Ginekolog maslahati

To‘rt yarim oylik homilam bor. Yaqinda tibbiy tekshiruvdan o‘tganimda homila yo‘ldoshi (platsenta) qalinlashgani aniqlandi. Bu xavflimi?

– Agar homilador ayol o‘tkir yoki surunkali respirator (shamollash) kasalliklari bilan og‘rib o‘tsa, homila yo‘ldoshi shishib qalinlashishi mumkin. Bu esa qorindagi bola rivojlanishi uchun jiddiy xavf tug‘diradi. Hatto homila tushishi ham kuzatiladi.Shunday hollarda homilador ayol zudlik bilan shifokor maslahatiga ko‘ra davo choralarini ko‘rishi lozim. Oradan o‘n kun- ikki xafta o‘tib albatta UTT (ultratovush) tekshiruvi orqali yo‘ldosh holatini aniqlash kerak bo‘ladi.

Qandli diabetga chalinganman. Lekin farzand ko‘rish yoshida bo‘lganligim sababli homiladorlikni rejalashtiryapman. Bu kasallik men va tug‘ilajak farzandim uchun xavfli emasmi?

– Siz avval o‘zingizni yaxshilab tekshirtiring, endokrinolog maslahatini oling, homiladorlikka qarshi ko‘rsatmalar bo‘lmagan holdagina farzand ko‘rishni rejalashtirishingiz mumkin. Homiladorlik davrida endokrinolog va ginekolog nazoratida bo‘lishingiz shart. Homilador ayol qonida qand miqdori yuqori bo‘lsa, u maxsus parhezga rioya qilishi zarur. Ko‘rsatma bo‘lganda endokrinolog nazoratida qand miqdorini tushiruvchi dorilar qabul qilinadi. Aks holda qonda qand miqdori ortishi oqibatida homila nobud bo‘lishi mumkin. Qandli diabeti bor homilador ayollarda bir qancha asoratlar kuzatiladi, masalan kechki toksikozlar, ko‘psuvlilik, badanda shishlar, homilaning yirik bo‘lishi, peshobda oqsil ko‘payishi, qon bosimi oshishi, muddatidan oldin tug‘ruq ro‘y beradi. Bunday hollarda homilador ayolni shifoxonaga yotqizish shart. Agar homiladorlik va qandli diabet asoratsiz kechayotgan bo‘lsa ayolning eson-omon ko‘zi yoriydi.

Homilam 7 oylikdan oshdi. Ko‘pincha qornim atrofidagi og‘riq bezovta qiladi. Bu qorindagi bolaga zarar keltirmaydimi?

– Agar qorin sohasida og‘riq bo‘lsa birinchi navbatda shifokorga murojat qilish shart. Og‘riqning sabablari ko‘p. Eng ko‘p uchraydigani homila tushishi xavfidir. Shifokor maslahatisiz hech qanday dorilar iste’mol qilish mumkin emas. Bo‘lajak onada ba’zan qabziyat sababli og‘riq kuzatiladi. Bu vaqtda ovqatlanish tartibiga rioya qilish kerak. Ko‘proq sabzavot va mevalar yeb, shakar iste’molini kamaytirish o‘rinli.

– Miomasi bor ayol homilador bo‘lib qolsa, bu unga ziyon qilmaydimi?

– Miomasi bor ayollarda ko‘pincha bepushtlik kuzatiladi yoki homila tushishi ro‘y beradi. Aslida mioma belgilari, ya’ni qorinning pasti va bel sohasining og‘rishi ayollarni ancha-muncha bezovta qiladi. Agar mioma tugunchalari bitta va kichik hajmda bo‘lsa ayol eson-omon muddatiga yetib tug‘ishi mumkin. Lekin bachadon miomasining hajmi katta yoki ko‘p miomatoz tugunlar joylashgan bo‘lsa homila yaxshi o‘smaydi, bunday vaqtda homila tushadi yoki muddatiga yetmasdan tug‘ruq sodir bo‘ladi. Bu ayollarda tug‘ruqdan so‘ng qon ketish xavfi yuqori, bola kesar kesish yo‘li bilan olinadi va kesar kesish paytida bachadonni ham olib tashlashga ko‘rsatma berilishi mumkin.

– Har gal homiladorligimning uchinchi oyiga yetib-yetmay, bolam tushaveradi. Hozirgi kunlarda ham shu sababli xavotirdaman…

– Homiladorlikning erta tushishining sabablari anchagina. Masalan, er-xotin yaqin qarindosh bo‘lishsa, turli infeksiyalar (virusli, xlamidiyalar,mikoplazma va boshqalar) aniqlansa, jinsiy a’zolar nuqsonlari yoki yaxshi rivojlanmaganligi (infantil) kuzatilsa va endokrin bezlar (yoki tuxumdonlar) faoliyati buzilgan hollarda bola tushishi mumkin. Bunda birinchi navbatda sababini aniqlash kerak va ayolni davolab, keyin homiladorlik bo‘lishiga ruxsat berish lozim, u homiladorlik davomida ginekolog nazoratida bo‘lishi kerak.

– Homilador bo‘lganimdan buyon tez-tez qornim ochadi. Nega shunday?

– Bo‘lajak ona organizmida moddalar almashinuvi jarayoni odatdagidan tezlashadi, qonda qand miqdori tartibi o‘zgaradi. Homiladorlik davrida organizm insulin gormonini ko‘proq ishlab chiqara boshlaydi. O‘z-o‘zidan ayolning qorni darrov ochiqadigan bo‘ladi. Bunday vaqtda taomlarni oz-ozdan, tez-tez istemol qilib turish tavsiya etiladi.

– Hademay ko‘zim yoriydi, qanday matolardan kiyim kiyishim kerak?

– Homilador ayol toza-orasta kiyinishi, sochlarini tez-tez yuvib, tirnoqlarini olib turishi kerak. Uning kiyimlari kengroq qilib tikilgani ma’qul va tabiiy matolardan bo‘lishi lozim. Sintetik, tor kiyim nafas olishni va ovqat hazmini qiyinlashtiradi, tomirlarda qon aylanishini susaytiradi. Belbog‘ni siqib bog‘lash, ko‘krak qafasini siqadigan siynaband taqish va rezinali paypoqlar kiyish ham sog‘lik uchun zararli. Ayniqsa sintetik ich kiyimlarni umuman kiymang.Yilning sovuq faslida jun gazlamadan tikilgan kiyimlar yaxshi. Ip, zig‘ir tolasi va ipak gazlamalardan tayyorlangan liboslar sog‘lig‘ingiz uchun juda qulay. Sun’iy tolali matolar esa aksincha, o‘ziga nam singdiradi, elektrostatik zaryadlari ham nihoyatda ko‘p. Bu zaryadlar esa terida yoqimsiz hid paydo qiladi.

– Homilam 33 haftalik, ultratovushli tekshiruvdan o‘tdim. Ammo bolaning tug‘ruq yo‘liga teskari turganligini aytishdi. Shifokorlar «homilaning aylanib olishiga hali vaqt bor» deyishyapti. Maxsus mashqlar bolaning o‘nglanib olishiga yordam beradimi?

– Bunday holat homiladorlik davrida uchrab turadi. Tavsiya etiladigan mashqlar hamma vaqt ham kutilgan natijani bermasligi mumkin. Ammo shu davrda homilaning qorindagi holatini faqat nazorat qilib turish muhim.

– Homilador bo‘lishdan oldin qanday tekshiruvlardan o‘tish kerak bo‘ladi? Shu haqda bilmoqchi edim.

– Farzand ko‘rishni rejalashtirgan kelin-kuyov quyidagi tibbiy tekshiruvlardan o‘tishi zarur:

  • o‘pkani rentgen qildirish orqali sil va shunga o‘xshash kasalliklar bor-yo‘qligini aniqlash;
  • EKG tekshiruvidan o‘tib yurak meyoriy faoliyatiga ishonch hosil qilish;
  • jigar, buyrak va jinsiy a’zolarni UTT tekshiruvidan o‘tkazish;
  • qon, peshob va jinsiy a’zo ajralmalarining laborator tahlili;
  • ko‘p uchraydigan TORCH infeksiyalari(gerpes, sitomegalovirus, xlamidiya, mikoplazma va boshqalar)ni aniqlash maqsadida qon tahlilini topshirish.

Agar ushbu tekshiruvlar natijasi meyorida bo‘lsa, ayol sog‘lom farzand ko‘rishga tayyor hisoblanadi.

– Homilador ayol uchun qanday favqulodda holatlar xavfli?

– Bir necha holatlar kutilmaganda ro‘y bersa, homilador ayol shifokorga murojaat etishi shart. Bosh og‘riganda, qon bosim ko‘tarilganda, isitma chiqqanda, jinsiy a’zodan qon ketsa yoki suv kelsa, homila qimirlamay qolsa, bel va qovuq sohasida qattiq og‘riq turgan hollarda ayol zudlik bilan «Tez yordam» chaqirishi yoki shifokorga murojaat etishi zarur.

– Yaqinda turmushga chiqqanman. Homiladorlikni qay tarzda aniqlash mumkin?

– Homiladornikning birinchi belgisi hayz vaqtida kelmasligidir. Hozirgi vaqtda homiladorlikni aniqlashning zamonaviy usullari qo‘llaniladi. Shulardan ayrimlari haqida bilib qo‘ysangiz zarar qilmaydi.Test homiladorlikni aniqlashning oddiy va oson usuli bo‘lib, bunda ayol peshobidagi maxsus gormonlar miqdori oshishiga qarab homiladorlik aniqlanadi. Buning uchun dorixonalarda sotiladigan Test tayoqchalari ertalabki peshobiga botiriladi. Tayoqchalarda ikkita chiziqcha paydo bo‘lsa ayol homilador hisoblanadi. Bazal haroratini termometr yordamida tekshiruv ham homiladorlikni aniqlashga ko‘maklashadi. Bunda termometr to‘g‘ri ichakka qo‘yiladi ertalab, o‘rindan turmasdan o‘lchanadi, agar u 37 darajadan oshib tursa bu homiladorlik alomatidir. Shuningdek ultratovush tekshiruvi yordamida homiladorlikni 3-4chi haftadayoq aniqlash mumkin.

Savollarga akusher-ginekolog, tibbiyot fanlari doktori, professor Nargiza Magzumova javob berdi.
«Sugdiyona.uz» nashri.

13 комментариев

  1. Yaqinda tug’dim. Tug’ish jarayonida ichki, tashqi yirtilishlar bo’ldi. Bugun tuqqanimga 8 kun bo’ldi, 2-3 kundan beri ichim ketyapti, qindan ham oz miqdorda axlat chiqyapti bu xavflimasmi? Nimaga bunaqa bo’lyapti? Qachondan o’tirishim mumkin?

  2. homilam 5 oylik bõldi ostimda shishish paydo bõlgan. peshob kelganda og’riq bor. keyingi kunlarda shishish kattayib qolgan. bu oddiy holmi yoki homilam uchun havflimi

  3. homilam 5 oylik. qinda shish bõlayapti. peshob kelayotganda og’riq bor. shu kunlarda shish kattalashib qoldi. bu oddiy holmi yoki homilam uchun havflimi

  4. Yoshım 16-da 1-oy ıchıda jınsıy a’zoyımda qıchısh paydo bo’lganını sezdım tabııykı qıchıganda qıchıladı keyın o’ng tomondagı ıchkı lab shıshıb ketdı bundan tashqarı shılımshıq suyuqlık ham keladı bu qanday kasallık juda xavflımı javobıngız uchun raxmat

  5. Meni qonimda prolaktin gormoni normada . Lekin 1 yildan oshdi hali homilador bo’lganim yo’q. Chap kokragimdan siqsam oz miqdorda suyuqlik chiqadi. Bu homilador bo’lishga ta’sir ko’rsatadimi

  6. Xayzim kelishidan 15 20 kun oldin bazan bazan ong biqinim va chap biqinim oridi xayzimxam bu safar 6kun bolyapti Nimaga bunday bolyapti

  7. Salom man 1 chi farzandimi tug’ganimga 11 oy bo’ldi minustratsam iyun oyidan keldi har oy oyma oy kevotudi ohirgisi sentyabr boshida kep keti hali kegani yo’ noyabr uje test qisam 1 ta chizu 10 kun oldin uzd ga tushdim homila yo’q nima sababdan bunaqa yo’ki homila kichkina srok bosa ko’rinmasligiyam mumkunmi?

  8. Assalomu aleykum. Men farzandli bölganimga 1 oy böldi. Xozir sali belim va pöchkam oģrib turibdi, lekin mana 3 kun böldi kechasi istimam 38-40 gradus bulyabdi . Sababini teropevtdan surasam pochkang shamollagan deydi . Boshqa bir doktordan surasam pochkan oğrisa istima chiqarmaydi deydi. Xosh endi men nima qilay. Teropevt aytgan seftraksyon bilan novokayin olsam bolaga ziyoni yoqmi?

    • Assalom alaykum, hududingizdagi (umuman istalgan) nefrologga (yoki kuchli terapevtga) murojaat qiling.
      Bu dorilarning bolaga emizikli davrda yomon ta’siri yo’q, lekin bel, buyrak og’rishiga aynan nima sabab bo’layotganini aniqlamasdan turib, preparatlarni buyurish va ularni qabul qilish ma’qul emas.
      Sababini (Etiologiya!) aniqlash esa buyrak analizi va pehob tahlili orqali amalga oshirilishi mumkin.

  9. salom xotininim xomilador, tug`ish muddatidan 10 kun o`tdi, lekin negadir dardi kemayapti, buni xavfli deyishayapti, ko`pgina qo`shnilarimiz ham muddatidan o`tib tug`ishgan hech nima bo`lmagan deyishayapti. bunga jiddiy qarash shartmi? javob uchun oldindan rahmat.

    • Muddatidan o’tib tug’ish aslida xavf omilini biroz oshiradi.
      Lekin homiladorlik muddatini xato hisoblash sababli ham ba’zan yanglishish mumkin.
      Bu kabi yanglishish kuzatilmagan bo’lsa, ginekologga murojaat qiling.
      Holatga ko’ra tegishli xulosa qilinadi va chora ko’riladi.

  10. Salom xotinimni 2 oylik xomilasi tushdi 9 oktyabr kuni tushgan bulsa 40 kun qon ketishi tuxtamadi 40 kundan sung tuxtadi 5 kun utib yana qon kelishni boshladi maslaxat bering nima qilish kerak uy sharoitiga

So‘rov qoldirish

Sizning emailning chop etilmaydi.To‘ldirilishi zarur qatorlar * bilan belgilangan *

*