lish hollarida ham ishlatiladi.

Tayyorlash usuli. O‘simlikning yangi kavlab olingan, yuvib, tozalangan ildizni siqib suv olinadi va ovqatdan 30-40 daqiqa oldin 1-2 choy qoshiqdan kuniga 3 mahal ichiladi.

«Sog‘lom avlod» gazetasi.

Soglom.uz nashri

 

So‘rov qoldirish

Sizning emailning chop etilmaydi.To‘ldirilishi zarur qatorlar * bilan belgilangan *

*