Ismaloqning foydali xususiyatlari va undan salat tayyorlash retsepti

Abu Ali ibn Sino o‘zining “Tib qonunlari” asarida ismaloqning foydali xususiyatlari haqida to‘xtalib shunday yozadi: “Bunda yuvuvchi, tozalovchi quvvat bor. Safroni qattiq haydaydi. Ko‘pincha me’da uning qaynatmasini tusamaydi”. Shuningdek, uning ichni yumshatish, ko‘krak va o‘pkalarga surgandagi foydasi haqida alohida to‘xtalib o‘tgan.

ismaloq
Foto: pinterest.com

Ismaloqning kamqonlikni davolash va immunitetni yaxshilash xususiyati bor. Qolaversa, tomirlarni mustahkamlaydi, oshqozonosti bezi faoliyatiga yordam beradi. Hujayralarning qarishini sekinlashtiradi.

Tinchlantiruvchi vosita

Ich yaxshi yurishmagan va qorin dam bo‘lganda, 10 gramm ismaloq bargini 200 gramm suvda qaynatib ichilsa, ichaklar ishi ancha ravonlashib, qorin damligi kamayadi.

Milklar yallig‘langanda og‘izni, bodomsimon bez og‘riganda tomoqni ismaloqning yangi olingan suvi bilan chayqash yaxshi foyda beradi.

Ismaloq bargining qaynatmasi asab tizimi faoliyati buzilganda tinchlantiruvchi vosita sifatida ichib turiladi. Qaynatma tayyorlash uchun bir oshqoshiq to‘g‘ralgan ismaloq 200 gramm suvda o‘n daqiqa qaynatiladi va bir soat tindirib qo‘yiladi. Suzib olib, kuniga uch mahal yarim piyoladan ichib turish tavsiya etiladi.

Kislotaning zararli ta’siri

Ismaloqning qari barglarida shovul kislotasi ko‘p bo‘lgani uchun yangi barra barglarini ishlatgan ma’qul. Shu bois uni bolalarga ko‘p berish tavsiya qilinmaydi. Shuningdek, kislota buyrak, jigar, o‘n ikki barmoq ichak va o‘t qopi faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Mazkur a’zolarida xastaligi bor bemorlar ham uni iste’mol qilishda ehtiyot bo‘lishi zarur.

Ismaloqni ko‘p saqlab bo‘lmaydi, aks holda tarkibida organizm uchun zararli tuzlar ko‘payib ketadi.


Ismaloqli salat tayyorlash

ismaloq salat tayyorlash
Foto: pinterest.com

Masalliqlar

  • sarimsoqpiyoz donasi — 1 dona;
  • kunjut — yog‘i 1 osh qoshiq;
  • ismaloq — 1 bog‘;
  • soya sousi — 1 osh qoshiq;

Tayyorlash usuli

  • Ismaloqni tozalab yuvamiz.
  • Qaynab turgan suvga soib 1 daqiqa qaynatamiz.
  • Qozondan olib oqib turgan sovuq suvga tutamiz.
  • So‘ng yaxshilab kaft bilan siqib idishga solamiz.
  • Soya sousi, kunjut yog‘i, chesnok solib aralashtiramiz.
  • Yuziga kunjut sepamiz. Ushbu salatni guruch bilan dasturxonga tortish mumkin. Yoki boshqa salatlarga qo‘shish, pitsa yuziga ishlatish mumkin.
Ushbu maqolani ham o‘qing:  Qon tomiridagi tiqinlarni «yuvib tashlovchi» tabiatning 10 ne’mati

© Od-press.uz
Chak-chak.uz

Maqolani baholashni unutmang, iltimos!
1 baho2 baho3 baho4 baho5 baho

Loading...

Telegramdagi rasmiy kanalimizga a’zo bo‘ling!

A’zo bo‘lish
loading...

Tegishli maqolalar

Fikr bildirish

Sizning emailingiz chop etilmaydi. To‘dirish zarur qatorlar * bilan belgilangan.

Close