Ishchi so‘z

Boshqa ijtimoiy tarmoqlarga nisbatan Twitter’da ko‘proq faolman. Chunki, u yerda salomatlikka oid qisqa ma‘lumlarni yetqazish juda oson va qulay. Shu tarmoqda “aylanib yurib” bir foydalanuvchining “Shifokorlarning ovqatlanish qoidalariga hamda ratsioniga amal qiling kabi ishchi so‘zlaridan charchadim!” , zaylidagi fikriga duch keldim va bu holat meni aynan shu maqolani (blogpost) yozishga undadi.

Barchamizning sevimli “Saroy javohiri” (Tangen) serialini ko‘p bora ko‘rgansiz. Ushbu serialda siz ovqatlanish hamda ovqat tayyorlanishining eng yuksak darajalarini kuzatishingiz mumkin.

Bu yuksaklik nimada deysizmi?!

Bu yuksaklik xilma-xil mahsulotlar, mahsulotlarning taomda o‘zaro uyg‘unligi, ovqatlanishning aniq vaqti, ozuqaning me’yori! Eng yuksaklik o‘shandan.

“Bemorda ayb yo‘q, hamma ayb do‘xtirda!”.

Odam gastrit bo‘lsa-yu, shifokor unga suyuq ovqat yeng, quyuq taomlar yeyish mumkinmas deb tursa, lekin bemor qovurilgan go‘sht, osh, manti, beshbarmoq kabilardan tiyilmasa, ayb kimda?!

Odamning jigari og‘rib shifokorga borsada unga shifokor “ikki enlik” dori yozsa hamda yigirma minut og‘zaki ravishda qovurilgan, dudulangan mahsulotlarni, yog‘li taomlarni umuman yeyish mumkinmas kabi maslahatlarni bersa-yu, bemor “ikki enlik” dorini ichmasa yoki vaqtida ichmasa,shtini  o‘z yog‘iga qovurilgan qo‘y go‘ shtini yeyaversa ham ayb do‘xtirdami?!

Odam yuragini ushlab, “Tez yordam” bilan shifoxonaga kelsa, unga tez tibbiy yordam ko‘rsatilsa, 3-4 ta dori yozib berilsa-yu uni bemor ichmay hamshiradan yashirsa, kamiga shifokor va hamshiradan yashirib o‘zi yaxshi ko‘rgan, tuzlangan bodringdan tiyilmasa ayb kimda?!  Hamshiraga ishongan shifokordami yoki bemorga ishongan hamshiradami?! Bu holatning kata yoshli odamlarda kuzatilayotgani ancha qayg‘uli holat, to‘g‘rimasmi?!

Odam jinsiy zaifligidan shikoyat qilsa-yu, qo‘shimchasiga qizil qalampirni “Achchiqmaskan!”  deb yeyaversa, ayb kimda?!

Shunaqa gaplar… Bu ketma-ketlikni deyarli barcha kasalliklar bilan bog‘lagan holatda uzaytirishimiz mumkin…

Yer yuzining asosiy qismi semizlikdan aziyat chekmoqda, semizlik oqibatidan esa qandli diabet, a’zolarni yog‘ qoplash, ko‘pgina yurak kasalliklari, jinsiy zaiflik kabi ko‘plab xavfli hamda asoratli kasalliklar kelib chiqmoqda!!!

Endi tushungandirsiz “Saroy javohiri” serialining asl mohiyatini…

Salomat bo‘ling!

 

So‘rov qoldirish

Sizning emailning chop etilmaydi.To‘ldirilishi zarur qatorlar * bilan belgilangan *

*