El sog‘ligi — yurt boyligi

Husnbuzarlar toshganda

Bunda yuz terisi yaltirab turadi, undagi mayda teshiklar kengayadi, ularda yog‘ yig‘ilib qolishi oqibatida qora nuqtalar ko‘zga tashlanadi. Agar ular sitilsa, to‘planib qolgan yog‘ buralib chiqadi. Mabodo yiringlatuvchi bakteriyalar tushgan bo‘lsa, yuz yallig‘lanadi. Bu vaqtda yuz qizarib ko‘pchiydi va hosil bo‘lgan sizlog‘ichlar yiringlashadi, og‘riydi. Keyinchalik o‘rnida qoramtir dog‘ qoladi.

husnbuzar

Ba’zida o‘rta yoshli yoki yoshi o‘tinqirab qolgan kishilarning terisiga ham husnbuzar toshadi. Bunag asosan me’da-ichak  kasalliklari (kolit, gastrit, xolesistit), ichkilikka ruju qo‘yish, uzoq vaqt issiq yoki sovuq sharoitda ishlaganda tomirlar tonusining pasayib ketishi sabab bo‘ladi.
Oddiy husnbuzar xalq tilida “yigit guli” deb ham ataladi. Chunki u balog‘atga yetayotgan yigit va qizlarda uchraydi. Bu davrda ayollar jinsiy gormoni bo‘lmish estrogen va erkaklar jinsiy gormoni – androgenlar o‘rtasidagi miqdoriy muvozanat buziladi. Aniqrog‘i, androgenlar miqdori oshib ketadi. Bu esa o‘z navbatida yog‘ bezlarining ko‘p miqdorda ajralib chiqishiga olib keladi.
Oddiy husnbuzarni ko‘pincha patogen stafilokokklar qo‘zg‘atadi. Natijada terida yallig‘lanish jarayonlari chuqurlashadi. Bundan tashqari, yoshlardagi oshqozon-ichak kasalliklari, gipovitaminozlar, moddalar almashinuvining buzilishi, noto‘g‘ri ovqatlanish va irsiy omillar tufayli oddiy husnbuzar toshadi. Kasallik boshlanishida yuz tersida (ba’zan yelka va ko‘krak sohasida) tugunchalar hamda yiringli toshmalar paydo bo‘ladi. Toshmalar sarg‘ish tusga kirib maddalaydi, keyin chandiqlanadi. Oddiy husnbuzarni davolashdan oldin uni keltirib chiqargan sababni aniqlash lozim.

Kasbga aloqador “Yaracha”

Oq husnbuzar odatda yallig‘lanmaydi, azob bermaydi, faqatgina yuz husnini buzadi. U ko‘pincha qovoqlar va peshanada uchraydi.
Aksariyat hollarda oq husnbuzarning kelib chiqishi kasbga aloqador bo‘ladi. Ayniqsa, neft mahsulotlari va yonilg‘ilar bilan ishlovchilar terisining teshiklariga neft, yonilg‘i, ko‘mir changlari yig‘ilib, yog‘ bezlari yo‘llarini berkitib qo‘yadi. Oqibatda husnbuzar paydo bo‘ladi.
Uzoq vaqt yod, brom preparatlarini qabul qiluvchi bemorlar terisining ochiq joylariga oq husnbuzarlar toshishi mumkin. Shuningdek, uzoq davom etadigan og‘ir kasalliklar (sil, oshqozon va o‘t yo‘llari xastaliklari)da  ham kishi terisiga husnbuzar toshadi.
Olimlarning kuzatishlaricha, immun tizimi faoliyati susayganda ham husnbuzar toshish ehtimoli bor.
Pushti husnbuzarlar 25-30 yoshdan to 45-50 yoshgacha bo‘lgan ayollarda ko‘p uchraydi. Aksariyat hollarda me’da-ichak faoliyatining buzilishi, vegetativ nerv tizimi va endokrin tizimidagi o‘zgarishlar bunga sabab bo‘ladi. Aksariyat hollarda bunday husnbuzarlar bahor, kuz va qish fasllarida qaytalaydi, keyinchalik  surunkali tusga o‘tib yuz qizarishi, qizishi va toshmalar bilan birgalikda kuchayib boraveradi.
Pushti husnbuzarlar boshlanishida burun qizaradi, avvaliga burun uchi yog‘lanib qizarsa, keyinchalik yonoq terisi va peshananing o‘rta qismi qizg‘ish tus oladi. Ayniqsa, issiq ovqat yeganda yoki bug‘i ko‘tarilib turgan choy ichganda qizarish yanayam kuchayadi. Pushti husnbuzar uzoq davom etadi, biri tuzalib, yangisi paydo bo‘lib turadi, ayniqsa, havo soviganida yuzning hamma qismiga toshib ketadi.

Yumshoq sovun ishlating!

Husnbuzar toshishiga moyil kishilar yog‘siz go‘sht, qaynatilgan baliq, sabzavot, suzma, olma hamda vitaminlar (A, C, B) ga boy ovqatlarni iste’mol qilishlari kerak. Yog‘li va xamir taomlarni  cheklash, ko‘proq qora non va qaynatilgan go‘sht yeyish lozim. Shuningdek, spirtli va gazli ichimliklar ichmaslik, ichning ravon kelib turishiga harakat qilish zarur.
Husnbuzarlardan qutulish uchun yuz terisini to‘g‘ri parvarishlash lozim. Avval iliqdan issiqroq suvda, so‘ng sovuq suvda yuvib, quruq lattada artish kerak, bunda yumshoq sovunlarni ishlatish terining toza va mayin bo‘lishini ta’minlaydi.
Ba’zan atir sovunga mayda tuz aralashtirilib, yumshoq latta yoki gubka bilan yuzni ishqash va yuvish ham yordam beradi. Kuz va qishda yuzni iliq suv bilan, yoz va bahorda esa sovuq suv bilan yuving. Yallig‘langan toshmalardagi qora nuqtalarni sitish yaramaydi, buni kosmetolog ko‘magida qilgan ma’qul.
Husnbuzar hadeb toshaversa, albatta, shifokorga ko‘rinib, tegishli muolajalarni o‘tkazish kerak.

Oddiy muolajalar naf beradi

Husnbuzarlarni ketkazishda bodring suvidan foydalaning: qirg‘ichdan o‘tkazilgan bodringdan uch qoshiq oling. Ustiga bir stakan qaynoq suv quygach, ikki-uch soat damlanadi. So‘ng suzib, bir osh qoshiq asal aralashtiring. Paxtani botirib, yuzni artib turing.
Husnbuzar tosha boshlaganda kuniga ikki mahal petrushka suvi surtib  turilsa, yaxshi natija beradi.
Yetilib pishgan behini mayda ko‘zli qirg‘ichdan o‘tkazib, yuzga niqob sifatida surtiladi. Muolajani bir-ikki hafta qo‘llang.
Bir osh qoshiq marmarak (shalfey) ustiga yarim stakandan ko‘proq qaynoq suv quyib, yarim soat damlang. Suzib olgach, dokani botirib, yuzingizga qo‘ying.
Bir osh qoshiq dalachoy (zveroboy)ni bir stakan qaynoq suvda damlab qo‘ying. Soviy boshlagach, aniqrog‘i, iliqligida suzing va paxtani botirib, yuzga surting.
Husnbuzar toshganda juda issiq muolajalarni qilmaslik kerak. Damlama va qaynatmalar iliq holda ishlatilsa, toshmalar tezroq yo‘qoladi.

Gulbahor NURIDDINOVA,
Shifokor-kosmetolog, tibbiyot fanlari nomzodi.
«Sihat-salomatlik» jurnali.

 

Telegramdagi rasmiy kanalimizga a’zo bo‘ling!

A’zo bo‘lish
loading...

Savollar

  1. Аноним

    Meni yuzimda oz bor uni ramashka bn yuvish qanday qilib yuviladi

  2. Iqbol

    Man husunbuzrlar 5-yildan beri qiynaydi qilmagan dorim qolmadi yuzim judayam yomon bo’lib ketdi oynaga qarashga qo’rqsman iltimos yordam berilar

  3. Bahodir

    Bahodir
    03.04.2016
    Mening yuzimda unchalik emas lekin menga dadam kuriosin degan yuz uchun maz olib keldi u ancha yuzimni yaxshiladi.Sizlarga shu mazni maslhat beraman

  4. Аноним

    Салом мени юзимда бурнум пешонамга кизил бирикиб кетган угрилар 10йилдан буен кетмайди илтимос маслахат беринг

  5. Doktor Gulnoza

    Erol digan maz eng yaxshisi teshik dog’larni ketqazadi

    • Одам

      Салом. Аёлимни ёши 24да. 2фарзандимиз бор. Бири 5ёш, кичиги 2ёш. Хотиним манга тумушга чиққандан бери хузунбузарлари бир йўқолиб, бир авж олиб юрибди. Хомладорлик пайтида йўқолиб кетади. Сабабини айтоласизми?

  6. Islом

    Yоshiм 15 dа yuziмni 13 yоwdаn bеri ugri bоsаdi ikki махаl yuziмni sоvun bilаn yuvамаn bаribir fоydаsi yuq маslаxаt b…

  7. Shahri

    Salom mening yoqiw 21 da yozumga ugri towmas edi bunchalik 5-6dan beri yuzumga ugri toxtamay chiqyapti nima qiliwga hayronman maslahat bering

  8. Odilbek

    Salom avallo meni yoshim 17da 14yoshdam beri ketta kichik husun buzarlar chiqadi to’htivsiz biri chiqig’ ikkinchisi ketidan chiqadi borgan sari yuzim yomonlashyapdi … maslahat bersangiz jovob ucun oldindan raxmat

  9. +998934157360 kutaman javobiladi Odilbek

    Engg yaxahi foydasi bormi iltimos javob qoldirib ketinglar

    • Sanjar

      Zuluk bilan davolaning foyda beradi mana man wunaq qib davolandm. Bumasa. Agarda bu xam bumasa banisaga boring u yerda dermatolokga uchrisiz u sizni albatda davolaydi

  10. +998995568610

    Toshlenta «DERMATALIOGIYA VENERALOGIYA VA KASMITALOGIYA»ilmiy tekshirish institutida davolashadi…

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *