El sog‘ligi — yurt boyligi

Jismoniy kamharakatlik — sog‘liqqa zarar keltiruvchi sabablardan biri

Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (BST) ning ogohlantirishicha, kamharakatlik sog‘liqqa zarar keltiruvchi sabablardan biri bo‘lib, o‘limga olib keluvchi oqibatlar ichida esa to‘rtinchi o‘rinda turadi.

Ekspertlar barchaga minimal darajadagi jismoniy harakatda bo‘lishni, ya’ni haftasiga kattalar uchun 150 daqiqa o‘rtamiyona yoki 75 daqiqa g‘ayratli aerobik jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanishni tavsiya etadi.

Bugungi kunga kelib, kamharakatlik oqibatida o‘rtacha 3,2 million o‘lim holati yuz bermoqda. BSTning ta’kidlashicha, o‘n yildan ortiq vaqt mobaynida kamharakatlik oqibatida yuz beruvchi o‘lim holatlari 68,4%ga ortdi.

Xalqaro ekspertlar jamiyat sog‘lig‘ini saqlash sohasida kampaniyalar o‘tkazish va yuqumsiz kasalliklar profilaktikasi doirasida jismoniy harakat foydasiga bag‘ishlangan turli tadbirlarni tashkillashtirish yordamida yuzaga kelgan vaziyatning oldini olish kerakligini tavsiya etadi.

© Avitsenna.uz

Telegramdagi rasmiy kanalimizga a’zo bo‘ling!

A’zo bo‘lish
loading...

Savollar

  1. Bahrom

    Soch to’kilishiga qarshi nimalardan foydalansa bo’ladi

Fikr bildirish

Sizning emailingiz chop etilmaydi. To‘dirish zarur qatorlar * bilan belgilangan.