El sog‘ligi — yurt boyligi

Kapalak sindromi

Kapalak kasalligi – bu chiroyli nom ortida qo‘rqinchli xastalik yashirinib, bemorlar terisini xuddi kapalak qanotlari singari noziklashuvi bilan xarakterlanadi. Bu kasallikning ilmiy nomi — «bullyoz epidermoliz» deb atalib, u insonni bir umr jabrlanishga maxkum etadi. Bu kabi teri kasalliklari ko‘p xollarda onkologik kasalliklardan xam ko‘ra qiyinroq boshdan kechiriladi. Bu kasallik zararli xisoblanmaydi, u ota-onadan bolaga uzatilishi mumkin.

Kapalak sindromi

Kapalak sindromi | SYL

Sog‘lom odamda terining tashqi (epidermis) va ichki (derma) qavatlari o‘zaro oqsillar ta’sirida yuzaga keladigan qo‘shuvchi to‘qima bilan birikadi. Bullez epidermolizda genetik defekt natijasida bu qo‘shuvchi to‘qimaning miqdorini pasayishi yoki umuman yo‘qolishi kuzatiladi. Bu epidermis va derma qavatlarini bir-biri bilan bitishishini buzilishiga olib keladi. Natijada har qanday teginish va ishqalanish og‘riq sindromi va terida pufakchalarni xosil bo‘lishiga sabab bo‘ladi.

Bullyoz epidermolizning giperplastik formasi – bu genetik kasallik bo‘lib, chaqaloqni tug‘ilishi bilanoq paydo bo‘ladi. Eng ko‘proq tananing bo‘rtib chiquvchi qismlari terisi zararlanadi: tirsaklar, tizza, to‘piq. Bu soxalarda pufakchali yaralar xosil bo‘lib, ular o‘zidan suyuqlik ajratib chiqaradi. Tana uzoq vaqtgacha bitmaydi va keyincha malina rangli chandiq xosil bo‘oadi.

Bullyoz epidermoliz aslida kasallik xavfli sanalmaydi, ammo sepsis rivojlanishi uchun muxim omil xisoblanadi. Undan tashqari bu kasallik bemor insonni yashashi va ishlashi uchun muxim sharoitlarni talab etadi. Kiyadigan kiyimlari choksiz yoki choki bilan tashqariga qaragan bo‘lishi kerak. Undan tashqari bemorning zararlangan terisini kuniga bir necha marotaba ishlov berishga imkon yaratilishi lozim. Eng katta e’tibor bemorni xavfsizligiga qaratiladi va xar qanday lat yeyishlar oqibatida turli xalokatli asoratlar kelib chiqishi mumkin.

© Gepamed.uz

Telegramdagi rasmiy kanalimizga a’zo bo‘ling!

A’zo bo‘lish
loading...

Savollar

  1. Farida

    Assalomu alaykum. Sayt admini yoki moderatori bilan qanday bog’lanish mumkin?

Fikr bildirish

Sizning emailingiz chop etilmaydi. To‘dirish zarur qatorlar * bilan belgilangan.