El sog‘ligi — yurt boyligi

Homiladorlik belgilari

Homiladorlikni, erta davrlarda aniqlash qiyinchilik tug‘diradi, chunki stress holatlar, dori vositalarini qabul qilish va ayrim endokrin kasalliklar, homiladorlik belgilariga o‘xshash ko‘rinish berishi mumkin. Homiladorlikni aniqlashga imkon beradigan barcha belgilar 3 ga bo‘linadi:

  1. Taxminiy
  2. Ehtimol
  3. Aniq

homiladorlik belgilari

Homiladorlikni taxminiy belgilari

  • Ko‘ngil aynash va qayt qilish (asosan tongda), ishatahaning o‘zgarishi va qaysidir taomga o‘ch bo‘lib qolish;
  • Ayrim hidlarni yoqtirmay qolish;
  • Asab tizimidagi buzilishlar (uyquchanlik, kayfiyatni tez-tez o‘zgarib turishi, bosh aylanishi,  tez achchiqlanishlik);
  • Sut bezlarini kattalashishi va ularning sezuvchanligini ortishi;
  • Yuzda, ko‘krak so‘rg‘ichlarida, qorinning oq chiziqlarida terining rangi o‘zgarishi;
  • Qorinning terisida, sut bezlarida, sonda homiladorlik hoshiya (chiziq)lari paydo bo‘lishi;
  • Qorinning hajmi kattalashishi.

Homiladorlik ehtimoli (tekshirishlar natijasida aniqlanadigan belgilar)

  • Sut bezlari kattalashishi, og‘iz sutining paydo bo‘lishi;
  • Qinning shilliq qismini va bachadonning bo‘yin qismini ko‘karib qolishi;
  • Bachadonning shakli, hajmi, konsistensiyasi (qattiq-yumshoqligi) o‘zgarishi;
  • Bachadonning 5-6 haftalikdan kattalashib borishi, avval oldi-orqasiga, keyin ko‘ndalangiga;
  • Gorvits-Gegar simptomi: bachadonning yumshashi, ayniqsa bachadon bo‘yni oldi sohasini. Oxirgi menstruatsiyadan keyingi 6-8 haftalarga xos;
  • Snegirov belgisi: bachadon konsistentsiyasi (qattiq-yumshoqligi) o‘zgaruvchanligi. Bachadonga mexanik ta’sir etilganda yoki barmoqlar bilan tekshirilganda, bachadon qattiqlashadi va qisqaradi, keyin yana asl holatiga qaytadi;
  • Piskachek belgisi: xomiladorlikning boshlang‘ich davrlarida bachadon assimetriyasi (qarama-qarshi tomonni bir-biridan farq qilishi) kuzatiladi. Homila kattalashgan sari assimetriya yo‘qolib boradi;
  • Gubarev va Gauss belgisi: xomiladorlikni erta davrida bachadon bo‘ynining yengil harakati kuzatiiladi, buning sababi bachadonning bo‘yin-old qismining yumshagani;

Aniq (ishonchli) belgilar — homiladorlikni ikkinchi yarmidan boshlab

  • Homilaning yurak urishini eshitilishi (akusherlarning stetoskopi yordamida homilaning yurak urishini eshitish mumkin);
  • Homila qimirlashini sezish (birinchi marta homilador bo‘lgan ayol — 18-20 haftada, ikkinchi (uchunchi, to‘rtinchi va h.z.) marta homilador bo‘lgan ayol — 16-18 haftada);
  • Homila harakatlari va katta-kichik a’zolarini palpatsiya (paypaslab, ushlab ko‘rish) vaqtida qo‘lga ilinishi (ikki-uch oylikdan (trimester) boshlab);
  • Rentgenogramma yoki exogramma orqali homilani aniqlanishi;

Homiladorlikni aniqlashni eng ishonchli usuli — UTT (UltraTovush Tekshiruvidir)

Ushbu maqolani ham o‘qing: Homilador ayollar uchun eng foydali oziq-ovqatlar

Telegramdagi rasmiy kanalimizga a’zo bo‘ling!

A’zo bo‘lish
loading...

Изоҳлар

  1. Shahzodaxon

    Man bitasini tugb boldim lekin ikkinchisiga bomayapti nma qilishim kere. Hayz tuqqanimdan beri yoq 2 yil boldi tuqqanimga

  2. Аноним

    dino za
    toyimizgz 2 yil boldi lekin farzandim yoq duxtirlar soppa sogsiz deyishayapti

  3. Shahnoza

    Salom mening ismim shahnoza menda 2 oydan buyon bazibir sababsiz uzgarishlar bor 1 oldinlari xayzim 5-6 kun davom etardi xozir esa 2 kundan oshmaydi qon miqdori ham juda kam 2-qornimda qandaydir harakat sezaman test qildim 1dona chiziq chiqdi men xomilador bulmasam unda bu nima bulishi mumkin men oldin 3 marotaba xomilador bulganman

  4. NaNi

    Men toyimga 2 yil boladi yaqinda; lekin 1 marta boyimda boldi keyin 2 oylik tushib 2015 yil avgust oylari edi 8 oydirki hali darak yoq erim bn davolandik lekin 11aprel kuni hayz kelish kerak edi kelmadi hursand boldim lekin qornimda sanchiq bolyapti turba yollarimi ochdirgandim shu ogriq beryapti tes qildim ertalab lekin chiqmadi bu nimani belgisi bolishi mumkin.

  5. Elmurod

    Qizlik pardasi olinmay turib homilador bo’lib qolish ko’p kuzatiladimi?

  6. joni

    Xali erga timaganman yigitim bn jinsi aloqada buli qizligim chiqmasi xomlador bulishim mumkinmi jinsi aloqadan kyn kunglim aynishi boshlandi xomlador bulishim mumkinmi?

  7. gulya

    TOYIM BOLGANIGA 4 xafta b6ldi wu vaqtgacha xomlador b6lgan b6liwim mumkinmi

  8. Sohiba

    6 oyli bolam bor xomilador bo’lib qoldim. Chillam chiqqanidan keyin. Suyaklarim og’rib qisir qisir qiladigan bo’lb qolgan. Xomiladorlik davrimda bu b.n nuxsonlar bo’lmasmikan

    • Urazbaev Mansur

      Qayta tiklanish bo’lmasdan homilador bo’lganligingiz uchun bunday holat kuztilayapti. Tavsiyamiz,genikolog vrach bilan maslahatlashgan holda umumquvvatlovchi preparatlardan, minral moddalardan qabul qiling!

  9. rano

    Homilador paytda hayz keliwi mumkinmi?

  10. Аноним

    Salom meni toyimgab4 oy boldu xaliyam xomilador bokmadim nima qolishik jera

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *