Issiq kunlarda yuz terisi parvarishi

Yozning issiq kunlarida yuz terisi alohida parvarishga muhtoj.

Yozning jazirama kunlarida yuz terisini sog‘lom saqlashda yordam beruvchi 5 ta qoida:

Namlantirish

Yozda organizm boshqa mavsumlarga qaraganda suyuqlikka ko‘proq muhtoj bo‘ladi. Kuniga 2 litrgacha gazlanmagan suvni ichish kerak, agarda harorat 30 gradus darajadan yuqori bo‘lsa, unda suv hajmini 3 litrgacha ko‘paytirish mumkin. Biroq, terini namlantirish uchun faqat suvning o‘zi yetarli emas. Namlantiruvchi vositalar, losyonlar va termal suv yozda teri uchun ayni muddao. Yozda yuz terisini mineral suv, ko‘k choy yoki dorivor o‘tlardan tayyorlangan muz bo‘lakchalari bilan namlantirish juda foydali.

To‘g‘ri ovqatlanish

Yozda parhezli taomlarni iste’mol qilish terining normal muvozanatini saqlashda juda foydalidir. Ertalab suli yormali bo‘tqalarga o‘simlik va bodom yog‘ini qo‘shib tayyorlash ham foydalidir.

Nozik parvarish

Yozda yuz terisi parvarishi nisbatan yumshoq va nozik bo‘lishi kerak. Bu davrda spirtli tonik va losyonlarni ishlatish tavsiya etilmaydi. Ular yuz terisini juda ham quritib yuboradi.

Himoya

Barcha yozgi kosmetik vositalar quyoshdan asrovchi komponentlardan iborat bo‘lishi lozim. Odatda ularning mavjudligini yoriqdan o‘qib bilish mumkin. Himoya filtrlari erta teri qarishini oldini oladi. Hattoki yozda ham yuzga yog‘li vositalarning o‘rniga namlantiruvchi vositalarni surish kerak. Eng issiq kunlarda qarishning oldini oluvchi vositalrdan yaxshisi vos keching. Ular tarkibidagi moddalar yuz terisi yallig‘lanishiga olib kelishi mumkin. Yozda yuz terisi chang va teridan ko‘proq ifloslanib, yuz terisining kir bo‘lishi xavfi mavjud. Ushbu holatni bartaraf etish uchun haftada ikki marta yuz terisi uchun yumshoq skrablardan foydalaning. Eng yaxshisi, yozda tabiiy kosmetikadan foydalanish yaxshiroq.

Niqoblar

Sabzavot va mevalardan tayyorlangan niqoblar – yuz terisini go‘zal va yosh saqlashda eng foydali vositadir. Turli niqoblarning foydalilik xususiyatlari bir xil emas. Uzum, kabachki, bodring va baqlajon yuzni yaxshi namlantiradi, limon, qulupnay oqartiradi va oziqlantiradi. Sabzili niqob toshmalarga yordam bersa, malina, smorodina, olcha shifoli ta’siri etib, o‘rik yallig‘lanishni oldini olib, shaftoli esa tinchlantiruvchi xususiyatga ega.

Mana bir nechta qiyin bo‘lmagan niqoblarning tayyorlash usullari: Namlantiruvchi o‘rikli niqob: O‘rikdan uning sharbatini siqib chiqaring. Keyin 1:1 nisbatda sharbatni sut bilan aralashtiring. Dokani sharbatga namlantiring va yuzingizga 15 daqiqaga ustidan nam sochiq bilan yopib qo‘ying. Bu niqob yuz terisiga sog‘lom ko‘rinish berib, yaxshigina tinchlantiradi va namlantiradi.

Smorodinali niqob: Qora smorodina suvini siqib, unga bug‘doy yoki jo‘xori uni qo‘shing. Smetana holatigacha aralashtiring. Niqobni yuzingizga 15 daqiqaga surib qo‘ying. Smorodinali niqob har qanday yuz terisini yumshatadi va oziqlantiradi.

Yog‘li yuz terisi uchun olmali niqob: bitta olmani po‘sti va donaklaridan tozalang. So‘ng qirg‘ichdan o‘tkazib, tuxum oqi bilan aralashtiring. Niqobni yuzingiz va bo‘yningizga 15 daqiqaga surtib qo‘ying. Niqob terini oziqlantiradi, yumshatadi va tozalaydi.

iwoman.uz nashri.

Mavzuga aloqador maqolalar:

 

So‘rov qoldirish

Sizning emailning chop etilmaydi.To‘ldirilishi zarur qatorlar * bilan belgilangan *

*