Foydali maslahatlar

Hamma sog‘lom bovlishni va uzoq umr ko‘rishni istaydi. Ammo xavf-xatarlar, zararli odatlar, nafs, hissiyotlarga to‘la dunyoda buning uddasidan chiqish har kimning ham qo‘lidan kelavermaydi. Quyidagi maslahatlar oddiy bo‘lishiga qaramay juda samaralidir:

  1. Qizil rangli meva va sabzavotlardan ko‘proq yeng! Qizil bulg‘or tarkibida C vitamin ko‘p. Qizil lavlagi esa qon tomirlarni kengaytiruvchi nitratlarga boy. Pomidor esa saraton va yurak kasalliklarini oldini louvchi likopen moddasining manbasidir.

2. Yuguring. Yugurish yurak-qon tomir tizimi kasalliklari xavfini 30 % gacha kamaytiradi.

  1. Banan yeng. Bu meva qon bosimini pasaytiradi. Hamda uning tarkibidagi kaliy moddasi qon ivishida hizmat qiladi.
  1. O‘tirib-turing. Bu oddiy mashq mushaklar mustahkamligini ta’minlaydi.
  1. Ko‘k choy iching. Choy qondagi stress gormonlar miqdorini kamaytirib, yurak xuruji xavfini 20-25 % gacha kamaytiradi.
  1. Odatdagidan 1 soat ortiqcha uxlang! Ortiqcha uyqu qon bosimini pasaytiradi va me’yorlashtiradi. Bundan tashqari stressga qarshi kurashda ortiqcha uyqu yordam beradi.
  1. Qatiq iching. Bir kunda bir payola qatiq ichish oshqozon-ichak tizimi faoliyati uchun kata ahamiyatga ega.
  1. Tishingizni tozalang. Tishlarni doimiy tozalash qandli diabet, aql zaiflashuvidan hamda yurak-qon tomir, hazm tizimi kasalliklari kelib chiqishidan himoyalaydi.
  1. Naycha orqali nafas oling. Har kuni quyidagi mashqni bajarishga odatlaning. Og‘zingizga naycha (suyuqlik simiriladigan) solib olasiz va burun orqali nafas olib, naychadan nafas chiqarasiz. Shunda o‘pkaning ishi yengillashadi.
  1. Uyingizni ozoda tuting. Toza va ozoda joyda istiqomat qiluvchi insonlar qonida serotonin, ya’ni baxt va quvonch garmoni ko‘p bo‘ladi.
  1. Har kuni sayrga chiqing. Toza havoda 1-2 soat sayr qilish miyani tinchlantiradi, miyaga dam berib, aqliy zaiflikning oldini oladi.
  1. Kamroq yeng! Ilmiy tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, odam odatiy ovqatga bo‘lgan me’yorni 30% kamaytirsa, uning umri ikki baravar uzayadi.

Shahnoza Saidova. 

Oliy toifali shifokor.

“Shifo-info” gazetasidan olindi.

 

2 комментария

  1. Bo’y ostirish uchun nima qilish kerak

  2. qorin bo’shlig’ida sekin kuchayib boradigan og’riq turganda qanday qilib to’xtatish mumkin?

So‘rov qoldirish

Sizning emailning chop etilmaydi.To‘ldirilishi zarur qatorlar * bilan belgilangan *

*