Innovatsiya: Apple Watch insonda qandli diabet bor yoki yo‘qligini aniqlaydi

San-Fransiskodagi Kaliforniya universiteti (UCSF) va “Cardiogram” sog‘liqni nazorat qilish servisi Apple Watch “aqlli soatlariga” yurak ritmi bo‘yicha odamda qandli diabet bor yoki yo‘qligini aniqlaydigan maxsus programmani ishlab chiqarishdi. 14 ming ishlatuvchilarda tekshirilishi shuni ko‘rsatdiki, moslama 85% holatlarda to‘g‘ri tashxis qo‘ydi.

Foto: Med-info.uz

Diabet va organizmning vegetativ nerv tizimi o‘rtasidagi korrelyatsiya yurak ritmi datchiklari orqali diabetni aniqlash imkonini beradi, deb ta’kidlashdi UCSF va “Cardiogram” tadqiqotchilari.

DeepHeart neyron to‘ri Apple Watch’ning 14 ming ishlatuvchilaridan tushgan ma’lumotni tahlil qildi. Ular orasida 544 tasi qandli diabet bilan xasta edi. “Aqlli soatlar” 462 ta bemor (85%)da tashxisni aniq qo‘ya olishdi.

“Cardiogram” – bu Apple, Fitbit, Garmin va Android moslamalaridan ma’lumot oladigan smartfonlar uchun bo‘lgan yuklamadir. Servisning asosida yurak qisqarishlarini tezligini va qo‘lluvchilar harakatini tahlil qiladigan neyron to‘r yotadi. O‘z-o‘zlari kasallikni aniqlash uchun bu ma’lumotlar umuman befoydadir, model belgilangan manbalar yordamida o‘rganilgan bo‘lishi kerak.

2017 yil aprel oyida Apple glyukozani noinvaziv datchiklarini ishlab chiqarish uchun biometrik injenerlar jamoasini ishga olganini aytilgan edi. Kompaniya rejalari bo‘yicha, bu datchiklar Apple Watch’ga o‘rnatilgan bo‘ladi, shunday qilib, qo‘llovchilar uzluksiz qand miqdorini bilib turishlari mumkin. O‘sha yilning dekabr oyida AQSHning oziq-ovqat va dorilar Boshqarmasi (FDA) Apple Watch soatlari uchun birinchi elektrokardiografni ma’qulladi.

2018 yilning yanvar oyida “Ekspobank” egasi Igor Kim MCHJ “Intellodjik”ning hammuassisi bo‘ldi. Kompaniya Botkin.AI sun’iy intellekt ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi. Bu tizim sog‘liqni saqlash masalalarini yechishga mo‘ljallangan: diagnostik rasmlarni o‘qib bilish va tanish, tibbiy yechimlarni qabul qilish tizimlarini ishlab chiqarish, klinik tekshiruvlar uchun bemorlar preskriningi kabilar bilan shug‘ullanmoqda.

© Med-info.uz
Portalramn.ru

Maqolani baholashni unutmang, iltimos!
1 baho2 baho3 baho4 baho5 baho

Loading...

Telegramdagi rasmiy kanalimizga a’zo bo‘ling!

A’zo bo‘lish
loading...

Tegishli maqolalar

Fikr bildirish

Sizning emailingiz chop etilmaydi. To‘dirish zarur qatorlar * bilan belgilangan.

Close