El sog‘ligi — yurt boyligi

Homiladorlik belgilari

Homiladorlikni, erta davrlarda aniqlash qiyinchilik tug‘diradi, chunki stress holatlar, dori vositalarini qabul qilish va ayrim endokrin kasalliklar, homiladorlik belgilariga o‘xshash ko‘rinish berishi mumkin. Homiladorlikni aniqlashga imkon beradigan barcha belgilar 3 ga bo‘linadi:

  1. Taxminiy
  2. Ehtimol
  3. Aniq

homiladorlik belgilari

Homiladorlikni taxminiy belgilari

  • Ko‘ngil aynash va qayt qilish (asosan tongda), ishatahaning o‘zgarishi va qaysidir taomga o‘ch bo‘lib qolish;
  • Ayrim hidlarni yoqtirmay qolish;
  • Asab tizimidagi buzilishlar (uyquchanlik, kayfiyatni tez-tez o‘zgarib turishi, bosh aylanishi,  tez achchiqlanishlik);
  • Sut bezlarini kattalashishi va ularning sezuvchanligini ortishi;
  • Yuzda, ko‘krak so‘rg‘ichlarida, qorinning oq chiziqlarida terining rangi o‘zgarishi;
  • Qorinning terisida, sut bezlarida, sonda homiladorlik hoshiya (chiziq)lari paydo bo‘lishi;
  • Qorinning hajmi kattalashishi.

Homiladorlik ehtimoli (tekshirishlar natijasida aniqlanadigan belgilar)

  • Sut bezlari kattalashishi, og‘iz sutining paydo bo‘lishi;
  • Qinning shilliq qismini va bachadonning bo‘yin qismini ko‘karib qolishi;
  • Bachadonning shakli, hajmi, konsistensiyasi (qattiq-yumshoqligi) o‘zgarishi;
  • Bachadonning 5-6 haftalikdan kattalashib borishi, avval oldi-orqasiga, keyin ko‘ndalangiga;
  • Gorvits-Gegar simptomi: bachadonning yumshashi, ayniqsa bachadon bo‘yni oldi sohasini. Oxirgi menstruatsiyadan keyingi 6-8 haftalarga xos;
  • Snegirov belgisi: bachadon konsistentsiyasi (qattiq-yumshoqligi) o‘zgaruvchanligi. Bachadonga mexanik ta’sir etilganda yoki barmoqlar bilan tekshirilganda, bachadon qattiqlashadi va qisqaradi, keyin yana asl holatiga qaytadi;
  • Piskachek belgisi: xomiladorlikning boshlang‘ich davrlarida bachadon assimetriyasi (qarama-qarshi tomonni bir-biridan farq qilishi) kuzatiladi. Homila kattalashgan sari assimetriya yo‘qolib boradi;
  • Gubarev va Gauss belgisi: xomiladorlikni erta davrida bachadon bo‘ynining yengil harakati kuzatiiladi, buning sababi bachadonning bo‘yin-old qismining yumshagani;

Aniq (ishonchli) belgilar — homiladorlikni ikkinchi yarmidan boshlab

  • Homilaning yurak urishini eshitilishi (akusherlarning stetoskopi yordamida homilaning yurak urishini eshitish mumkin);
  • Homila qimirlashini sezish (birinchi marta homilador bo‘lgan ayol — 18-20 haftada, ikkinchi (uchunchi, to‘rtinchi va h.z.) marta homilador bo‘lgan ayol — 16-18 haftada);
  • Homila harakatlari va katta-kichik a’zolarini palpatsiya (paypaslab, ushlab ko‘rish) vaqtida qo‘lga ilinishi (ikki-uch oylikdan (trimester) boshlab);
  • Rentgenogramma yoki exogramma orqali homilani aniqlanishi;

Homiladorlikni aniqlashni eng ishonchli usuli — UTT (UltraTovush Tekshiruvidir)

Ushbu maqolani ham o‘qing: Homilador ayollar uchun eng foydali oziq-ovqatlar

Telegramdagi rasmiy kanalimizga a’zo bo‘ling!

A’zo bo‘lish
loading...

Изоҳлар

  1. Аноним

    Ёшим 29да ДXС ишлатсам буладими.Салби тарафлари борми.Соглгимга зиёни йукми.

  2. SARVAR

    Kungli biron bir yigulikni tusab qolishi homilanig necha kunligida ruy berishi mumkin?

  3. gulnora

    Tuyimizga uch oy buldi buyimda bulmayapti sogligimiz joyida sabab nimada bulishi mumki

  4. Gulmira To'lqinova

    Biron marta meditsena tarixida qizlik pardasi olinmagan holdagi jinsiy aloqadan so’ng homiladorlik kuzatilganmi? Yoki shunday bo’lishi mumkinmi?

  5. Ma'mura

    Assalom alekum. Man 4yil avval turmushga chiqqanman,lekin biror marta xomiladorlik kuzatilmadi. Oxirgi xayz sanam 11.04.16 va hozircha xayz kelmadi. Bu holat manda avval kuzatilmagan. Sanasidan 2-3kun oldin kelardi. Homiladorlikdan tashqari qaysi holatlarda xayz kechikadi?

    • Urazbaev Mansur

      Hayz ko‘rmaslik – hayz odatda 10-14 yoshda, ba’zida kechroq boshlanadi. Hayz kovrishning birinchi yilida hayz ko‘rish muntazam bo‘lmaydi, ba’zida bu 19-20 yoshgacha saqlanib qoladi. Muntazam sikl o‘rnatilgandan so‘ng hayz sikli 24 kundan 35 kungacha davom etadi. Sog‘lom ayollarda hayz ko‘rmaslik quyidagi hollarda kuzatiladi:

      Homiladorlik vaqtida;
      Bolani ko‘krak bilan emizishda;
      Iqlimni o‘zgartirganda;
      Juda ozib ketganda;
      Qattiq jismoniy va ruhiy zo‘riqishda;
      Bo‘yida bo‘lishdan saqlovchi tabletkalarni qabul qilishni to‘xtatgandan keyin gormonal qayta tuzilishda.

      http://avitsenna.uz/hayz-funksiyasining-buzilishi/

  6. Guli

    Toch infeksiyasi nima

    • Urazbaev Mansur

      TORCH qisqartma so‘z bo‘lib, quyidagi kasalliklarning bosh harflaridan olingan:

      T – Toxoplasma (toksoplazmalar – bir hujayrali tekinxo‘r organizm. Ular odam va turli sut emizuvchi hayvolarda parazitlik qilib, juda og‘ir kasalliklarni keltirib chiqaradi. Bu parazit bemorning boshi va orqa mushaklarida, shuningdek, qonida ham uchraydi);
      O – Others (boshqalar: enterovirus, parvovirus B19, gepatit B, C, OIV, zaxm)
      R – Rubella (qizilcha )
      C – Cytomegalovirus (sitomegaliya)
      H – Herpes simplex virus (gerpes I/II)

      Davomi….

      http://avitsenna.uz/torch-homila-zavoli/

  7. bonu

    Qanday qilib ovulyasiya kunini a niq biliwim mumkin 30 May hayz tugadi

  8. lola

    yoshim 23da yaqinda baland isitma va kuchli shamollashni o’tkazdim antibiotiklar bilan davolandim bu hayzni kechiktirishi mumkinmi?

  9. barno

    hayz korgan holda xam xomilador bulush mumkinmi bu hol kimdadur bulganmi

  10. Saodat

    Nega menda tez tez sistit kolit bolyabdi u homiladorlikni belgisimi

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *