El sog‘ligi — yurt boyligi

Homiladorlik belgilari

Homiladorlikni, erta davrlarda aniqlash qiyinchilik tug‘diradi, chunki stress holatlar, dori vositalarini qabul qilish va ayrim endokrin kasalliklar, homiladorlik belgilariga o‘xshash ko‘rinish berishi mumkin. Homiladorlikni aniqlashga imkon beradigan barcha belgilar 3 ga bo‘linadi:

  1. Taxminiy
  2. Ehtimol
  3. Aniq

homiladorlik belgilari

Homiladorlikni taxminiy belgilari

  • Ko‘ngil aynash va qayt qilish (asosan tongda), ishatahaning o‘zgarishi va qaysidir taomga o‘ch bo‘lib qolish;
  • Ayrim hidlarni yoqtirmay qolish;
  • Asab tizimidagi buzilishlar (uyquchanlik, kayfiyatni tez-tez o‘zgarib turishi, bosh aylanishi,  tez achchiqlanishlik);
  • Sut bezlarini kattalashishi va ularning sezuvchanligini ortishi;
  • Yuzda, ko‘krak so‘rg‘ichlarida, qorinning oq chiziqlarida terining rangi o‘zgarishi;
  • Qorinning terisida, sut bezlarida, sonda homiladorlik hoshiya (chiziq)lari paydo bo‘lishi;
  • Qorinning hajmi kattalashishi.

Homiladorlik ehtimoli (tekshirishlar natijasida aniqlanadigan belgilar)

  • Sut bezlari kattalashishi, og‘iz sutining paydo bo‘lishi;
  • Qinning shilliq qismini va bachadonning bo‘yin qismini ko‘karib qolishi;
  • Bachadonning shakli, hajmi, konsistensiyasi (qattiq-yumshoqligi) o‘zgarishi;
  • Bachadonning 5-6 haftalikdan kattalashib borishi, avval oldi-orqasiga, keyin ko‘ndalangiga;
  • Gorvits-Gegar simptomi: bachadonning yumshashi, ayniqsa bachadon bo‘yni oldi sohasini. Oxirgi menstruatsiyadan keyingi 6-8 haftalarga xos;
  • Snegirov belgisi: bachadon konsistentsiyasi (qattiq-yumshoqligi) o‘zgaruvchanligi. Bachadonga mexanik ta’sir etilganda yoki barmoqlar bilan tekshirilganda, bachadon qattiqlashadi va qisqaradi, keyin yana asl holatiga qaytadi;
  • Piskachek belgisi: xomiladorlikning boshlang‘ich davrlarida bachadon assimetriyasi (qarama-qarshi tomonni bir-biridan farq qilishi) kuzatiladi. Homila kattalashgan sari assimetriya yo‘qolib boradi;
  • Gubarev va Gauss belgisi: xomiladorlikni erta davrida bachadon bo‘ynining yengil harakati kuzatiiladi, buning sababi bachadonning bo‘yin-old qismining yumshagani;

Aniq (ishonchli) belgilar — homiladorlikni ikkinchi yarmidan boshlab

  • Homilaning yurak urishini eshitilishi (akusherlarning stetoskopi yordamida homilaning yurak urishini eshitish mumkin);
  • Homila qimirlashini sezish (birinchi marta homilador bo‘lgan ayol — 18-20 haftada, ikkinchi (uchunchi, to‘rtinchi va h.z.) marta homilador bo‘lgan ayol — 16-18 haftada);
  • Homila harakatlari va katta-kichik a’zolarini palpatsiya (paypaslab, ushlab ko‘rish) vaqtida qo‘lga ilinishi (ikki-uch oylikdan (trimester) boshlab);
  • Rentgenogramma yoki exogramma orqali homilani aniqlanishi;

Homiladorlikni aniqlashni eng ishonchli usuli — UTT (UltraTovush Tekshiruvidir)

Ushbu maqolani ham o‘qing: Homilador ayollar uchun eng foydali oziq-ovqatlar

Telegramdagi rasmiy kanalimizga a’zo bo‘ling!

A’zo bo‘lish
loading...

Savollar

  1. Zarina

    Bir xaftalik xomilani aniqlash mumkunmi

  2. Dilnoza

    Xayz kuni 10 kunga chuzildi test qilsam xech narsa chiqmayapti qornimda qandaydir gazlar paydo bulib belim sim sim ogriyapti

  3. Аноним

    Salom mani toyimga 4 yil bolgan. mani kasalim ozi 7 kun kelardi lekin bu safar 2 kun uncha kop bomagam miqdorda keldi ham ostim qichishib yurdi test qisam testim och chiqvoti lekin uzi chiqmayapti belimda qovugimda ogriqlar ozgina bor homila bor bolishi mumkinmi yo test adashib homila yo boladimi testni 6marta qildim

  4. JAMSHID

    2 xaftalik xomilani qanday tushurish mumkuk

  5. Наргиз

    Салом.Кукракдан ок ажралма келиши хам хомилалорликнинг илк дамларида булиши мумкинми?

  6. malika

    salom manda bitta savol bor edi har oy hayz kurishim normada edi ammo ikki oydan beri 45kunda bazur kam kam 4kun yo 3 kun bulaman bu qanaqa kasalik

  7. nigor

    Savollarim boredi mutahasissga

  8. Ruxsora

    Salom mening ismim ruhsora men turmuwga chqganimga 6 oy boldi hali ham homlador emasman otgan oy 11 fevralda oy korgan edim mart oyida kormadim test qilib korsam bita chiziq turbdi nima qilib aniqlasam boladi iltmos javob yozing

  9. Dilorom

    Salom.meni hayz korish vaqtimdan 7 kun otdi. Men endi homiladormanmi qanday aniqlasam boladimi belimda ogriqbor kopogriqlarim hayz korish voxtimdagi ogriqlardir

  10. Doston

    Salom. Mani xotinimni pastki azosini pastroğidan qanaqadur bez chiqibdi bu havflimi teginsa oğriyapti maslahat bering. Rahmat oldindan

Fikr bildirish

Sizning emailingiz chop etilmaydi. To‘dirish zarur qatorlar * bilan belgilangan.