El sog‘ligi — yurt boyligi

Jinsiy aloqaning foydalari («Tib qonunlari»dan)

O‘z vaqtida voqe bo‘lgan o‘rta mo‘’tadil jinsiy aloqa shunday bo‘ladiki , uning ketidan chiqindilarni bo‘shatish, gavdani yengillashuvi va gavdani keyingi o‘sishga tayyorlash hosil bo‘ladi.

Go‘yo so‘nggi oziqdan bir narsani kuchlab badandan olingan bo‘lib uning o‘rnini to‘ldirish uchun tabiat kuchli ta’sir qiladigan harakatda bo‘ladi shu vaqtda bo‘ladigan bo‘shalish bunga yordam qiladi. Goho aloqadan keyin kishini yenggan fikr yo‘qolib , tetiklik paydo bo‘ladi, qattiq achchiqlanish bosiladi va kishi tinchlanadi .

Bu o‘zining tetik qilishi va miya ham yurakda urug‘ tufayli to‘plangan dudni daf qilishi bilan melanxoliyaga , savdoyi kasalliklarning ko‘piga foyda qiladi to‘liqlikdan bo‘lgan og‘riqlariga , balg‘amiy kasalliklarning hammasiga, ayniqsa bular tug‘ma harorati urug‘ chiqishi bilan kamaymaydigan kishilarda bo‘lsalar foyda qiladi. Shuningdek , u ovqatga ishtahani ochadi , chov va moyaklar atrofida paydo bo‘ladigan shishlarning moddasini kesadi.

Aloqani tark qilgan va urug‘ to‘xtalganida ko‘z oldi qorong‘ilanish , bosh aylarishi va bosh og‘irligi, buyrakdan keluvchi siydik yo‘llarida va belda og‘riq va shishlar paydo bo‘lgan har bir kishiga mu’tadil aloqa shifo beradi.

Mijozi jinsiy aloqani talab qiladigan kishilarning ko‘pchiligi uni tark qilganlarida badanlari sovib, hollari yomonlashadi va ovqatga ishtahalari yo‘qoladi , hattoki ovqatni qabul qilmasdan qusib tashlaydilar. Badanida tutun bug‘i bo‘lgan kishini aloqa yengillashtirib , unga foyda qiladi uning uchun qo‘rqinchli bo‘lgan tutunli bug‘ tiqlishi natijasida yuz beradigan zararlarni yo‘qotadi .

Goho erkaklarda aloqani tark qilish natijasida urug‘ to‘planib va sovib zaharlikka aylanadi va urug‘ yurak va miyaga zaharlik yomon bug‘ yuboradi, bu narsa xotinlardagi » bachadon bug‘ilishiga » o‘xshaydi zaxarlilik kuchaymasdan oldin u tug‘dirgan zararli hollarning eng kichigi , badanning og‘irligi sovishi va harakatning qiyinlashivudan iborat.

ABU ALI IBN SINO
«Tib qonunlari»

Mavzuga aloqador maqola: Tug‘ishdan keyin ayollarda jinsiy mayl nega susayadi?

 

Reproduktiv salomatlikka oid maqolalarni DNK.UZ saytida ham doimiy ravishda o‘qib borishingiz mumkin!

 

Telegramdagi rasmiy kanalimizga a’zo bo‘ling!

A’zo bo‘lish
loading...

Fikr bildirish

Sizning emailingiz chop etilmaydi. To‘dirish zarur qatorlar * bilan belgilangan.