4.1
(115)

Isiriqni tanimaydiganlar oramizda bo‘lmasa kerak, albatta. Lekin uning tibbiy xususiyatlarini to‘la biladaginalar kam topiladi. Aynan shuni hisobga olgan holatda saytimizning bugungi mavzusini isiriqning tibbiy xususiyalarini yoritishga qaratdik. Avval o‘simlikning biologik tuzilishi bilan tanishib olsak, isiriq 30-70 sm bo‘lib o‘sadigan ko‘p yillik o‘simlikdir. Poyasi bir nechta, ko‘p tukli, poyasi atrofga yoyilib o‘sadi. Oq sarg‘ish gullari poyada yakka-yakka o‘rnashgan. Mevasi sharsimon, ko‘p urug‘li. U erta bahordan o‘sa boshlaydi.

Issiriqning tabobatdagi o‘rni haqida gapiradigan bo‘lsak, sir emaski bu o‘simlik “tabiat gavharlaridan” biri hisoblanadi. U tabobatda keng miqyosda ishlatiladi. O‘simlikning bunday keng miqyosda ishlatilishiga sabab, uning tarkibida alkaloidlar, peganol, peganidin, garmin, garmalin, turli moylar, oshlovchi moddalarning mavjudligidir. Yuqoridagi moddalardan misol tariqasida oladigan bo‘lsak, garmin asab tizimini tinchlantiradi, bosh miya yallig‘lanish asorati – qaltirashni davolashda va uxlatuvchi modda (dori) sifatida ishlatilgan.

Endi esa qanday holatlarda isiriqdan foydalangan holatda darddan forig‘ bo‘lish mumkinligini birma-bir sanab o‘tsak (Qancha sanasak ham sanog‘iga yetish qiyin)

Foydali jihatlari…

  • Isiriq o‘tini kuydirib, biroz hidlansa bosh og‘rig‘i yo‘qoladi;
  • Isiriq urug‘I qaynatmasi nafas olishi qiyinlashganda , nafas qisishida zig‘ir urug‘i bilan bilan araashtirib ichilsa yuqoridagi dardlarga davo bo‘ladi;
  • Isiriqning shonalash davrida olinadigan o‘ti va urug‘lari davolashda ancha samarali hisoblanadi;
  • Isiriqni tinchlantiruvchi vosita sifatida ham qo‘llash mumkin. Bu xususiyati uyqusizlikda ajoyib foyda beradi;
  • O‘simlikning shirasi – katarakda ancha samara beradi (Qaynatmasi bilan yuz yuviladi);
  • Uy-joylarni dezinfeksiya qilish maqsadida tutatib qo‘yish mumkin;
  • Isiriqning sut shirasi tibbiy paxtaga shimdirilib, qichimadan qiynalgan joylarga 10 kun davomida davomida surtilsa, qichimani tuzatadi;
  • Yurak faoliyatini yaxshilsh maqsadida isiriq urug‘I, sedana, kamfora, murch, petrushka, qora zira, za’faron teng miqdorda olinib, aralashtiriladi. Hamda asal yoki shaker qo‘shilib kuniga bir mahal ichiladi;
  • Ich dam bo‘lganda isiriqga, petrushka urug‘ini hamda yalpiz, zanjabil kabilarni aralshtirilib ichilsa, shifo bo‘ladi;
Ushbu maqolani ham o‘qing:  Ayron - foydasi, tayyorlash va isteʼmol qilish qoidalari

Isiriq peshob haydovchi, tish og‘rig‘i, terlatuvchi, grippni oldini oluvchi, oshqozon-ichak tizimi kasalliklarini davolovchi xususiyatlari ham mavjud!

  • Isiriq mavzusiga oid yana bir maqola:

O‘simlik ildizida 3,3 % gacha , poyasida 3,57 % gacha , bargida 4,96 % va urug‘ida 6,60 % gacha alkaloidlar borligi qayd qilingan bo‘lib , ular yig‘indisidan garmalin , garmin, peganol , dezoksipeganin kabi moddalar ajratib olingan . Isiriq qadim zamonlardan beri sharq xalqlari medesinasida qo‘llanilib kelinayotgan shifobaxsh giyohlardan hisoblanadi .

Xalq medesinasida isiriqning yer ustki qismining qaynatmasidan teri kasalliklarida ,bodni davolashda vanna qilish yo‘li bilan foydalanish tavsiya etilgan . Shuningdek , isiriqdan tayyorlangan qaynatma va damlamalardan bezgak , tutqanoq , nevrasteniya , shamollash bilan bog‘liq bo‘lgan kasalliklarda foydalaniladi . Isiriqdan tayyorlangan qaynatma bilan og‘iz chayiladigan bo‘lsa , og‘iz bo‘shlig‘i va tomoqning shamollashiga barham beriladi .

Abu Ali Ibn Sino isiriqni kuymich asablari shamollaganida , tizza va suyaklar qaqshab og‘riganida , og‘riq qoldiruvchi omil sifatida ishlatishni tavsiya etgan . U isiriqdan kuchli siydik haydovchi omil sifatida foydalangan . Isiriqning sut shirasiga 10 kun davomida shimdirilgan bir tutam paxta yoki junli mato qichma bilan og‘rigan bemorlarga surtilsa , ular anchagina taskin topishi haqidagi ma’lumot ulkan ensiklopedist olim Abu Rayhon Beruniyning «Kitob as-saydana fit-tibb» asarida keltirilgan . Isiriq va zig‘ir urug‘ining qaynatmasi nafas olishining qiyinlashishida , qalampir urug‘i qaynatmasi bilan birga zahm , bod kasalliklarini davolashda ishlatiladi. Ilmiy medesinada isiriqning dorivor preparatlari qo‘l , oyoq va boshqa yerlarning doim titrab turishi hamda tutqanoq kasalliklarini davolashda ishlatiladi .

Isiriqning dorivor preparatlari uxlatuvchi ta’sirga ham ega . Isiriq tutuni bilan xonalarni tutatish sharq xalqlari orasida odat tusiga kirgan. Bu esa uy-joylarni dezinfeksiya qilish bilan birga xona havosini tozalaydi .