Kanakunjut moyi

Zamonaviy tibbiyotda kanakunjutning urug‘idan olingan moyi ishlatiladi. Urug‘i zaharli, tarkibida ko‘p miqdorda moy, lipaza fermenti, oqsil (shu jumladan, o‘ta zaharli ritsin), ritsinin alkaloidi va boshqa moddalar bor. Kanakunjut moyi eng yaxshi surgi sifatida qo‘llanadi. Bundan tashqari, u terini yumshatish uchun, ginekologiya va jarrohlik amaliyotida hamda surtma va balzamlar tarkibiga qo‘shilib, kuyganni, yaralarni, leyshmaniozni davolashda ishlatiladi, moyidan olingan undesilen kislotasining surtmasi (“undesin”) dermatozlar, psoriaz va boshqa teri kasalliklarida qo‘llaniladi.

Kanakunjut yog‘idan o‘z o‘rnida foydalanilsa bir qator xastaliklarga shifo bo‘ladi.

  • So‘gallarni ketkazish uchun kechqurun yotishdan oldin 20 daqiqa davomida kanakunjut yog‘i so‘galga surtiladi.
  • Yangi tug‘ilgan go‘dakning kindigi tezda tuzalmayotgan bo‘lsa, unda kanakunjut yog‘i surtib turmoq lozim.
  • Kanakunjut yog‘i haftasiga bir marta kipriklarga surtilsa, kipriklar tez o‘sadi.
  • Ayollarning ko‘krak beziga kanakunjut yog‘i surtilsa, sut ajralishi ko‘payadi.
  • Go‘dakning sochi sekin o‘sayotgan bo‘lsa, uning boshiga kanakunjut yog‘i singdirib surtiladi. Odatda bunday muolaja haftasiga ikki marta qo‘llanilib, kechqurun surtilgan yog‘ ertalab yuvib tashlanadi. Sochning o‘sishi jadallashgach, bunday tadbir haftasiga bir marta qo‘llanishi mumkin.
  • Bavosil qiynayotgan bo‘lsa, to‘g‘ri ichakning tashqi qismiga kanakunjut yog‘i surtiladi. U shilliq qavatni yumshatib, davolanishga yordam beradi.
  • Tik turib mehnat qilish natijasida oyoqlar zirqirab og‘riydigan bo‘lsa, haftasiga ikki marotaba uyqudan oldin oyoqqa kanakunjut yog‘i ishqab surtilgach, ustidan paxta matoli paypoq kiyib yotiladi. Bunday muolaja qo‘llangach,oyoq terisi mayin tortib noxush og‘riqlardan xalos bo‘lishi mumkin
  • Tanangizda yaralar bo‘lsa, kanakunjut yog‘ini surting, yaradan xalos bo‘lasiz.
  • Shamollaganda yoki bronxit bilan og‘riganda 1 oshqoshiq skipidar va 2 oshqoshiq kanakunjut yog‘i aralashtirilib, ko‘krakka yengil surtilgach, issiq mato bilan o‘ralsa tuzalish tezlashadi.

© Gulchehra UMAROVA, dorishunos.

© «Sihat-salomatlik» jurnali.

Avitsenna.uz sayti orqali mavzuga aloqador quyidagi maqolalarni ham o‘qishingiz mumkin:

So‘rov qoldirish

Sizning emailning chop etilmaydi.To‘ldirilishi zarur qatorlar * bilan belgilangan *

*