5
(1)

Yuzingiz tiniq bo‘lishi uchun

Erta tongdan yuzingiz tiniq bo‘lishini istasangiz, suvga yarimta limon sharbatini soling va shu suv bilan yuzingizni arting. Ko‘z ostiga besh daqiqa o‘simlik moyi surib kuying. Keyin oddiy suv bilan yuving.

kosmetologiya

Ko‘zlaringiz shishsa

Ko‘zlaringiz shishgan bo‘lsa, qaynatib olingan suvdan tomizing va besh daqiqaga ko‘z atroflariga qirg‘ichdan o‘tkazilgan kartoshka qo‘ying.

Qipiqlanuvchi teri uchun nikob

Ertalab olmani qirg‘ichdan o‘tkazing. Sharbatini olib, bo‘tqasini esa yuzingizga surting.

Oyoqlar charchasa

Oyoqlaringiz charchasa, tog‘oraga sovuq suv soling va o‘n daqiqa davomida oyoqlaringizni botiring. Darhol o‘ringa yotib, oyoqlaringizni yuqoriga ko‘taring.

Quyosh urmasin desangiz

Quyosh urishiga qarshi har kuni 200 gr qirg‘ichdan o‘tkazilgan sabzi yeb turing. Tongda sabzi sharbati bilan yuzingizni arting.

Ajinga qarshi krem

100 gr sariyog‘, 2 choy qoshiq asal va 2 osh qoshiq smetana aralashtiriladi. Ertalabki va kechki yuvinishdan so‘ng o‘n daqiqa davomida krem yuzga suriladi va sutga botirilgan paxta bilan artib olinadi.

Lablar uchun

Lablaringiz olicha rangida bo‘lishini istasangiz oddiy xinoni issiq suv bilan aralashtiring va massani bir tekisda labga suring. Yigirma daqiqadan so‘ng sovuq suvda yuvib tashlang.

Ko‘zlar chaqnashini istasangiz

Ko‘zlar chaqnab turishi uchun har tong ko‘z gimnastikasi mashqlarini bajaring. Avval o‘ngga keyin chapga qarang. Ko‘zingizni soat yo‘nalinishi bo‘yicha aylantiring, uzoqdan yaqindagi buyumlarga tikilib karang. So‘ng qaynab ilitilgan suv bilan chaying.

Sochlar go‘zalligi uchun

Sochlaringiz sog‘lom nur sochishini istasangiz, har kuni egilib (boshingiz yuragingizdan pastda bo‘lishi kerak) sochingizni pastga qarab kamida 50 marta tarashingiz lozim. Sochni yuvib bo‘lgandan so‘ng uni sirka aralashmasi bilan chaying. ( 1 litr suvga 1 choy qoshiq aralashtirilgan sirka).

Sepkilga qarshi niqob

Ikki dona vodorod perokid tabletkasi bir stakan suvda eritiladi. Unga kraxmal qo‘shib smetana holatiga kelguncha aralashtiriladi. Tozalangan yuzga o‘n daqiqa davomida surtiladi va sovuq suvda yuviladi.

Ushbu maqolani ham o‘qing:  Homiladorlikka tayyorlanish

© Krasota.uz