Gijja tushirish uchun qo‘llaniladigan tabiiy retseptlar

Bo‘yimodaron guli, yong‘oqning bargi, zanjabil, sumbul, balila, sariq halila – hammasidan teng miqdorda olib maydalanadi va har kuni uch mahal ovqatdan oldin yarim choy qoshiqdan och qoringa kapalansa yoki qaynoq suvga aralashtirib ichilsa, gijjalar oson tushadi.

gijja tushirish
Foto: Peptic.ru

Bir bosh sarimsoqni tozalab, ustiga bir stakan suv quyib, past olovda o‘n daqiqa qaynatiladi. Suzib olib, ustiga ermonning 2,5 stakan suvda qaynatilgan damlamasidan bir choy qoshiq quyiladi. Ikkala damlama aralashmasi bir soat tindirib qo‘yiladi va bola hojatga borgandan keyin huqna qilinadi.

Bir bosh sarimsoqni tozalab, ustiga bir stakan suv quyib, past olovda o‘n daqiqa qaynatiladi. Suzib olib, ustiga ermonning 2,5 stakan suvda qaynatilgan damlamasidan bir choy qoshiq quyiladi. Ikkala damlama aralashmasi bir soat tindirib qo‘yiladi va bola hojatga borgandan keyin huqna qilinadi.

O‘n bo‘lakcha sarimsoqni qaynatilgan sut bilan nahorda ichilsa, yoki sutsiz o‘zi ko‘proq iste’mol qilinsa, gijjalar va solityor tushadi.

Bir osh qoshiq dastarbosh guli ustiga ikki stakan qaynatib sovitilgan suv quyib, to‘rt soat og‘zi yopiq idishda tindirib qo‘yiladi. Kuniga 2-3 mahal ovqatdan yarim soat oldin ichiladi.

O‘rtacha kattalikdagi bir dona piyoz ustiga bir stakan qaynoq suv quyib, bir kecha qo‘yiladi. Suzib olib, kuniga yarim stakandan 3-4 kun ichiladi.

Ikki osh qoshiq ermon o‘ti ustiga bir litr suv quyib, besh daqiqa qaynatib, suzib olinadi. Kechqurun yotishdan bir soat oldin gijjalarga qarshi huqna qilinadi.

Sabzi urug‘i tolqonidan yarim choy qoshiqdan iste’mol qilinsa, gijja haydashda yaxshi shifo bo‘ladi.

Ibn Sino bo‘yimodaron gulidan gijjalarga qarshi keng foydalangan. U o‘simlik guli tolqonini quyuq damlab, dokadan suzib, bir yarim qoshiqdan ichishni tavsiya qilgan. Agar uni och holda uch mahal choy qilib yoki olti kun ikki osh qoshiqdan ichilsa ham gijjalar daf bo‘ladi. Bu giyoh gijjalarga qarshi o‘ta oson tayyorlanadigan va yaxshi shifo beradigan tabiat ne’mati hisoblanadi.

Ushbu maqolani ham o‘qing:  Zanjabilli choy - tez ozish uchun samarali vosita

Ermon urug‘ini asal bilan aralashtirib, ikki kun davomida kuniga uch mahal ovqatdan 1,5-2 soat oldin iste’mol qilinadi. Bundan bir kun oldin parhez qilib, surgi dori ichiladi. Ikki kundan so‘ng kechqurun yana surgi dori ichiladi. Kattalar urug‘dan 4 g yeydilar, bolalarga 1-3 yoshgacha – 0,25-0,75 g, 4-6 yoshgacha – 1-1,5 g, 7-9 yoshgacha – 1,75-2,25 g, 10-14 yoshgacha – 2,5-3,6 g, 15-16 yoshgacha – 4 grammdan beriladi.

Diqqat, ushbu tabiiy retseptlarni qo‘llashdan oldin shifokor bilan maslahatlashishingiz zarur!

 Rahbarxon Ernazarova
“Sano shifo” salomatlik markazi mutaxassisi.
Rahbarxon.uz

Maqolani baholashni unutmang, iltimos!
1 baho2 baho3 baho4 baho5 baho

Loading...

Telegramdagi rasmiy kanalimizga a’zo bo‘ling!

A’zo bo‘lish
loading...

Tegishli maqolalar

2 ta izoh

  1. Salom, men saytlaringni anchadan buyon kuzatib kelaman, har safar yangi narsa yozilishini intiqlikbilan kutaman. Lekin nahot sayt administratorlari o’zlari mehnat qilmasa, faqat boshqa saytlardan o’girlab yozasizlar. Nega, o’zlaringda yozishga arzigulik narsalar yo’qmi, birovni hisobiga sayt yuritish va reklama ham o’rnatish, bu menimcha noxaqlik bo’lsa kerak.
    Xurmat bilan Otabek Rasulov, Qashqadaryo viloyatidan.

    1. Hurmatli Otabek Rasulov e’tiboringiz va bizni doimiy ravishda kuzatib borayotganingiz uchun sizga rahmat. Sayt ma’muriyati saytda turli manbalardan olib va o’zimiz ham tarjima maqolalar e’lon qilib boramiz. Hozirda ma’muroyatning asosiy diqqati foydalanuvchilar tomonodan kelgan savollarni saralash, tahrirlash va ularga javob berishga qaratilgan (atf.uz) . Biz asosan keng jamoatchilik uchun manba qo’ygan holatda foydalanishga ruxsat bergan manbalardan ma’lumotlarni saytda ulashib boramiz. Va bir nechta saytlar hamda jurnallar bilan tegishli kelishuvimiz ham mavjud. Albatta, sizning tanqidingizni ham inobatga olib, kelgusida mualliflik maqolalarimizning sonini ko’paytirib boramiz. Rahmat.

Fikr bildirish

Sizning emailingiz chop etilmaydi. To‘dirish zarur qatorlar * bilan belgilangan.

Close