Umurtqalararo disk churrasi yoxud grija haqida

Shifokorlarning og‘ir ko‘tarmaslik, organizmni haddan ziyod zo‘riqtirmaslik yoki keskin va qaltis jismoniy harakatlar qilmaslik kabi maslahatlariga hammamiz ham amal qilavermaymiz. Sog‘lig‘imizga bee’tiborligimiz oqibatida esa jiddiy muammolarga duch kelishimiz ehtimoli oshadi. Umurtqa pog‘onasi churrasining vujudga kelishi ham ana shunday muammolardan biri.

Umurtqalararo disk churrasiga quyidagilar  sabab bo‘lishi mumkin:

  • qorin ichki bosimining oshishi;
  • og‘ir jismoniy mehnat;
  • tana vazniga nisbatan og‘ir yuk ko‘tarish;
  • peshob ajralishining qiyinlashuvi;
  • qabziyat;
  • ayollarda tug‘ruq vaqtidagi zo‘riqishlar.

Umurtqa churrasi konservativ, ya’ni dori-darmonlarsiz davolash mumkin. Ayni kunda suv muolajalari yordamida bu xastalikni davolash keng yo‘lga qo‘yilgan.
Churraning paydo bo‘lgan muddati juda katta ahamiyat kasb etadi. Uch oygacha bo‘lgani yengil, uch oydan olti oygacha bo‘lgan churra esa surunkali hisoblanadi. Bundan tashqari, churraning hajmiga ham e’tibor qaratiladi. Agar u 9 millimetrdan kichik bo‘lsa, jarrohlik aralashuvisiz davolash mumkin.
Bu xastalik aslo qo‘rqinchli va bedavo emas, umurtqalararo diks churrasi hali «yangi» bo‘lsa, osongina davolanadi. Agar jarrohlik aralashuvi tayinlansa ham qo‘rqmaslik kerak.  Vaqtida o‘tkazilmagan 15 daqiqalik jarrohlik amaliyoti 2 soatlik og‘ir amaliyotga aylanishi mumkin. Chunki churra teshigida qisilib qolgan a’zolarning qon bilan ta’minlanishi buzilib, asab tolalari ezilishi tufayli a’zolar hayotiyligi so‘nib, yiringlay boshlaydi, bemor bunda kuchli og‘riq his etadi. Churra xurujida og‘riq davomiy bo‘lib, bemor shok holatiga tushib qoladi. Shoshilinch jarrohlik amaliyotigina bemor hayotini saqlab qoladi.

Bunday hollarda quyidagilarni amalga oshirish mumkin emas:

  • zax va yelvizakli joylarda turmaslikka harakat qiling;
  • tana vazningizni nazorat qiling, semirmang;
  • bel va qorin mushaklarini mustahkamlaydigan gimnastika (masalan, suzish) bilan shug‘ullaning;
  • o‘tirgan holda ishlasangiz, har soatda 10 daqiqa turib yuring;
  • yurganda, o‘tirganda ham qaddingizni to‘g‘ri tuting;
  • qattiq matras ustida uxlashga odatlaning;
  • yotgan holda kitob o‘qimaslik va televizor ko‘rmaslikka harakat qiling;
  • og‘ir ko‘tarmang, keskin harakatlardan tiyiling.
  • vibromassaj mumkin emas, chunki uning kuchi juda yuqori.
  • churra bor joyni qattiq ishqalamaslik lozim. Asab tolalarini siqib qo‘yish xavfi bor.
  • vertikal holatda turib, turli mashqlar bajarish ham zararli. Mushaklarni zo‘riqtirish mumkin.
  • o‘z bilganingizcha massaj qilmang!
  • har doim og‘riq qoldiruvchi maz surtib ishqalash ham mumkin emas!

Kasallik uch bosqichda kechadi, maslahatimiz kasallik belgilari kuzatilishi bilan shifokorga murojaat eting :

  • Xastalikning birinchi bosqichida churra o‘lchami 2-3 mm. bo‘ladi. Umurtqa bo‘ylab qattiq og‘riq beradi.
  • Ikkinchi bosqichida bu xastalik doimiy og‘riq bilan xarakterlanadi. O‘lchami 8-15 mm. bo‘ladi.
  • Uchinchi bosqichda og‘riq o‘ta kuchli bo‘lib, asab tizimiga ham ta’sir etadi. Bemorni yura olmaslik darajasiga keltiradi.

Mavzuga aloqador maqola:

180 комментариев

  1. Assalomu alekum. Tamografiya natijalariga ko’ra, mendaham 0,4mm li disk churrasi aniqlandi. Bir necha marta tortish, suv, massajga qatnadim. Qattiq o’g’riq bo’lmasaham, baribir og’riq borligidan yengil yurolmayman. Bu kasallikdan qanchada qutilsa bo’ladi, davosi bormi buni, yoki umrbod og’rib yuraveradimi? Javob un raham oldindan.

    • Davolasa bo’ladi. 0,4 mm juda ham kichik. Buni yuqoridagi usullar (massaj, harakatlanish) orqali ham bartaraf qilish mumkin. Ba’zida shunday holat bo’ladiki, kishi grijadan keyin muolaja olsa ham go’yoki og’riq bordek his paydo bo’laveradi, lekin grija tuzalgan bo’ladi. Vaqt o’tib, bu og’riq o’z-o’zidan yo’q bo’ladi.

      • Farzand ko’rmoqchi bo’lyapmiz. Wunday xolatimda bu mumkinmi, kasallik zo’riqib(o’sib) ketmaydimi? Buning un nimala qiliwim k-k. Javob un kattakon rahmat.

    • Og’riq faqat grija sababidan emas, balki, muskullar tomonidan ham qo’zg’aladi. Shu sababdan muskullarni davolatishga ko’proq ahamiyat qaratish lozim.
      Muskullar to’liq yoki qisman qisqarib qolishi yo bo’lmasa muskul tolalarining qisqarib qolishi natijasida og’riq beradi. Shular bartaraf etilsa og’riq ham yo’qoladi.

  2. Аноним

    Dadamlarga 04mm disk churrasi bor ekan nervga yaqin ekan ogriq kuuchliy masaj dori ukolar tasir qilmadi endi operatsiya qilyob dilar zarari yoqmi

  3. Menda bo’yn da 3,4 diskda 8 mm grijam bor ekan boch ogrb turadi endi meni operatsiyani zarari yoqmi

  4. Assalomu alaykum doktor.
    Mani ikki qulimda va buyin, yelka qismlarimdan ogruq buladi qanday tuwintirsam ekin ogruq desam bir joyiz shikastlansa unday ogruq bulmaydi butun tanam ayniqsa ikki qo’l va yelkalarim jonsizlik yani bazan shol holatday bolib qoladi chap yelkamda bazan qattiq achishishlik buladi. Bu kasallik qaysi kasallik asorati ?

    • Sizda yelka va bo’yin mushaklarida tortishish yoki yallig’lanish paydo bo’lgan bo’lishi mumkin. Siz trapetsiyasimon mushak (m. trapezius), kurakni ko’taruvchi mushak (m. Levator scapulae) va boshqa bo’yin hamda yelka mushaklarini bo’shashtirishingiz, yallig’lanishga qarshi davolashingiz lozim. Buni yaxshi massajist muolajalari yoki qortiq (davolovchi bonka) qo’yish va mazlar yordamida davolash mumkin.
      Dori-darmon, turli inyeksiya yoki aniq yo’naltirilmagan fizioterapiya foyda bermaydi. Aksincha, zarar yetkazishi mumkin.

  5. Disk churrasiga qattiq masaj mumkunmi

    • Avvalo grijani joylashuvi, hajmi va qaysi tonomga yo’nalganiga qaraladi.
      Massajni aniq yo’nalishini topib asta sekin kuchaytirib borish mumkin. Birdaniga kuchli massaj muskullarda qisqarish hosil qiladi va bu zarar.
      Shuni anglash lozimki, muskullarning qisqarib qolishi ham disk grijasini hosil qiladi. Og’riq turishining asosiy sababi ham muskulda bo’ladi. Massajlar asosan muskullarning qisqarib qolishini bartaraf etish uchun qo’llaniladi. Bundan boshqa massajlar grijani davolashda naf bermaydi. To’g’ri qo’llanilgan massaj ham og’riqni yo’qotadi, ham grijani davolanishiga yordam beradi.

      • Fуломжон

        Салом.манда диск грижа бор 3 йилдан бери огрийди хажми 7.мм даволаса буладими ж.б у.н рахмат

        • Шахноз

          Мен белдаги 7мм улчамида грижани шифокор билан маслахатлашсам факат операция деди давоси йукми

  6. Шахноз

    Салом мени булимда феврал ойида 6,3мм улчамида грижа аникланди кейин реабилитацияда даволандим июн ойида мртда 7мм га усибди энди факат операция дейишаяпди бошка давоси йукми

    • Davolashda ko’plab usullar tavsiya etiladi. Masalan, kinezoterapiya (harakat orqali davolash), igna terapiya, davolovchi massajlar orqali davolash, dori-darmonlar orqali konservativ davolash va jarrohlik usullari. Sizning ahvolingizda (7 mm) jarohlik usuli ancha qo’l keladi. Boshqa usullari asosan kichik churralar uchun mo’ljallangan.

  7. Солом менда l 4 l 5 5mm grija bor 10.kun molaja oldim karipayn maz belimga surdim turnikka osilib turibman kuniga bir mahal velasabet haydab kelaman hozir 5.oy buldi belimda ogriq bor bazida ogrimay qoladi oyigimdagi ogriq bosildi endi belimdagi ogriq qashongasha dovom etadi ogriq kotarmayapman velasabet haydasam belim ogrimaydi indi ishlasam buladimi yoki yana ishlamay yotaberamanmi iltimos maslahat bering oldindan rahman

  8. Аноним

    Menimcha hali bor.mandayam shunaqa bo’gan.keyin qaytalab qoldi

  9. Assalomu alaykum mutahasislar! Savolim bor, orqa chiqish teshigi yonida qandaydur ishiqni sezib qoldim, avvaliga oddiy holat deb o‘yladim.
    Tegilsa og‘riyapti ungacha uncha sezilmadi! Bu nima bo‘lishi mumkin? Oldindan kotta rahmat!

  10. ogriq sababi muskullarda bolsa buni qanday davolaw mumn

  11. Assalomu alekum xurmatli doktor. Menda umurtqa pog’onasining boshlangich disk churrasida 5,4mm grija bor ekan, mening faqat oyog’im yani tizzadan pasti og’ridi köpinch qattiq joyda ötirsam og’riq boshlanadi uzun tushib qattiq joyda yotsam og’riq qolganday böladi. Namangan shaxriga borib davolandim u yerda unurtqaning ustiga bonka qöyib qon sug’urtirib oldi va ketishing munkin dedi 20 daqiqada ruxsat berbordi bir oy uyda yotdim keskil xarakat qilmadim kam yurardim bir oydan kiyin og’riq qolganday böldi lekin xaliyam ötirsam juda og’ridi doktor qanday davo izlasam böladi?. Oldindan KATTAKON raxmat

  12. Assalomu alaykum. Hurmatli doktor, umurtqa churrasi oyoqqa og’riq beradi deb eshitganman. Oyoqning ko’pincha qaysi qismiga og’riq beradi. Va bu og’riqni uy sharoitida qanday bartaraf etish mumkin. Javob uchun oldindan rahmat.

So‘rov qoldirish

Sizning emailning chop etilmaydi.To‘ldirilishi zarur qatorlar * bilan belgilangan *

*