El sog‘ligi — yurt boyligi

Qon bosimi oshuvchilar qanday ovqatlanish kerak?

Gipertoniya – uzoq davom etuvchi kasallik bo‘lib, zarur muolajalar olinsada, kerakli parhezga rioya qilinmasa, bemor hayoti uchin xavfli asoratlarga yetaklashi mumkin. Har bir kasallikda bo‘lgani kabi gipertoniya kasalligida ham bemor kerakli tartib-qoidalarga, sog‘lom turmush tarziga va ayniqsa, parhezga rioya qilishi lozim.

Gipertoniyani davolashda bevosita parhezni muvofiqlashtirishdan, tartibga solishdan boshlanadi. Ba’zan qon bosimini me’yorda ushlash uchun parhezning o‘zi kifoya qiladi. Quyida xafaqonga chalingan bemorlar uchun ularning ovqatlanishini tartibga solish uchun muhim tavsiyalar beramiz.

Ortiqcha vazn yig‘mang!

Tadqiqotlarga ko‘ra, ortiqcha vaznning har bir kilogrami arteriyal bosimni ko‘taradi. Demak, tana vazni og‘irlarda qon bosimi ham yuqori yoki yuqorilashga moyil bo‘ladi. Ya’ni oddiy holatda ham bosim juda tez ko‘tarilib ketishi mumkin. Buni inobatga olib, ovqat ratsionidan xamrli taomlarni hamda shirinliklarni cheklash lozim.

Och yurmang

Kasallikka chalingan bemorlarga och yurish tavsiya etilmaydi. Organizmga oqsil, vitamin, mikro va makroelementlar yetishmasligi natijasida yurak faoliyati va moddalar almashinuviga salbiy ta’sir ko’rsatadi.

Tuzni cheklashingiz kerak

Organizmda natriy tuzi ko‘payishi natijasida tanadan suvning chiqib ketishiga to‘sqinlik qiladi. Natijada qon tomirlar qisqarib, bosim oshadi. Shu sabab, gipertonik bemorlar har qanday dudlangan, konservalangan, sho‘r taom va mahsulotlardan o‘zini tiyishi lozim.

Hayvon yog‘larini yemang

Hayvon yog‘i energetic jihatda kuchli. Uni istem’mol qilish esa vaznni oshirishi mumkin. Bundan tashqari, arterioskleroz ham kelib chiqishi mumkin. Arterioskleroz va semizlik gipertoniya asoschisidir.

Xolestirinni kamaytiriring

Bemor ratsionidan xolestiringa boy bo‘lgan taomlarni ham chiqarish muhim ahamiyatga ega. Bunday mahsulotlarga hayvonlarning ichki a’zolari, sariyog‘, qaymoq, yog‘li kolbasalar misol bo‘ladi. Yuqoridagi mahsulotlarni meva va sabzavotlar bilan almashtirish lozim. Hamda sut va sut mahsulotlarining yog‘siz turlarini iste’mol qilgan ma’qul.

Asabni zo‘riqtiruvchi mahsulotlardan tiyiling

Qahva, juda achchiq choy tarkibidagi ko‘p miqdordagi kofein qon bosimi ko‘tarilishiga olib keladi.

Kaliy va magniy yordamchi!

Bu makroelementlar yurak mushaklarining tashqi ta‘sirlarga chidamliligini ta’minlaydi. Kaliyga boy mahsulotlarga olxo‘ri, o‘rik, qovoq, karam, kartoshka, banan, na’matak kabilar misol bo‘ladi. Qora non, suli, tariq, lavlagi, sabzi, yong‘oq, petrushka bargida magniy ko‘p bo‘ladi. Shuning uchun ushbu mahsulotlarni dasturxoningizga qo‘shganingiz ma’qul.

C vitaminiga boy mahsulotlarni iste’mol qiling

Bu vitamin tomirlar mustahkamligini ta’minlaydi, moddalar almashinuvida ishtirok etadi. C vitamini na’matak, qora qoraqat, sitrus mevalarda juda ko‘p bo‘ladi. Vitaminning to‘la saqlanishi uchun yuqoridagi mahsulotlarni xomligicha iste’mol qilish tavsiya etiladi.

Ushbu maqolani ham oqishingizni tavsiya etamiz: Arterial gipertoniyaning qanday turlari farqlanadi?

Telegramdagi rasmiy kanalimizga a’zo bo‘ling!

A’zo bo‘lish
loading...

Fikr bildirish

Sizning emailingiz chop etilmaydi. To‘dirish zarur qatorlar * bilan belgilangan.