El sog‘ligi — yurt boyligi

Abituriyentlar qanday hujjatlar topshirishi kerak?

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 20 iyundagi 393-son qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni qabul qilish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomining 12-bandiga asosan abituriyentlar oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etishi lozim:

otm qabul qabul komissiyasi

  1. ta’lim yo‘nalishi, o‘quv tili va shakli ko‘rsatilgan holdagi ariza (arizada oliy ta’lim muassasasini tugatganligi yoki oliy ma’lumoti yo‘qligi, qaysi chet tilidan test topshirishi, harbiy tavsiyanomaga ega bo‘lganlar uning raqamini ko‘rsatishlari hamda test sinovlarini o‘tkazish qoidalari va javoblar varaqalarini to‘g‘ri to‘ldirish bilan tanishganligi ko‘rsatiladi);
  2. o‘rta ta’lim (11-sinf negizida) yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasini tugatganligi haqidagi hujjatning asl nusxasi;
  3. 086-U — shakl bo‘yicha tibbiy ma’lumotnoma;
  4. pasport (pasport yoshiga yetmaganlar uchun tug‘ilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma)ning nusxasi;
  5. 3.5 x 4.5 sm hajmdagi 6 dona rangli fotosurat; (ko‘pgina tibbiyot OTMlarining qabul komissiyasi tarkibida maxsus suratkashlar xizmati tashkillashtirilgan (tahririyat))
  6. mehnat daftarchasidan belgilangan tartibda tasdiqlangan ko‘chirma va ishlab turgan sohadan tavsiyanoma (maxsus sirtqi bo‘lim abituriyentlari uchun).

Tanlovdan tashqari o‘qishga kirish huquqiga ega bo‘lgan xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlar va musobaqalar g‘oliblari asl nusxadagi tasdiqlovchi hujjatlarni topshiradilar.

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab bo‘lgan fuqarolar harbiy qism qo‘mondonligining tegishli tavsiyanomasining aslini yuqorida ko‘rsatilgan hujjatlar bilan birgalikda taqdim etadilar.

Abituriyent tomonidan pasport (pasport yoshiga yetmaganlar tug‘ilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma) hamda harbiy xizmatga aloqadorligi haqidagi hujjat qabul komissiyasiga shaxsan ko‘rsatiladi. Ko‘rsatib o‘tilgan hujjatlar mavjud bo‘lganda oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasi abituriyentning hujjatlarini qabul qilishni rad etishga haqli emas. Shuningdek, Oliy harbiy ta’lim muassasalariga qabul qilish chog‘ida topshiriladigan hujjatlar ro‘yxati Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 26 maydagi 320-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy ta’lim muassasalariga tanlash tartibi va qabul qilish qoidalari to‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.

Maqola «Abituriyent-2017» loyihasi doirasida chop etildi. Loyiha ynagiliklarini Avitsenna.uz saytidan tashqari «Telegram»dagi «AvitsennaUz» kanali orqali ham kuzatib borishingiz mumkin! Loyihaning asosiy sahifasiga o‘tish

Сохранить

Telegramdagi rasmiy kanalimizga a’zo bo‘ling!

A’zo bo‘lish
loading...

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *