Jinsiy yo’l bilan yuqadigan kasalliklar

O‘tgan 20-asrning 70 yillarida ko‘pchilikka faqat ikkita jinsiy aloqa orqali yuqadigan kasallik ma’lum edi. Bizning davrimizga kelib esa, ularning soni 25tadan oshgan. Ularning ba’zilari butunlay bedavo hisoblanib, tibbiyotchilar haligacha ularga qarshi samarali da’voni yarata olishmadi. Barchaga ma’lumu mashhur orttirilgan immun tanqisligi sindromi (OIV) va genital gerpes virusi shular jumlasidan.

Qizig‘i shundaki, inson papilloma virusi, sifilis va genital gerpes xastaliklari faqatgina teri orqali yuqib, bu holda maxsus himoya vositalari (prezervativlar) hech qanday yordam bera olmaydi.

Eng yomoni, bu kabi xastaliklarga chalingan har uch bemorning ikki nafari hali 25 yoshga to‘lib ulgurmaganlardir. Dunyo bo‘ylab har 15 soniyada bir kishi ana shunday xastaliklarga chalinadi. Odamlar ko‘ngilxushlik qilish istagining shu qadar kuchliligidan oldida qanday ayanchli va og‘ir musibatlar kutayotganiga shunchaki ko‘z yumishadi. Bu tabiiy hol albatta. Vujud istak-xohishlardan o‘t bo‘lib yonsa, yurak qaynoq, o‘tli muhabbatni tusab tursa, fojeali qismat haqida qanday bosh qotirish mumkin?!

E’tiboringizga havola etishni istagan quyidagi ma’lumotlar yoshlarni tizginsiz nafs ortidan ketsa ularni qanday natijalar kutishidan ogohlantiradi, bu yo‘ldan qaytaradi, degan niyatdamiz.

1. OIV-OITS

OIV – inson immuniteti yetishmasligi virusi bo‘lib, orttirilgan immun tanqisligi sindromining so‘nggi bosqichi sanaladi. Bunda odam organizmida ko‘p sonli xavfli o‘smalar paydo bo‘ladi, infeksiya, turli virus, bakteriya, zamburug‘lar keltirib chiqaruvchi infeksiyalar avj oladi. Odatda sog‘lom kishilar organizmi ularga qarshi yetarlicha kurasha oluvchi immun tizimiga ega bo‘ladi.

OIV holatidan esa oddiygina shamollash virusi ham inson organizmini adoyi tamom qila oladi. Unutmaslik lozimki, OITSni davolash imkonsiz, uni qimmatbaho dori vositalari yordamida bir muncha vaqt ushlab turish mumkin xolos. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra bugun dunyoda 42 million nafardan ziyod OITSga chalingan bemorlar ro‘yxatga olingan (Yana millionlab bemorlar o‘zining kasal ekanini bilmaydi yoki buni barchadan sir tutadi). Ular soni har kuni kamida 14 mingtadan oshib bormoqda.

OITSning yuqish yo‘llari: qon orqali — jinsiy aloqa, shprits, ba’zida homilador ayoldan go‘dagiga.

2. Sifilis

Jinsiy aloqa vaqtida yuquvchi kasallikni treponem mikroorganizmlar keltirib chiqaradi. Dastlab xastalik bir oy muddat inkubatsion rejimda yashirin kechadi. Shundan so‘ng teri, shilliq qavatlar, ichki organlar, suyaklar va asab tizimini shikastlaydi. Kasallik uzoq muddat, juda murakkab va anchagina qimmatga tushuvchi davolanishni taqozo etadi.

3. Xlamidioz

Klinik xaritasi: teri-tanosil kasalliklari ichida “lider”. Har yili bu kasallikka o‘rtacha 100 million kishi chalinadi. Bu dunyodagi jinsiy faol bo‘lgan erkak va ayollarning 5-15 foizi demakdir.

Kasallikni xlamidioza – Chlamidia trachomatis keltirib chiqaradi va siydik yo’li kasalliklari, erektil funksiyaning sustlashuvi hamda bepushtlikka olib keladi.

Shuningdek, xlamidioz ateroskleroza, suyaklar zaiflashuvi, qon tomir kasalliklari, hattoki, qandli diabetning rivojlanishiga ham sabab bo‘ladi. Uning ko‘rlika olib kelgan holatlari ham qayd etilgan. Xlamidioz muntazam ravishda immun tizimini zaiflashtirib, organizmning o‘z-o‘zini himoya qilish kuchidan mahrum etadi.

Yuqish yo‘llari: jinsiy aloqa, bemor onadan homilaga.

4. Gonoreya

Mazkur infeksion xastalikni gonokokklar keltirib chiqaradi. Ular siydik chiqarish yo‘llari, ko‘z, og‘iz bo‘shlig‘i va to‘g‘ri ichakning shilik qavatini shikastlaydi. Uning dastlabki alomatlari peshob qilish vaqtidagi og‘riq va siqishlar, turli ajratmalar bilan ko‘zga tashlanadi. Bu paytda shifokoga murojaat qilinsa, xastalikni arzonroq, osonroq va tezroq davolash mumkin. Aks holda asoratlari og‘irlashib, surankali tarzga o‘tadi.

Yuqish yo‘llari: jinsiy aloqa, shaxsiy gigiyena vositalari — ichk kiyim, mochalka, sochiqlar.

5. Trixomoniaz

Eng keng tarqalgan siydik yo‘li kasalliklaridan. Yer yuzi aholisining taxminan 10 foizi ushbu xastalikka yo‘liqqan. Uning tarqatuvchisi bir hujayrali sodda trixomonad parazitidir. Mazkur kasallik og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkin, hattoki erkak va ayollar bepushtligiga sabab bo‘ladi.

Yuqish yo‘llari: jinsiy aloqa, unitazga o‘tirish.

6. Mikoplazmoz

Mikoplazmoz – urogenital zonalarning infeksion-yallig‘lanish jarayoni bo‘lib, mikroorganizmlarning Mycoplasma turiga mansub mikroblar keltirib chiqaradi. Ular jonli organizmdagi hujayralarda parazitlik qilib, mustaqil yashashga layoqatli emas. Mazkur turdagi mikroblar yetarlicha tadqiq etilmagan.

Yuqish yo‘llari: jinsiy aloqa, homilador onadan go‘dakka.

7. Ureplazmoz

Ushbu teri-tanosil xastaligini ureaplazma deb nomlangan mikroorganizmlar keltirib chiqaradi. Statistik ma’lumotlarga qaraganda, 70 foiz ayollar ularning tarqatuvchisi hisoblanadi. Eng xavfli jihati, kasalliklikning alomatlari yashirin tarzda kechadi. Odatda ureaplazma unchalik faol bo‘lmaydi. Biroq stress va immun tizimini susaytiruvchi boshqa hollarda ular kuchayadi. Ilmiy tadqiqotlarda ureaplazmalar spermatozoidlar faolligini yo‘qotib, ularni butkul yo‘q qilishi isbotlangan.

Yuqish yo‘llari: jinsiy aloqa, homilador onadan go‘dakka.

8. Genetal gerpes

Genital gerpes yoki ikkinchi darajali gerpes lablarda paydo bo‘luvchi uchuqni keltirib chiqaradigan gerpes virusining (uchuq) “qarindoshi” sanaladi. Bunda butun organizmga zarar yetadi. Jumladan, gerpes jinsiy a’zolar, teri, ko‘z, immunitet kuchsizlangan taqdirda, jigar, oshqozon va bosh miyani shikastlaydi.

Yuqish yo‘llari: jinsiy aloqa, tananing shikastlangan qismlari bilan aloqa — qo‘l, lab va boshqalar.

9. Pedikulez (qov biti)

Ushbu xastalik 20-asrning o‘rtalaridan keng tarqala boshladi. Asosiy alomatlari qattiq qichishish, kulrang-ko‘kimtir dog‘lar, yaralar, sochda sirkalarning paydo bo‘lishi.

Yuqish yo‘llari: jinsiy aloqa, buyumlar orqali (choyshab, kiyimlar va boshqalar).

10. Inson papillomavirusi

Inson papillomavirusi eng zamonaviy xastaliklardan biri. Turli manbalarda reproduktiv yoshdagi 70-95 foiz insonlarda u qaysidir darajada rivojlangani qayd etilgan. Ayni paytda kasallikning yuzdan ziyod turi aniqlangan. Ularning faqatgina 40 turi o‘ta salbiy ta’sir ko‘rsatish xususiyatiga ega. Qolganlari bezarar yoki yorqin alomatga ega emas. Bachadon bo‘yni saratoni xastaligining rivojlanishiga ham ushbu kasallik sabab bo‘lishi mumkin. Bunda inson papillomavirusi avvalo jinsiy aloqa yo‘li bilan yuqadi va keyinchalik saratonning avj olishiga sabab bo‘ladi.

Yuqish yo‘llari: jinsiy aloqa

11. Gepatit B

Gepatit B (HBV) dunyo bo‘ylab keng tarqalgan va o‘ta yuqumli xastalik. Har yili o‘rtacha 4 million kishi mazkur kasallikning og‘ir turiga chalinadi. Bu xastalik virusi qonda uzoq muddat saqlanib turishi va ilk alomatlarini yillar o‘tganidan so‘ng namoyon etishi mumkin. Gepatit B virusi tashqi ta’sirlarga o‘ta chidamli. Qurigan qon tomchisi, ustara (lezviye) yoki igna uchida bir haftagacha jon saqlashi mumkin. Boshqa insonlar terisi yoki shilliq qavatiga tushishi bilanoq kasallik rivojlanishi boshlanadi.

Ilk alomatlari shamollashga o‘xshaydi. Bir necha haftadan so‘ng esa ishtahaning keskin tushib ketishi, o‘ng qovurg‘a osti qismida og‘riq, qayd qilish boshlanadi, peshob rangi quyuqlashadi, axlat rangsizlanadi. Immunitet kuchli bo‘lgan taqdirda, kasallik 90 foizga yo‘qoladi. Biroq kasallik surunkali tusga kirsa jigar hujayralariga shikast yeta boshlaydi va saraton avj olishi mumkin.

Gepatita Bning yuqish yo‘llari: jinsiy aloqa, bemor qoni tekkan buyumlarga teginish, homilador ayoldan go‘dakka.

Bugun ko‘pchilik sayoq yurishni hush ko‘ruvchilar “xavfsiz jinsiy aloqa” mavjudligiga o‘zlarini qattiq ishontirishgan. Ular o‘ylab ko‘rmaydilarki, bunday vositalar samara keltirayotgan bo‘lsa, teri-tanosil kasalliklari qanday qilib bu darajada avj olib ketayapti? Ishonch bilan aytish mumkinki, himoya vositalari (prezervativlar)ning ishonchliligiga hech kim hech qanday kafolat bera olmaydi!

Unutmang! Jinsiy aloqada turli kasalliklardan saqlanishning 100 foizlik kafolati, bu — ikki butkul sog‘lom erkak va ayol o‘rtasidagi jinsiy aloqadir.

To’lqin Yusupov. Bloger, Erkak.uz.

3 комментария

  1. Menga maslaxat olmoqchiman telda yoki yuzma yuz

  2. Salom deylik jinsiy aloqadan keyin biron kasalikga chalinganligini uy sharoitida qanday bilsa bo’ladi…

So‘rov qoldirish

Sizning emailning chop etilmaydi.To‘ldirilishi zarur qatorlar * bilan belgilangan *

*