Insult nima?!

Insult – miyadagi qon aylanishining to‘satdan buzilishidir. Oqibatda miya to‘qimalarida o‘zgarishlar yuzaga keladi va uning shikastlanishi tufayli turg‘un belgilar paydo bo‘ladi.

Insultning ikki ko‘rinishi gemorragik (miyaga qon quyilishi) va ishemik holatda (miya infarkti) farqlanadi.
Insult – miya qon aylanishining o‘tkir buzilishi bo‘lib, bu miya funksiyasining bir necha kun davom etuvchi xastaligiga olib keladi. Insult insonning mehnatga layoqatini pasaytiruvchi, uzoq muddat davolanishga, uning oiladagi hayot sifatining pasayishi va iqtisodiy xarajatlarga sabab bo‘luvchi kasallikdir. Insult o‘lim sababchisi sifatida yurak qon-tomir va onkologik kasalliklardan so‘ng 3 o‘rinda turadi. Ishemik insult gemorragik insultga nisbatan 5 marta ko‘p uchraydi.
O‘zbekistonda miya insulti bilan xastalanish ming nafar aholiga nisbatan 9 foizdan 14 foizgacha to‘g‘ri keladi. Ishemik insult miyaning to‘liq yoki qisman qon bilan ta’minlanishining to‘xtashi oqibatida yuzaga keladi.
Ishemik insultning asosiy sababi – miya tomirlarining aterosklerozidir. Xastalik keksa yoshlilar, ko‘pincha yurak kasalliklari va qon ivishi ortgan kishilarda uchraydi.
Insult ba’zida uyqu vaqtida o‘tkaziladi. Bemorlar uyg‘ongach, holsizlik, qo‘l-oyoqda quvvatsizlanish, bosh aylanishini sezadi. Bunda es-hushi joyida, teri odatdagi rangda bo‘ladi. Nevrologik belgilar shikastlangan tomir joylashuviga qarab, bir necha daqiqa yoki soat ichida o‘sib boradi. Umumiy yoki ichki uyqu arteriyasi tiqilib qolganda, tromboz bo‘lgan tarafda ko‘rish buziladi, teskari tarafda qo‘l va oyoqlar harakati buziladi.
Ishemik insultda o‘lim ko‘rsatkichi miyaga qon quyilishiga nisbatan kam bo‘lishiga qaramay, kasallik ko‘pincha og‘ir kechadi. O‘choqli belgilar maromiga tushgach, tiklanish davriga o‘tadi va bu oylab, yillab davom etadi.
O‘tkir ishemik insult bemorning yoshiga, patologik o‘choqning ko‘lamiga takroriy insultning qo‘shilishi va kardial asoratlar bilan kechadi.
Insult belgilari shikastlangan tomir havzasiga bog‘liq bo‘ladi. Kasallik belgilari umumiy miya va o‘choqli klinik belgilar, xarakter, yaqqol va nisbiy ko‘rsatkichlar, tomir havzasini zararlovchi omillarga bog‘liq. Bemorlar insultga bir necha kun qolganda bosh og‘rig‘i, holsizlik, bosh aylanishi, ko‘z oldi qorong‘ilashish, qo‘l-oyoqda uvishish holatlarini his etadi. Belgilar kuchayib boradi va bir kunda qo‘l-oyoqlarning tortishishi paydo bo‘ladi. Bemor hushini yo‘qotmaydi, boshida tumanni his etadi. Ba’zida xastalikning kechishi bexosdan yuz beradi.
O‘rta og‘irlikdagi ishemik insultda miya shishi, hush yo‘qotish belgilarisiz kechadigan o‘choqli belgilar kuzatiladi. Og‘ir insultda esa, es-hush yo‘qotilishi, miya shishi, trofik o‘zgarishlar, qo‘pol o‘choq nuqsonlar bilan birga, kechuvchi umumiy miya belgilari bilan farqlanadi.
Bosh miyaga qon quyilishi asosan miyaning o‘rta arteriyasi havzasida, ichki kapsula va bazal yadrolar sohasida kechadi.
Miyaga qon quyilishining asosiy sababi xafaqon (qon bosimi) kasalligidir. Qon quyilishi diapedez yoki qon tomir yorilishi sababli yuzaga kelishi mumkin. Quyilgan qon miya to‘qimasini parchalaydi, miya pardalarini ta’sirlantiradi, bu miya va o‘choqli belgilarni yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi. Miyadagi patologik o‘choq paydo bo‘lishi miya ichki bosimini oshishi, es-hushning yo‘qolishi va hayotiy muhim funksiyalar – nafas olish, qon tomir tizimi, termoregulyatsiyaning buzilishiga sabab bo‘ladi. Bemor kuchli bosh og‘rig‘ini sezadi, hushidan ketib yiqiladi, kollapsga tushadi. Bunda puls zo‘riqishi shovqinli nafas, qorachiqlarning yorug‘likka reaksiyasining yo‘qolishi, qayt qilish kuzatiladi. Yuz to‘q qizil rangli, bemorning bosh va ko‘zi falaj bo‘lgan sohadan qarama-qarshi tomonga qaragan, falaj tomonda burun lab– burmasi silliqlashgan, og‘iz burchagi tushgan, yonog‘i tuslangan, oyog‘i tashqi tarafga burilgan bo‘ladi.
10 14 kundan so‘ng tiklanish davri boshlanadi. Dastlab oyoq so‘ng qo‘l harakatlari tiklanadi, sezuvchanlik, nutq, ko‘rish, eshitish, psixik faoliyat yaxshilanadi.
Gemorragik insult – miya to‘qimasiga to‘r osti bo‘shliqqa yoki miya qorinchalariga qon quyilishi bilan xarakterlanuvchi miyadagi qon aylanishining o‘tkir buzilishidir. Kasallikning kechishida uch davr farqlanadi: o‘tkir, tiklanuvchi va rezidual.
Davolash: Insultlarni davolash tezda boshlanishi kerak. Birinchi bosqichda hali insult xarakteri aniqlanmagan paytda bemor hayotini saqlab qolishga qaratilgan davo muolajalari o‘tkaziladi. Bemor chalqancha, boshi sal ko‘tarilgan holatda yotqiziladi. Agoniya holatida ko‘chirish mumkin bo‘lmagan bemorlardan boshqa hamma insult bo‘lgan bemorlar maxsuslashtirilgan nevrologik bo‘limga yotqizilishi kerak. Bemorni ko‘chirish vaqtida ehtiyot bo‘lish, silkitmaslik lozim. Agar yurak faoliyati buzilishi o‘pka shishi bilan birga uchrasa, spirt bug‘i qo‘shilgan kislorod bilan nafas oldiriladi. Bemor boshi baland qilib yotqiziladi. Nafas olishi meyorlashishi uchun elektr so‘rg‘ich bilan og‘iz bo‘shlig‘i, burun va xalqum shilliqlardan tozalanadi. Til orqaga ketishini oldini olish va nafas olishni yengillashtirish uchun og‘izga havo naychasini qo‘yish mumkin.
Insult bilan kasallangan bemorlar darhol yotqizilib, boshi baland ko‘tariladi va muzli xalta, oyoqlariga issiq grelka qo‘yiladi.
Parvarish: gemorragik insultda yotoq rejimi 21 kun davom etadi. Ishemik insultda bu bemor ahvoliga bog‘liq. Birinchi kundan bemorda dimlanishli pnevmaniya va yotoq yaralarining oldini olish kerak. Bemorni kun davomida har 2 3 soatda yon tomonga burish, palatani shamollatib turish lozim. Yotoq yarani oldini olish uchun dumg‘aza, dumba, bel sohasiga kamfora spirti suriladi. Falajlangan qo‘l-oyoqlarda mushak tortishishi oldini olish uchun fiziologik holat beriladi. Hush va yutish saqlangan bo‘lsa, shirin choy, meva sharbatlari beriladi. Birinchi kundan parhez kengaytiriladi, ovqat yumshoq, tez hazm bo‘ladigan bo‘lishi lozim. Yutish buzilgan bo‘lsa, bemor 2 3 kun parentral yo‘l bilan tomir orqali oziqlantiriladi.

12 комментариев

  1. Gemaragik insultni davolash mumkinmi gemaragik insult bulgan odam avvalgidek bula oladimi

  2. Jasur qayumov

    3 oylik o’g’ilcham isitmasi 40 ko’tarilib miyasiga qon quyilibti. Uni nima qilish kerak? Jarohlik yo’lisiz davolasa bo’ladimi? Iltimos tezroq javob yozinglar

    • Yosh bolalardagi har qanday o’zgarishlarga tezkor muolaja zarur. Holatga qarab vrach o’zi tegishlicha xulosa chiqaradi va amal bajaradi. Jarrohlik amaliyotining qo’llanilish bu tezkor choraning biri. Demak, holat jarrohlik qo’llanilishiga olib kelgan!
      Bolangizga Olloh shifo bersin!

      Javobni tezroq yoza olmaganimiz uchun uzr so’raymiz!

  3. Jasur qayumov

    Мансур ака рахмат. Сизга яна 1 савол. 10 кун булди, угилчамга халиям реанимацияда 3 кун олдин анжондан доктор келиб мияда озгина кон бор 2 та муолажа бор телда шифокоризга тавсиялар бераман бажарса 3 кунда тузалиб кетади дувди. Аммо доктор халиям уша хар кунлик муолажасини киляпти янги дорилар кушмади. Шуни тушинмаяман. Нега?

  4. Shohista Mo'ydinova

    Qizim tug’ruq jarayonida travma olib chap miyasiga qon quyilgan.1 yoshidan beri davolatamiz.o’ng ko’zida g’ilaylik va oh’ng qo’l oyog’ida passivlik bor.qizim hozirj uch yarim yoshda lekin bir yarim yosh bolani holatida.har 2 oyda licheniya olamiz.reabilitatsya mashgulotlariga qatnashamiz. olam qachon tengdoshlariga yetib olishi mumkin?men qizimni yanayam rivojlanishi uchun nimalar qilishim kerak?
    Javobingizni kutaman.

    • Assalom alaykum, avvalo shifo Ollohdan!
      Sabrli bo’ling va muolajalarni olishni davom ettiring, davolayotgan vrach bilan doimiy muloqotda bo’lib turing. Reabilitatsya mashg’ulotlariga qatnashavering (buning foydadi katta). Muhimi yengilmang!
      Olloh shifo bersin!

      • salom Yoshim 25da menda qol uyushishi kop bolib turadi bu nimadan bolishi mumkin?
        xuddi qon yaxshi aylanmay qolganday tuyiladi! bu holat asosan kunduzi kuzatiladi. masalan qo’limga tiralib o’tirganimda yoki shunchaki biron bir stol yoki shunga oxshash predmedlarni ustiga qolim turganida xam kuzatiladi 10 — 15 soniyalar ichida!

        • Qo‘l-oyoqlarning uvishishi sovuqdan, og‘ir yuk ko‘tarishdan, bosh miyada, shuningdek, tanada qonning yaxshi aylanmasligidan, chekish, me’yoridan ortiq alkogol iste’mol qilish tufayli ham yuzaga kelishi mumkin. Qandli diabet kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda ham qo‘l-oyoqlar uvishadi. Muntazam ravishda uvishish qon quyuqligidan darak beradi.
          Qo‘l-oyoqlarning tez-tez uvishib turishi esa asosan, 40-50 yoshdagi odamlarda kuzatiladi. Bu yoshdagilar tanasidagi xolesterin miqdorini har zamonda tekshirib turishlari kerak. Chunki qon tomirlari devorida xolesterin moddasining ko‘payib ketishi oqibatida qon yurishi ancha qiyinlashadi. Shundan ke­yin tez-tez o‘ng qo‘l, o‘ng oyoq yoki chap qo‘l, chap oyoq uvishishi kuzatiladi. Agar buning o‘z vaqtida oldi olinmasa, ishimik insult yoki infarkt xas­taliklari kelib chiqadi.
          Yoshlarda bu holat asosan tanada qon yaxshi aylanmasligi sababli yuzaga keladi. Turli jismoniy mashqlar (davolovchi badantarbiya) yordamida bu muammoni hal qilish mumkin.
          Agar bu holat uzoq muddat davom etayotgan bo‘lsa, zudlik bilan shifokor-nevropatologga murojaat qilish maqsadga muvofiq.

          P.S. Sizning savolingiz Avitsenna.uz saytining savol-javob bo’limiga ko’chirildi. Kelgusida saytning savol javob bo’limida savol berishingiz mumkin. Salomat bo’ling.
          Savolga link: http://avitsenna.uz/question/qol-oyoq-uvishishi/

  5. Jasur qayumov

    Salom. Meni o’g’ilcham tana harorati ko’tarilib miyasiga qon quyilgandi. 15 kun o’tib MRT qildirdik miyada qon yo’q deyiwdi. Miyada davleniya bor deb aytishdi. Wundan so’ng 1-2 kun o’tib bolada cho’chiw cho’chigan vaqtida ko’zi tepaga ketib qo’llari tortiwadi, bu holat kuniga 2 mahal malum vaqtda bo’ladi. Soat 9 va 15 lar atrofida. Wifoxonada 29 kun reonimatsiyada davolanganimizdan so’ng uyga javob beriwdi. Iltimos wu cho’chiwi nimadan bo’liwi haqida ma’lumot bersangiz? Yuzida bazan wiwiw holatlari ham bo’lib turadi. Pewob axlati joyida.

  6. Mani chap kurak tomonim og’rib qoladi. To’g’ri tursam unchalikmas tanamni o’nga chapga bursam juda og’ritadi Xuddi tomi tortishganday bu qanday kasalik xaflimi 2 xaftalardan beri shu oldin chekardim tawlaganimga 4 oy bo’ldi.

  7. Assalom alaykum.
    Mening otam ishemik insultni boshdan kechirdilar. 9 oy buldi. Yaqinda ertalab urinlaridan turishlaridan oldin yiqilib ketdila va bir necha daqiqaga nutqlarini yuqotdila. Biz kasallik takrorlandi deb uyladik usha paytda. Lekin ollohga shukrki uzi asradi. Hushlariga kegandan sung aytdilarki qulimni tomiri tortishib ketdi deb. Otamdagi bu holat nima sababdan buldimikin. Xuddi usha paytda kasallik takrorlagandek holatda edilar. Iltimooos javobizni kutaman

So‘rov qoldirish

Sizning emailning chop etilmaydi.To‘ldirilishi zarur qatorlar * bilan belgilangan *

*