El sog‘ligi — yurt boyligi

Husnbuzarlar toshganda

Bunda yuz terisi yaltirab turadi, undagi mayda teshiklar kengayadi, ularda yog‘ yig‘ilib qolishi oqibatida qora nuqtalar ko‘zga tashlanadi. Agar ular sitilsa, to‘planib qolgan yog‘ buralib chiqadi. Mabodo yiringlatuvchi bakteriyalar tushgan bo‘lsa, yuz yallig‘lanadi. Bu vaqtda yuz qizarib ko‘pchiydi va hosil bo‘lgan sizlog‘ichlar yiringlashadi, og‘riydi. Keyinchalik o‘rnida qoramtir dog‘ qoladi.

husnbuzar

Ba’zida o‘rta yoshli yoki yoshi o‘tinqirab qolgan kishilarning terisiga ham husnbuzar toshadi. Bunag asosan me’da-ichak  kasalliklari (kolit, gastrit, xolesistit), ichkilikka ruju qo‘yish, uzoq vaqt issiq yoki sovuq sharoitda ishlaganda tomirlar tonusining pasayib ketishi sabab bo‘ladi.
Oddiy husnbuzar xalq tilida “yigit guli” deb ham ataladi. Chunki u balog‘atga yetayotgan yigit va qizlarda uchraydi. Bu davrda ayollar jinsiy gormoni bo‘lmish estrogen va erkaklar jinsiy gormoni – androgenlar o‘rtasidagi miqdoriy muvozanat buziladi. Aniqrog‘i, androgenlar miqdori oshib ketadi. Bu esa o‘z navbatida yog‘ bezlarining ko‘p miqdorda ajralib chiqishiga olib keladi.
Oddiy husnbuzarni ko‘pincha patogen stafilokokklar qo‘zg‘atadi. Natijada terida yallig‘lanish jarayonlari chuqurlashadi. Bundan tashqari, yoshlardagi oshqozon-ichak kasalliklari, gipovitaminozlar, moddalar almashinuvining buzilishi, noto‘g‘ri ovqatlanish va irsiy omillar tufayli oddiy husnbuzar toshadi. Kasallik boshlanishida yuz tersida (ba’zan yelka va ko‘krak sohasida) tugunchalar hamda yiringli toshmalar paydo bo‘ladi. Toshmalar sarg‘ish tusga kirib maddalaydi, keyin chandiqlanadi. Oddiy husnbuzarni davolashdan oldin uni keltirib chiqargan sababni aniqlash lozim.

Kasbga aloqador “Yaracha”

Oq husnbuzar odatda yallig‘lanmaydi, azob bermaydi, faqatgina yuz husnini buzadi. U ko‘pincha qovoqlar va peshanada uchraydi.
Aksariyat hollarda oq husnbuzarning kelib chiqishi kasbga aloqador bo‘ladi. Ayniqsa, neft mahsulotlari va yonilg‘ilar bilan ishlovchilar terisining teshiklariga neft, yonilg‘i, ko‘mir changlari yig‘ilib, yog‘ bezlari yo‘llarini berkitib qo‘yadi. Oqibatda husnbuzar paydo bo‘ladi.
Uzoq vaqt yod, brom preparatlarini qabul qiluvchi bemorlar terisining ochiq joylariga oq husnbuzarlar toshishi mumkin. Shuningdek, uzoq davom etadigan og‘ir kasalliklar (sil, oshqozon va o‘t yo‘llari xastaliklari)da  ham kishi terisiga husnbuzar toshadi.
Olimlarning kuzatishlaricha, immun tizimi faoliyati susayganda ham husnbuzar toshish ehtimoli bor.
Pushti husnbuzarlar 25-30 yoshdan to 45-50 yoshgacha bo‘lgan ayollarda ko‘p uchraydi. Aksariyat hollarda me’da-ichak faoliyatining buzilishi, vegetativ nerv tizimi va endokrin tizimidagi o‘zgarishlar bunga sabab bo‘ladi. Aksariyat hollarda bunday husnbuzarlar bahor, kuz va qish fasllarida qaytalaydi, keyinchalik  surunkali tusga o‘tib yuz qizarishi, qizishi va toshmalar bilan birgalikda kuchayib boraveradi.
Pushti husnbuzarlar boshlanishida burun qizaradi, avvaliga burun uchi yog‘lanib qizarsa, keyinchalik yonoq terisi va peshananing o‘rta qismi qizg‘ish tus oladi. Ayniqsa, issiq ovqat yeganda yoki bug‘i ko‘tarilib turgan choy ichganda qizarish yanayam kuchayadi. Pushti husnbuzar uzoq davom etadi, biri tuzalib, yangisi paydo bo‘lib turadi, ayniqsa, havo soviganida yuzning hamma qismiga toshib ketadi.

Yumshoq sovun ishlating!

Husnbuzar toshishiga moyil kishilar yog‘siz go‘sht, qaynatilgan baliq, sabzavot, suzma, olma hamda vitaminlar (A, C, B) ga boy ovqatlarni iste’mol qilishlari kerak. Yog‘li va xamir taomlarni  cheklash, ko‘proq qora non va qaynatilgan go‘sht yeyish lozim. Shuningdek, spirtli va gazli ichimliklar ichmaslik, ichning ravon kelib turishiga harakat qilish zarur.
Husnbuzarlardan qutulish uchun yuz terisini to‘g‘ri parvarishlash lozim. Avval iliqdan issiqroq suvda, so‘ng sovuq suvda yuvib, quruq lattada artish kerak, bunda yumshoq sovunlarni ishlatish terining toza va mayin bo‘lishini ta’minlaydi.
Ba’zan atir sovunga mayda tuz aralashtirilib, yumshoq latta yoki gubka bilan yuzni ishqash va yuvish ham yordam beradi. Kuz va qishda yuzni iliq suv bilan, yoz va bahorda esa sovuq suv bilan yuving. Yallig‘langan toshmalardagi qora nuqtalarni sitish yaramaydi, buni kosmetolog ko‘magida qilgan ma’qul.
Husnbuzar hadeb toshaversa, albatta, shifokorga ko‘rinib, tegishli muolajalarni o‘tkazish kerak.

Oddiy muolajalar naf beradi

Husnbuzarlarni ketkazishda bodring suvidan foydalaning: qirg‘ichdan o‘tkazilgan bodringdan uch qoshiq oling. Ustiga bir stakan qaynoq suv quygach, ikki-uch soat damlanadi. So‘ng suzib, bir osh qoshiq asal aralashtiring. Paxtani botirib, yuzni artib turing.
Husnbuzar tosha boshlaganda kuniga ikki mahal petrushka suvi surtib  turilsa, yaxshi natija beradi.
Yetilib pishgan behini mayda ko‘zli qirg‘ichdan o‘tkazib, yuzga niqob sifatida surtiladi. Muolajani bir-ikki hafta qo‘llang.
Bir osh qoshiq marmarak (shalfey) ustiga yarim stakandan ko‘proq qaynoq suv quyib, yarim soat damlang. Suzib olgach, dokani botirib, yuzingizga qo‘ying.
Bir osh qoshiq dalachoy (zveroboy)ni bir stakan qaynoq suvda damlab qo‘ying. Soviy boshlagach, aniqrog‘i, iliqligida suzing va paxtani botirib, yuzga surting.
Husnbuzar toshganda juda issiq muolajalarni qilmaslik kerak. Damlama va qaynatmalar iliq holda ishlatilsa, toshmalar tezroq yo‘qoladi.

Gulbahor NURIDDINOVA,
Shifokor-kosmetolog, tibbiyot fanlari nomzodi.
«Sihat-salomatlik» jurnali.

 

Bizni Telegram’da ham kuzatishingiz mumkin. Telegram’dagi kanallarimiz @AvitsennaUz hamda @DnkUz

loading...

Изоҳлар

  1. Mohombi

    Avvala aybni o’zingizdan qidiring. Onanizm ya’ni qo’l bilan o’z spermangizni chiqarishni bas qilsangiz. Ko’rasz u yoq bolib ketadi.

  2. Tohir 94 1569956

    Rustamjon sizga oddiy bir maslahat beraman, toza zaytun yog’ini yuzga ya’ni toshmalarga yahshilab surtasiz, 1, 2 soatdan k.n sovunlab yuvasiz natijasiga wowilmang Inwaallah foydasini körasiz! Mosh, semechka, tuxum kamroq tanovul qilasiz…

  3. Sultan

    husinbuzarni ketirdim ammo doqlar qoldi qanaqa qilib yoqoltsa boladi oldindan raxmat maslahat beringlar
    iltimos

  4. Ahror

    Salom meni yoshim 21 da yuzimga1 yildan beri har hil towmalar towib qiynayapti koproq ikki labimmi chetiga chiqardi chiqib tuzalmasdan dogi ketmasdan yana yangisi chiqadi endi esa ilgarigiga uhwap chiqyapti uchi yorilib suvlanyapti yoniiga yana towiyapti dogi ketiwi qiyin bolyapti chiqiwida qizarib mowdey kattalikda chiqadi iltomos bilsangiz yordam bering

  5. Ahror

    Sepkilni yoqotsa boladimi ayniqsa bahor oyida juda kupayib ketadida

  6. kamola

    Salom mening yoshim 21da yuzimga xusunbuzar toshgan towkentga drmatalogiya instutiga murojat qildim foydasi bomadi yuzimda bezga oxwab xusunbuzar chiqadi judayam ogriydi va yuzimda teshiklar kopaygan qilmagan narsam qolmadi iltimos menga yordam bersangiz oldindan kata raxmat

  7. KOTIBJON

    Salom meni yuzim o’ta yog’li bo’lib uyqudan so’ng bazida yuzimni sovunlab yuvmasam yuzim yaltillab turavaredi, kegin qizil va qora husnbuzar toshmalar ham bor nima qilish mumkin oldindan rahmat.

  8. Alisher

    salom, saitingizga oshno bulib savol bermoqchi buldim. Mening ham yuzim juda yogli, har kun sobunlab yuvmasam bulmaidi, yana bazida terining tagidan kattasi ham chiqib turadi, qanday davolasa buladi, biron bir ukol yo yaxshi mazi yuqmi, bulsa tavsiya eting iltimos. Oldindan rahmat.

  9. Rasul

    Salom. Men 14 yoshdaman burnim ustiga qora uguriylar tosha boshladi unni qanday ketgazsam boshladi.
    Javob un oldindan rahman.

  10. Kamola

    Yuzimizga husnbuzar asisan qaysi vitamin yetishmagandan chiqadi biror vitamin olish keremi dorixnadan? avval organizmni davolab chiqishini to’xtatib olish uchun nima yiki qanday dori iste’mol qilishimiz kerak?

    • Shohruh

      Kamola sz yuzizga har xil narsala qoymen husunbuzari Davosi juda Odiy .parhez qsez ertalab badantarbiya bn wugulanin hamir gazli icimliklar wrinlila yogli narsala yemen yuzizga narsa qoyganizdan Foyda yo bekorga yuzizi batar qvoradi ertalab smetan bn tvarog yyin 2soatdan keyn meva sabzavotla yyin abetga jgar yyin lekin soat abetki 12da ovqatlamen cunki nma yesezam yuzizga tasir qladi

  11. Asadbek

    Salom.Siz avvalo birinchi husnbuzarlar chiqishshi boshlaganda ularni sitmaslik kerak edi.Husnbuzarlarni sitish keyinchalik yuzda ketmaydigan shramlarni qoldiradi.Afsuski u teshikchalarni yoqotishni iloji yoq.

  12. ROSHEN

    yordam beringlar yuzdagi doglardan halos bolsa boladimi

  13. Dilmurod

    Salom meni oyogin yani buginda qabadir yara bor wunga nima qiliw kerak

Fikr bildirish

Sizning email ingiz hech kimga ko‘rsatilmaydi. To‘ldirish zarur bo‘lgan kataklar * bilan ajratilgan