Keyingi yildan OTMlarga hujjatlar 15 iyundan 15 iyulgacha qabul qilinadi

2016 yil 16 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlariga tayyorgarlik jarayoni optimallashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.

Unga ko‘ra, 2017 yildan boshlab, oliy ta’lim muassasalariga hujjatlar qabul qilish 15 iyundan 15 iyulgacha bo‘lib o‘tishi belgilandi. Davlat konservatoriyasida esa qabul komissiyasi 15 iyundan 10 iyulgacha hujjatlarni qabul qiladi.

Shuningdek, kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, Oliy harbiy ta’lim muassasalariga kirish uchun test sinovlari 5 iyulgacha o‘tkaziladi. Bungacha test sinovlari 10 iyul sanasiga o‘tkazilar edi.

Қарорни расмий манбадан ўқиш:

Қарорни расмий манбадан ўқиш:

 

Abituriyentlar uchun eslatma: Mazkur o‘zgarishlar 2017 yil 1 yanvardan kuchga kiradi. Bu degani, joriy yilda qabul komissiyalari odatdagidek 20 iyulgacha hujjatlarni qabul qiladi. Ushbu yilda hech qanday o‘zgarish bo‘lmaydi.

Maqola «Abituriyent-2016» loyihasi doirasida chop etildi. Loyiha yangiliklarini Avitsenna.uz saytidan tashqari «Telegram»dagi «AbituriyentUz» kanali orqali ham kuzatib borishingiz mumkin! Loyihaning asosiy sahifasiga o‘tish

 

So‘rov qoldirish

Sizning emailning chop etilmaydi.To‘ldirilishi zarur qatorlar * bilan belgilangan *

*