Husnbuzarlardan qutulish choralari

Husnbuzarlar o‘smirlarning eng dolzarb muammosi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Husnbuzarlar haqida ko‘p gapirmasak ham u haqda ko‘pchilik ma’lumotga ega, albatta. Husnbuzuvchilar o‘smirlardan tashqari turli omillar ta’sirida katta yoshlilarda ham uchrashi mumkin. Masalan, kolbasa, qazi, tuzlangan baliq, shokolad iste’mol qilish oqibatida, uzoq davom etgan qabziyat natijasida yuqoridagi holat yuzaga kelishi mumkin.

Husnbuzarlar barcha o‘smirlarda ham birdek hosil bo‘lavermaydi. Bunga moyillik ba’zi o‘smirlarda kuchliroq bo‘lsa, ba’zilarida esa aksincha. Aynan, shu holatni hisobga olgan holatda husnbuzarlar toshishiga moyil bo‘lganlar yog‘li va xamirli taomlarni kamroq yeyishi, qabziyat yuzaga kelmasligini ta’minlashi kerak.ugri

Terini to‘g‘ri parvarishlash husnbuzarlar toshish yoki toshmasligida muhim ahamiyatga ega. Bunda yuzni har kuni ertalab glitserinli, kamfora sovunlari bilan oldin iliq suvda sovun ketguncha, keyin sovuq suvda yuvib, quriq qilib artiladi. Husnbuzarlarni davolashda quyidagi umume’tirof etilgan usullardan foydalanish muhim ahamiyatga ega.

  • Husnbuzar ko‘p toshdigan joyga haftada bir marta atir sovunga osh tuzi aralashtirib, yumshoq latta bilan atrib yuvib tashlash kerak;
  • Yuzni har kuni novshadil spiriti yoki ikki foizli natriy dikarbonat eritmasi, limon suvi bilan artish zarur;
  • Bedabargi yoki moychechak gulidan 1:10 nisbatda tayyorlangan damlamani biroz sovutib, yuzni kuniga ikki marta yuvish lozim;
  • Ikkita shisha banka olinadi. Birinchi bankaga 100 ml tibbiy spirt yoki aroq va 1 dona limon, ikkinchi bankaga esa 100 gr xonaki qaymoq va 1 dona xonaki tuxumning sarig‘I solinadi. Ikkala aralashmani qo‘shib, sovutgichga qo‘yiladi. Oradan 7 kun o‘tgach, malham quyuq holatga keladi. So‘ng uni kuniga 2 marta – ertalab va kechqurun yux terisiga surtiladi. Natijada husnbuzarlar yo‘qoladi, ya’na bu malham yuzdagi dog‘larni yo‘qotishi bilan ham e’tirof etiladi.

Mirzamir Mirzasharipov, dorishunos.

“Shifo — info” gazetasi.

6 комментариев

  1. Yuzmdan mayda xusunbuzarlar toshyapti natijada yuzm qizarib ketyapti buning oldini olish uchun nima qilishm kerak

  2. Assalomu alekum sizga savol! Mani yuzimning ikkala taomonidayam qip qizil joy bor man bu xolatdan juda uzimdan xijolat bulaman ayniqsa qishda kukarib boshqacha tusga kiradi! Aytingchi bu nimadan va qanday davolash mumkin

  3. Salom yuzimda xusunbuzar bor va ulardan dog’lar bor ketqazishni iloji bormi

  4. 2 yildan beri hesh narsa yordam bermayapti yordam berinlar iltimos!!!!!

  5. ugrini qanaqa qilib ketgazsa boladi maslaxat berinlar +913931050 nomer maniki agarda biladigan odam bosa yordam berinlar husinbuzarlarni qanaqa qilib yoq qilsa boladi jovobni kutaman

So‘rov qoldirish

Sizning emailning chop etilmaydi.To‘ldirilishi zarur qatorlar * bilan belgilangan *

*