Homiladorlik taqvimi: 20 — hafta

Homiladorlikning 20-haftasi muborak bo‘lsin! Yarim yo‘lni ortda qoldirdingiz! Yo‘lning keyingi yarmini bosib o‘tishingiz ruhan oson kechadi, zero siz g‘imir-g‘imirlari ancha sezilarli bo‘lib qolgan kichkintoyingizni yaxshi ko‘rib qolishga ulgurdingiz.Ikkinchi majburiy UZIni o‘tkazishning vaqti keldi, yana bir qancha tahlillardan o‘tishga to‘g‘ri keladi. Homiladorlikning 20-haftasida qorin o‘sadi, tanish-bilishlar yangi mehmon kutayotganligingizni o‘zingizdan so‘rashadi. Eng oson va farovon ikkinchi trimestr davom etmoqda.

Homiladorlikning 20-haftasida nimalar yuz beradi

Bachadon ko‘tarilib, borgan sayin hajman kattalashadi. 20-haftada qorin endi rosmana do‘ppayadi, kindik turtib chiqa boshlaydi. Ba’zi ayollarda emchakdan sarg‘ish rangli yarim shaffof suyuqlik – og‘izsut ajrab chiqishni boshlaydi. Uni ezib chiqarish mumkin emas, ko‘krakni yumshoq salfetka bilan artib qo‘ysangiz kifoya. Bu bo‘lg‘usi ko‘krak sutidan oldin keladigan og‘iz suti bo‘lib, u oz-oz miqdorda tug‘ruq kunlariga qadar ham chiqishi mumkin.

Agar bolakay juda qattiq turtinayotgan bo‘lsa, ehtimol unga kislorod yetishmayotgandir. Siz toza havoda ko‘proq bo‘ling, balki homilador ayollar uchun mo‘ljallangan fitnes bilan shug‘ullanib ko‘rarsiz.

Qorin terisi tortiladi, chunki bachadon o‘syapti-da. Buning oqibatida yengil qichishish paydo bo‘lishi mumkin, biroq maxsus krem va los’onlar qichimani ketkazishga yordam beradi.

Homiladorlikning 20-haftasida homilaning ahvoli

Yaqindagina homiladorlik testining javobi ijobiy chiqqandek edi, homiladorlikning 20-haftasida homilaning hajmi esa vazn bo‘yicha 260 grammga, uzunasiga 16 sm gacha yetib qolgan. Nazariy jihatdan qaraganda, ikki haftadan keyin homila yashash uchun layoqatli bo‘lib qoladi. Amalda barcha organ va tizimlar shakllanib bo‘lgan, ammo ular hali takomiliga yetishish va onaning qornidan tashqarida faoliyat ko‘rsatishga tayyorlikning murakkab yo‘lini bosib o‘tishi kerak.

Ushbu maqolani ham o‘qing:  Nasl so‘glomligi uchun

Kichkintoy eshitishni boshlagan, yorug‘likni ajrata biladi, barmog‘ini so‘rishni o‘rgangan, boshini o‘gira oladi. Vaqtning ko‘p qismida uxlaydi, lekin bir oz “o‘ynashni” ham unutmaydi. Jimitning terisi qalinlashgan, uning ostida yog‘ yig‘ilmoqda. Kichkintoyning yuzi esa hali qariyaning qiyofasini eslatadi, sababi unda yog‘ umuman yo‘q.

20-haftada kichkintoy ilk bora ko‘zlarini ochadi: uning nafaqat qovog‘i, balki kiprikchalari ham bor. Bolakay juda faol, siz uning g‘imir-g‘imir qilishini his etasiz.

Homiladorlikning 20-haftasida homilaning joylashishi: ko‘pgina bolakaylar 20-haftadayoq boshini pastga qaratgan holatni egallashadi. Agar sizning vaziyatingizda bunday bo‘lmasa, havotirlanib o‘tirmang. Aftidan, u hali bir necha marotaba to‘ntarilib oladi.

Ajoyib kayfiyat va a’lo darajadagi ishtaha

20-hafta – bu ajoyib ishtaha, o‘zini yaxshi his etish va istisno tariqasida u yer-bu yer og‘rishi. Hatto jig‘ildon qaynashi ham faqat homiladorlikkacha oshqozon-ichak traktida muammosi bo‘lgan onajonlarni bezovta qilishi mumkin.

Yarim yo‘lning ortda qolganligi ham bo‘lg‘usi onaning kayfiyatini ko‘taradi. Aftidan, endi siz uzoq kutilgan dekret ta’tiliga qancha qolayotganini haftama-hafta hisoblay boshlarsiz. Agar siz o‘zingizni a’lo darajada his etayotgan bo‘lsangiz, kafe, muzey, ommaviy tadbirlarga borishdan o‘zingizni olib qochmang. Xush kayfiyat sizga suv bilan havodek zarur.

Shirinliklar o‘rnini meva bilan to‘ldiring

Homiladorlik o‘z bosqichining yarmidan o‘tgandan so‘ng vazn ortib borishi o‘zini uzoq kuttirib o‘tirmaydi. Bu ayniqsa to‘g‘ri ovqatlanish tartibiga rioya qilmaydigan onajonlarga tegishli. Ro‘zg‘oringizni qayta nazoratdan o‘tkazib chiqing: qiyom qatlami bilan qoplangan shirinliklar o‘rnini meva va sabzavotlar bilan almashtiring, qadoqlangan sharbatlar o‘rniga reza mevali mors yoki kompot iching.

Albatta bo‘tqa yeng, mazkur muddatda grechka va suli bo‘tqalar siz uchun ma’qulroq (ular temir moddasiga boy). Meva yoki quruq mevalar bilan tvorogni kechki ovqatning erta pallasida tanovul qiling, ikki soatlardan keyin esa (lekin uxlashdan oldin emas) qaynatilgan baliq yoki mol go‘shtidan yeng.

Ushbu maqolani ham o‘qing:  Homiladorlik taqvimi: 16-hafta

Homiladorlikning 20-haftasida UZI

Bu muddatda skrining UZIsi tayinlanadi. Shuningdek bo‘lg‘usi ona qon va siydik tahlillarini topshiradi. Ikkinchi UZIdan cho‘chishning hojati yo‘q: siz kichkintoyning yurakchasi qanday urayotganini, qanday maroq bilan harakat qilayotganini ko‘rishingiz mumkin. Ehtimol, bolajoningiz jinsini ham sizga aytishar.

Ko‘pincha aynan 20-haftada kresloda o‘tkaziladigan navbatdagi ko‘rikni tayinlashadi. Bu ko‘rik og‘riqsiz o‘tkaziladi, doktor bachadon bo‘yni qay holatdaligini tekshiradi.

Homiladorlikning 20-haftasidagi sezgilar

Ko‘kragingiz parvarishi bilan shug‘ullaning: aksariyat ayollarda sut bezlarining estetik ko‘rinishi bilan bog‘liq bo‘lgan kelgusidagi muammolari emizish bilan mutlaqo bog‘liq emas. Ko‘pincha homiladorlik vaqtida byustgalterni noto‘g‘ri taqish va ko‘krakni parvarishsiz qoldirish shunga olib keladi. Do‘konga borib o‘zingizga mos keladigan byustgalterni sotib oling. Teri cho‘zilishi sababli paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan tilim-tilim atrofik chandiqlarning oldini oluvchi krem ham xarid qiling.

Agar 20-haftada shishlar paydo bo‘lsa, darhol shifokorga boring. Shishlar bu muddatda paydo bo‘lmasligi kerak. Har qanday g‘ayrioddiy sezgilar, og‘riqlar to‘g‘risida doktorga ayting.

Qaddingizga mos kiyim kiying, o‘ta tor kiyimlarga ko‘ngil bermang. Poyabzal ham qulay bo‘lishi lozim, poshnasi keng va balandligi 3–5 sm atrofida bo‘lishi mumkin.

© Homiladorlik.uz nashri.

Maqola sizga yoqdimi? Unday bo‘lsa, baholang!
1 baho2 baho3 baho4 baho5 baho

Loading...

Telegramdagi rasmiy kanalimizga a’zo bo‘ling!

A’zo bo‘lish
loading...

Tegishli maqolalar

Fikr bildirish

Sizning emailingiz chop etilmaydi. To‘dirish zarur qatorlar * bilan belgilangan.

Close