El sog‘ligi — yurt boyligi

Tadqiqot: Ovqatning yoqimli hidi ham semirtiradi

Ma’lumki, ovqatga bo‘lgan munosabat uning hidi bilan ham bog‘liq. Xususan, ovqatning yoqimli hidi ishtahani qo‘zg‘aydi. Bu esa me’yoridan ortiq ovqatlanishga sabab bo‘ladi. Agar ovqatning hidi unchalik yoqimli bo‘lmasa, uni yeyish istagi ham kamroq bo‘ladi. Kaliforniya universiteti xodimlari ovqat miqdoridan qat’i nazar hid ovqat hazm qilishga va kaloriyaning parchalanish tezligiga ta’sir ko‘rsatishini aniqladi.

Sichqonlarda o‘tkazilgan tajriba yuqoridagi fikrlarni isbotladi. Jonivorlar ikki guruhga bo‘lindi. Birinchi guruhdagilarning hid sezish neyronlari yo‘q qilindi. Sichqonlarga uch hafta davomida yog‘li ovqatlar berildi. Natijada, birinchi guruhda vazn 10 foiz ortgan bo‘lsa, ikkinchi guruhda bu ko‘rsatkich ikki barobar yuqori bo‘ldi. Lekin, hid sezmaydigan sichqonlarda stress gormonlari darajasi ko‘tarildi.

Olimlar hid bilish tizimi va moddalar almashinuvini boshqaradigan miya hududi o‘rtasida uzviy bog‘liqlik bor, degan xulosaga keldi.

© «Sog‘lom avlod» gazetasi.

Telegramdagi rasmiy kanalimizga a’zo bo‘ling!

A’zo bo‘lish
loading...

Fikr bildirish

Sizning emailingiz chop etilmaydi. To‘dirish zarur qatorlar * bilan belgilangan.