3.3
(6)

Jin va jin bosishi to‘g‘risida diniy olimlarimiz tomonidan juda ko‘p ma’lumotlar keltirilgan. Tibbiyot olimlari xam bu “jin bosishi” jarayonini tekshirib, organizmda bo‘ladigan o‘zgarishlarni bayon etishgan. Buni tibbiyotda “tungi falajlik” va “tungi stupor” deb nomlangan.

Tungi falajlik — insonning uyquga ketish boshlang‘ich davrida ya’ni to‘liq uxlamasdan oldin yoki uyqudan to‘liq uyg‘onmasdan oldingi davrda mushak tonusini pasayishi.

Kanadaning Uoterlu universiteti olimlaridan Allan Cheyn va uning xamkasblari tomonidan bu xolatni o‘rganib chiqishgan. Tungi falajlikdagi hissiyotlarni ular 3 guruhga bo‘lib o‘rganishgan:

  • “qandaydir begonaning borlik hissi”, qo‘rquv, ko‘rish va eshitish gallyutsinatsiyalari
  • ko‘krak qafasiga bosim his qilish, nafas olishda qiynalish va og‘riq
  • tanadagi turli hissiyotlar — uchish, tanadan tashqarida yashash, yoqimli hissiyot.

Eng ko‘p birinchi guruxdagi belgilarni kuzatilgan. Tungi falajlik kuzatiladiganlarni tekshiruvdan o‘tkazilganda ularning o‘rta miyasida aktivlik yuqori bo‘lgan.

Leksington universiteti nevrologi Kevin Nelson tungi falajlik, tanadan tashqari yashash va o‘lim oldidagi miyada bo‘ladigan o‘zgarishlarni o‘rganib chiqqan. Uning xulosasi bo‘yicha bu uchchala xolatda xam miyada bo‘ladigan sezgilar bir xilligi aniqlangan.

© Dawo.uz nashri.