Gripp va shamollash

Saytimiz faoliyat yuritib boshlaganiga sanoqli kunlar bo‘lgan bo‘lsada, ilk muhlislarimizdan yangi fikr va g‘oyalarni e-mail tarzida olmoqdamiz. Ana shunday muhlislarimizdan birining tklifiga binoan mavsum kasalligi bo‘lgan gripp va shamollashni o‘zaro farqi  haqida fikr yuritmoqchimiz.

Avvalo har qanday holda ham bu kasallik grippmi yoki oddiy shamollash ekanligini aniqlash uchun maxsus tekshiruv natijalari kerak bo‘ladi!

Shamollash o‘zi nima?
Shamollash tibbiy tilda aytadigan bo‘lsak O‘RK (o‘tkir respirator kasalliklar), barcha tipdagi o‘tkir bakterial va virusli kasalikdarni o‘z ichiga oladi. Odatda bu tashxis hech qanday klinik laborotor tekshiruvlarsiz qo‘yiladi. Kasallik belgilari odatda yengil holsizlik va yuqorigi nafas yo‘llari yallig‘lanishi bilan kechadi.

Grippchi?

Gripp – bu virusli kasallik bo‘lib, gripp virusi asosiy sababchisi bo‘ladi. O‘RK tarkibiga umuman olganda O‘RVK (o‘tkir respirator virusli kasalliklar) ham kiradi. Hozirgi kunda gripp virusining ko‘pgina turlari mavjud bo‘lib, yildan yilga mutasiyalar natijasida uning shtammlari ortib bormoqda. Bu shtammlarning ba’zilari inson salomatligiga jiddiy xavf solishi mumkin. Gripp kasalligida tana harorati birdan yuqori darajalarga ko‘tarilishi kuzatiladi 38°-40° gacha, organizm intoksikasiyasi natijasida kuchli holsizlik kuzatiladi, suyak, mushak, qon tomirlarda bemor zirqirab og‘riklarni his qilishi mumkin. Shunga qaramasdan yuqorigi nafas yo‘llarida yallig‘lanish jarayonlarini birinchi besh kunlikda kuzatilmasligi ham mumkin. Odatda yallig‘lanish jarayonlari grippni asorati sifatida keyinroq namoyon bo‘ladi.

Shunday qilib gripp xam shamollashni bir turi ekan. Shamollash esa yallig‘lanish jarayonlarni o‘z ichiga oluvchi, organizm intoksikasiyasi bilan kechuvchi har ’anday infeksion jarayonni namoyon bo‘lishi ekan.

Xulosamiz:

  • Shamollash O‘RK va O‘RVK ni xalq tilidagi nomi bo‘lib tashxisini tasdiqlash uchun alohida laborotor va klinik tekshiruvlar shart emas.
  • Gripp – o‘tkir virusli kasallik,
  • Shamollash ham virusli hamda bakterial bo‘lishi mumkin.
  • Oddiy shamollash odatda sekin asta yengil holsizlik bilan rivojlanadi.
  • Gripp kuchli holsizlik bilan birdan tana haroratini ko‘tarilishi bilan boshlanadi.

Belgilariga ko‘ra ajratish:
Yuqori tana harorati –Ko‘proq grippga xos. Haroratning yuqoriligidan xavotirga tushish shart emas. Tana harorati immun sistemani virusni neytrallashga qaratilgan interferon ishlab chiqarilishi va kurashishini sababidan. Kasallikni boshlanishida tana xarorati 38,5 ga qadar uni tushirishga xarakat qilish kerak emas.
Burun bitishi – ko‘proq shamollashga xos. Shamollashda burun bitishi bir ikki haftagacha davom etishi mumkin. Shunga qaramasdan rinovirusli infeksiyalarda burunni suv bo‘lib oqishi bilan boshlanadigan turlari mavjud.
Tomoqda og‘riq – shamollashga xos. Grippning esa asorati sifatida keyinroq rivojlanishi mumkin.
Yo‘tal – shamollashda ham grippda ham kuzatilishi mumkin. Kuchli, qiyin birdan boshlanuvchi yo‘tal ko‘prok grippga xos.
Holsizlik- shamollashda yengil, grippda kuchli.
Bosh og‘rig‘i- grippga xos. Agar bosh og‘rig‘i toshma bilan, bo‘yin tortishi, yarmini og‘rishi, tomir urishiga o‘xshab yoki holatini o‘zgartirganda og‘risa shifokorga murojaat qilish kerak bo‘ladi. Chunki, nervlar yoki qon tomirlar tufayli bu holat kuzatilayotgan ham bo‘lishi mumkin.
Butun tanada, suyaklarda, mushaklarda zirqirab og‘rish-ko‘prok grippga xos.
Grippni ajratishni asosiy belgilari bu 38 dan yuqori tana harorati va tanada zirqirab og‘rish hisoblanadi.

Avitsenna.uz! Mavzuga aloqador quyidagi maqolalarni ham o‘qishingizni tavsiya etamiz:

13 комментариев

  1. Salom meni burnim bitip qolyapti ohirgi payitlarda istima bosh ogriq yoq bu gaymaritmasmi qanday davolasa boladi

  2. Burnim tez-tez bitib turadi. Davolandim linkas balzam bilan, kuydurib ham davoladi. 2 yildan buyon shu ahvol. Shifokor buni shamollash dedi. Hozir har kuni 1 mahal sprey dan foydalanyapman. Buni qanday davolashim kerak?

  3. Salom man man gaymarit bölib qolibman uuni operatsiya qimasdan davolashni iloji bormi???

  4. Assalom alekum. Shamollash va grippni bir oyda ikki marta qaytalanishi havfli emasmi? Qaysi biri takrorlanishi havfli hisoblanadi? Oldindan rahmat!!

  5. salom nimaga suv oqib turadi ayniqsa issiq narsalar ilstiml qilgnda nima qilish kere davolasa b uladimu

  6. Assalomu alekum 22haftalik homiladorman,10kun oldin kuchli shamollab orvi tashxisi bn kasalxonada 2xil antibiotik bn davolandi
    kechadan yana qaytadan shamolladm antibiotiksiz tuzalsam boladimi

  7. Аноним

    Salom bolam 4 yosh bir yildan beri burni bitadi .qilmagan narsam qomadi burni umuman oqmiydi. yuvdirdim.ozgarish yoq.sinupret berdim hauronman endi nima qilishga

  8. Salom bolam 4 yosh bir yildan beri burni bitadi .qilmagan narsam qomadi burni umuman oqmiydi. yuvdirdim.ozgarish yoq.sinupret berdim hauronman endi nima qilishga

  9. SALOM MENI BURNIM BITIB BOSHIM OGRIB.

    BURNIM OQTAPTI

  10. Salom meni boshim tez tez og’rip turipti 5 6 kundan beri 7 oy oldin gaymarit bolib aperatsa qildirgandim endi boshim og’riyPti nima qilsa boladi

  11. Salom iltimos Shamollashni Uy sharoyitida eng oddiy usullar bilan davolash yo’llari haqida ko’proq ma’lumot bersanggiz…?

So‘rov qoldirish

Sizning emailning chop etilmaydi.To‘ldirilishi zarur qatorlar * bilan belgilangan *

*