Homiladorlik testi nima? Uning turlari va to‘g‘ri foydalanish qoidalari

Homiladorlikni rejalashtirib, hayz siklining cho‘zilishini sezishi bilan ayollar dorixonalarga erta vaqtda homiladorligini aniqlab olish uchun «yugurishadi». Homiladorlik testi homiladorlikni aniqlash uchun eng qulay vositadir. Homiladorlik testidan foydalanishdan oldin unga ilova qilingan yo‘riqnoma bilan tanishib chiqish zarur.  Ha, albatta, dorixonalar bir qator testlarni taklif qilishadi

va boshingiz aylanib qolib qaysi birini tanlashni bilmay qolasiz. Quyidagi maqolada homiladorlik testini kunning qaysi vaqtiida va qanday qilib o‘tkazish kerakligi haqida bilib olasiz.

Homiladorlik testining ishlash prinspi

homiladorlikni aniqlash
Foto: Google Plus

Barcha homiladorlik testlari, ularning narxi va tashqi ko‘rinishidan qat’iy nazar bir xil prinsp asosida ishlaydi. Ularning barchasi ayol organizmidagi “homiladorlik gormoni” – xorionik gonodotropinni (XG) aniqlaydi. Bu gormon ayol tuxum hujayrasi urug‘lanishi bilanoq hosil bo‘lishni boshlaydi.

Gormon miqdori homiladorlikning 1-haftasida yuqori ko‘rsatkichlarga yetadi, eng maksimal ko‘rsatkichni esa 8-10 haftasida aniqlasa bo‘ladi. Testni jinsiy aloqadan so‘ng yoki hayz ko‘rish tugagandan keyin darhol ko‘rish hech qanday natija bermasligi mumkin. Chunki XG ayol organizmida 10-15 kunlarda hosil bo‘la boshlaydi, demak homiladorlik kuzatilgan bo‘lishi ham mumkin, lekin test inkor natija berishi ham mumkin. Albatta ba’zi ishlab chiqaruvchilar natijani 1 kunidayoq olasiz deb va’da berishlari mumkin, bu haqiqatdan ko‘ra ko‘proq marketingga bilan bog‘liq. Agar siz kutishga toqat qila olmasangiz, qoningizdagi xorionik gonadotropin miqdorini tekshirtiring, bu peshobda hosil bo‘lishidan ko‘ra tezroq va aniqroq yo‘ldir.

Homiladorlik testi qachon qilinadi?

Testni hayz kelish to‘xtagandan keyin 5-7 kun o‘tib tekshirgan yaxshiroq, kunning ertalabki vaqtida test natijasi 90 % ga to‘g‘ri chiqadi. Kunning istalgan paytida o‘tkazilganda ham aniq natija beradigan testlar ham bor. Albatta, test o‘tkazishdan avval uning yo‘riqnomasi bilan tanishib chiqing, hatto eng qimmat va sifatli testlar ham agar siz qandaydir kamchilikka yo‘l qo‘ygan bo‘lsangiz.adashishi mumkin.

Homiladorlik testi qanday ishlatiladi?

Test o‘tkazish sizdan, atiga, 5 daqiqa talab qiladi halos. Peshobni biror bir idishga yig‘ish va unga testni botirish bilan, 10-30 soniya kutish kifoya. Yoki peshob ajratish vaqtida test uchiga peshobni tomizib ham aniqlasa bo‘ladi. Yodda tuting, aniq natijani faqatgina tuxum urug‘langandan so‘ng 12-15 kun o‘tib olish mumkin.

Ushbu maqolani ham o‘qing:  Homiladorlikda varikoz (Video)

Test o‘tkazishdan avval:

Testni kunning tongi vaqtida o‘tkazing. Agar ertalab peshob olish imkoni bo‘lmasa, siydik pufagida kamida 4-5 soat saqlangan peshobdan foydalaning, chunki uning tarkibida XG ko‘p to‘plangan bo‘ladi;

Ba’zi bir dori preparatlari qabul qilish natijani o‘zgartirishi mumkin, shuning uchun yo‘riqnoma bilan tanishib chiqish zarur;

Test o‘tkazishdan oldin ko‘p suyuqlik ichmang, chunki suv siydikni suyultirib yuboradi va uning tarkibidagi gormon miqdorlarini o‘zgartirib yuboradi;

Agar test bir necha bor takror o‘tkazilganda ham inkor natijani beraversa, lekin siz homiladorlik belgilarini o‘zingizda sezaversangiz shifokor mutahassis bilan maslahatlashing, chunki bachadondan tashqari homiladorlik vaqtida XGning konsentratsiyasi past ko‘rssatkichlarda bo‘lib test uni aniqlay olmay qoladi.

Homiladorlik testi turlari

Chiziqli qog‘oz testi

homiladorlik testi turlari
Foto: Livestrong.com

Bu homiladorlik testi eng arzon va oddiy usuli. Sizdan faqatgina o‘ramdan birgina chiziqli qog‘oz olib, uni siydik bilan to‘lgan idishga botirish talab qilinadi, 10-30 soniya davomida. Keyin nam bo‘lgan qog‘ozni stolga qo‘yib natija hosil bo‘lguncha kutamiz. Natijani 2 daqiqa davomida kutib aniqlab olamiz: = siz homiladorsiz, siz homilador emassiz.

Testing kamchiliklari

  • Siydik – faqatgina ertalabki bo‘lishi kerak;
  • Agar idishga olingan peshobga emas, oqib turgan peshobga qog‘oz tutilsa natija xato chiqadi.
  • Agar ko‘proq yoki yetarlicha ushlanmasa ham natija xato chiqadi.
  • Yupqa qog‘oz yirtilib ketishi, yoki uning bo‘yoqlari (shkalasi) bo‘yalib ketishi mumkin.

Planshet test

homiladorlik testi haqida
Foto: www.delfi.lt

Planshet test qo‘llash uchun ancha qulay, qog‘oz testga qaraganda, ammo biroz qimmatroqqa tushadi. Testining ishlash prinspi yuqoridagi kabi, lekin bunda tongi peshobni maxsus kassetaga tomchilatish kerak va 3-7 daqiqa davomida kutib, natijani baholaysiz.

Testning qulay taraflari peshobni idishga yig‘ishingiz shart emas, shunchaki peshobni pipetka yordamida maxsus kassetaning yuza qismiga tomizasiz. Bu bilan testni ortiqcha ushlab turish muammosidan qutulasiz.

Testda 2 ta tokchasi bor: biriga peshob solinsa, ikkinchisi natijani ko‘rsatadi. Agar ko‘rsatkichlar: = siz homiladorsiz, siz homilador emassiz.

Tomchili test

 Homiladorlik testi qachon qilinadi
Foto: HealthyWay.com

Tomchili usul eng aniq va qulay usullardan biri hisoblanadi. Bu usulni kunning har qanday qismida o‘tkazsangiz bo‘ladi, asosiysi peshob siydik qopida 4-5 soat davomida saqlangan bo‘lishi kerak. Bundan tashqari bu usul gigiyenik jihatdan ham ancha qulay, chunki peshobni idishga yig‘ish yoki tomchilatib tomizish talab etilmaydi, shunchaki testing maxsus uchini peshobga bir necha soniyaga tutib tursangiz bo‘ldi.

Ushbu maqolani ham o‘qing:  Niqoblar haqida faktlar

Test uchi peshob bilan ho‘llangandan keyin uni qalpoqchasi bilan yopib qo‘yish kerak (test qutisida bo‘ladi) va natijani 3-5 daqiqadan keyin aniqlab olsa bo‘ladi. Tomchili usul yuqoridagilarga qaraganda sifatliroq, chunki testning sterjeni toladan qilingan va u suyuqlikni reaktivga oson o‘tkazadi.

Raqamli test

Foto: Clearblue.com

Electron raqamli testning ishlash prinspi yuqoridagi testlardan farq qilmaydi. Farqi shundaki natijani qayd etganda siz “+” homiladorlik va ““ homilador emas belgisini ko‘rasiz. Testni kunning istalgan vaqtida o‘tkazishingiz mumkin, test sterjenini peshobda ushlab turib yoki peshob yig‘ilgan idishga solishingiz ham mumkin, o‘zingizga qulay usulni tanlayverasiz. Aynan elektron raqamli test erta homiladorlikda aniq natijani ko‘rsatib beradi, natija yana ham aniq chiqishi uchun tongi peshobni tanlaganingiz ma’qul.

Testning sifati va narxi uning aniqlik darajasini aniqlab bermaydi, birinchi navbatda testning yo‘riqnomasi bilan tanishib chiqish zarur, hatto eng qimmat va sifatli testlar ham test o‘tkazishda xatoga yo‘l qo‘yilsa kutilgan natijani bermasligi mumkin.

Tomchili va raqamli test hayz ko‘rish to‘xtashidan 2 kun oldin aniqlab beradi, ammo ang samarali natijani hayz sikli tugagandan 3-5 kun o‘tib olsa bo‘ladi.

Homiladorlik testi natijalari aniq bo‘lishi uchun necha marta test o‘tkazish kerak?

Ishonchli homiladorlik testi — agar u xatolarsiz bajarilgan bo‘lsa, natija olish 95-98 % ga yetadi, bu – testni birinchi marta o‘tkazgan kundan 2-3 kun o‘tib takroriy o‘tkazilsa, natijaning yana ham aniqligidan dalolat beradi. Yodda tuting turli xil testlar har xil ko‘rsatkichda natijani ko‘rsatadi, shuning uchun bir necha xil test usullaridan foydalangan ma’qul.

Homiladorlik testi adashishi mumkinmi?

Yolg‘on inkor natija

Homiladorlik boshlangan, lekin testning shkalasi ko‘rsatmayapti yoki juda sust. Bunga sabab testning xorionik gonadotropin (XG)ni sezuvchi indikatori ishdan chiqqan yoki siz testni xato o‘tkazdingiz. Agar test yo‘riqnomasida tongi peshob, och qoringa, 3-5 daqiqa ushlab turish va sterjenni kerakli darajada ushlab turish zarur deyilgan bo‘lsa, o‘z boshimchalik qilmang yo‘riqnoma bo‘yicha ish tuting. Chunki ishlab chiqaruvchilar testni aniqlik bilan hisoblab ishlab chiqarishgan.

XG tuxum hujayra urug‘lanishi bilan hosil bo‘la boshlaydi, lekin uning miqdori test qabul qildigan darajaga yetmaydi. XGning eng maksimal miqdori homiladorlikning 7-11 haftalarida kuzatiladi. Bundan tashqari XG bachadondan tashqari homiladorlikda ham hosil bo‘ladi, lekin testda qayd etilmaydi. Bunday holatda, albatta, shifokor mutaxassis tekshiruvi kerak bo‘ladi. Buyraklar, siydik ayirish tizimi tomonidan ham qandaydir o‘zgarishlar bo‘lsa, XG ning siydikda to‘planishi o‘zgarishi mumkinligini esdan chiqarmaslik zarur.

Ushbu maqolani ham o‘qing:  Yosharishni istaysizmi?

Yolg‘on musbat natija

Homiladorlik bo‘lmaganda ham test musbat natijani ko‘rsatishi mumkin. Bunday holat kamdan kam hollarda kuzatiladi. Bunga asosiy sabab testning sifatsizligida yoki  saqlanish qoidalari buzilganligida yoki uning yaroqlilik muddati tugaganiligida. Birinchi test musbat bersa ham keyingi testlar inkor natija berishi mumkin. Xorionik gonadotropin gormoni ba’zi jiddiy patologiyalarda ham ko‘payishi mumkin, masalan gormonga talabchan o‘smalarda, ayniqsa yomon sifatli bo‘lsa. Bunda testda xatolik bo‘lmaydi. Tibbiy abort yoki homila tashlashdan keyin ham XG miqdori saqlanib turadi, shunday paytlarda ham test adashishi mumkin.

Agar siz homiladorlik belgilarini sezsangiz, lekin test inkor natija bersa, quyidagi holatlar sabab bo‘lishi mumkin:

  • Test yo‘riqnoma bo‘yicha qilinmagan bo‘lsa;
  • Testning yaroqlik muddati tugagan bo‘lsa;
  • Test kasallik paytida o‘tkazilgan bo‘lsa;
  • Test uchun olingan peshob eski yoki suyulib ketgan bo‘lsa;
  • Test hayz sikli buzilgan holatda o‘tkazilgan bo‘lsa;
  • Test homiladorlikning erta kunlarida o‘tkazilgan bo‘lsa, ya’ni XG yetarlicha sintezlanmagan bo‘ladi;
  • Bachadondan tashqari homiladorlik va boshqa patologiyalar.

Agar homiladorlik belgilari sezilib, test inkor natija beraversa, bazal haroratni o‘lchang – agar u 37 C dan yuqori bo‘lsa, homiladorlik boshlangan. Bunga aniqlik kiritish uchun testni 2-5 kundan so‘ng qayta o‘tkazish kerak. Agar shunda ham test inkor bersa, qon analizini ko‘rish kerak, homiladorlikning 4-haftasidan esa UTT (UZI) tekshiruvini o‘tkazsa bo‘ladi.

© Avitsenna.uz
Maqola 02.05.2018 sanasida yangilandi.


 

Savol: Assalomu alaykum. Men homilador bo‘lishni rejalashtirdim. Lekin bu oy ham hayz ko‘rdim. Ammo tez-tez qornim ochyapdi, ko‘nglim ayniyapti hayz ko‘rib ham homilador bo‘lish mumkinmi? Homila bor yo‘qligini qancha vaqt ichida aniqlasa bo‘ladi? Javobingiz uchun rahmat.

Javob: Vaalaykum assalom. Yo‘q, agar har doimgidek hayz ko‘rgan bo‘lsangiz, siz homilador bo‘lmagan bo‘lasiz. Aniq bilish uchun homiladorlik testidan ko‘ra UTTga tushishingiz kerak. Homila homiladorlikning 4-5 haftaligida bilinadi. 4-5 hafta — bu sizni oxirgi hayz kuningizdan boshlab hisoblanadi. Tavsiyamiz ginekologga ko‘rining.

© Javlon Abdullayev, shifokor.
ATF.UZ — Onlayn tibbiy konsultatsiya

Maqolani baholashni unutmang, iltimos!
1 baho2 baho3 baho4 baho5 baho

Loading...

Telegramdagi rasmiy kanalimizga a’zo bo‘ling!

A’zo bo‘lish
loading...

Tegishli maqolalar

Bitta izoh

Fikr bildirish

Sizning emailingiz chop etilmaydi. To‘dirish zarur qatorlar * bilan belgilangan.

Close