Sog‘liq uchun eng foydali 7 ta sabzavot

Sog‘liq bo‘lsa bas, boshqa hamma narsa o‘z-o‘zidan bo‘laveradi, degan gapni kundalik hayotimizda tez-tez eshitamiz. Kayfiyatning yaxshiligi, rejalashtirilgan ishlarning amalga oshishi, maqsadlar tomon aktiv tarzda intilish – barchasi juda katta ma’noda jismoniy va ruhiy salomatligimizga bog‘liqligi rost. Salomatligimizning davomiyligi esa asosan o‘z qo‘limizda! Aslini olganda, o‘zbek dasturxoni turli xil sog‘lik uchun foydali bo‘lgan ne’matlarga to‘la. Ammo biz e’tibordan chetda qoldiradigan ba’zi tabiat in’omlari ham borki, ularni muntazam ravishda iste’mol qilish qanchalik foydali ekanligini quyida biz bilan o‘rganasiz.

(Ushbu ma’lumotlar yillar davomida ishonarli manbalardan to‘plangan bilim va kundalik tajriba-sinovlarimizga asoslangan.)

Ismaloq

Shpinat

Nega multfilm qahramoni Dengizchi Papay kuch yig‘ib olish uchun faqat ismaloq tanovul qilgan deb o‘ylaysiz? Bu o‘simlikning foydali xususiyatlaridan ajdodlarimiz ming yillardan buyon bahramand bo‘lib kelishgan. Ismaloq vitamin K, vitamin A, marganets, temir moddasi, magniy, kalsiy, fosfor, rux, vitamin C, E va B2, folat, protein kabi yurak kasalliklariga, oshqozon, ko‘krak, prostata hamda
teridagi saraton (rak) kasalligiga qarshi kurashuvchi 12 xildan ortiq vitaminlarga ega. Bundan tashqari, ismaloq yuqori qon bosimi, ko‘z va ko‘rish muammolarini kamaytirib, suyaklarning mustahkamligini ham oshiradi.

Ismaloq

Ismaloq salat

Maslahat: ismaloq tarkibidagi barcha vitaminlarni saqlab qolish uchun, uni xomligicha (salatlarga solib) iste’mol qilgan ma’qul. Lekin o‘zbekcha somsa yoki mantida ham vitaminlarning asosiy qismi saqlanib qoladi.

Zanjabil

 

Zanjabil

Ruschasi „имбирь“, inglizchasi „ginger“

Dastlab Xitoy va Hindistonda, keyinchalik Yevropa mamlakatlarida ham bir necha ming yillardan beri kulinariya va tibbiy maqsadlarda ishlatilib kelinayotgan bu o‘simlik tomiri turli vitamin va minerallarga boy bo‘lib, iste’mol qilinganda quyidagi juda foydali tomonlarni o‘zida mujassam etadi:

  • zanjabildan tayyorlangan choy homilador ayollarda uchraydigan ko‘ngil aynishini bolaga hech qanday salbiy ta’sir ko‘rsatmagan tarzda bartaraf etadi;
  • zanjabildan tayyorlangan choy tomoq og‘rig‘i, grip va shamollashga davo bo‘ladi;
  • oshqozon-ichak yo‘llaridagi yallig‘lanishlarni davolaydi;
  • hazm qilishga yordam berib, qorin damlashini bartaraf etadi;
  • artrit sababli tizzalarda paydo bo‘lgan og‘riqni kamaytiradi;
  • sport yoki og‘ir mehnatdan keyin muskullarda paydo bo‘ladigan og‘riqlarni, qizlarda hayz paytida uchraydigan og‘riqlarni yengishda yordam beradi;
  • tanani isitib, jinsiy qobiliyatni oshiradi.
Zanjabil choy

Zanjabil choy

Zanjabil kukun yoki choy shaklida yurtimiz dorixonalarida yoki ziravor rastalarida topiladi. O‘zining super-sog‘lomlik xususiyatidan tashqari, u ovqat va salatlarga biroz nordon va ajoyib aromatik ta’m bag‘ishlaydi.

Maslahat: Mashinangizda zanjabildan tayyorlangan konfetlar saqlasangiz, yo‘l davomida ko‘ngli aynigan yo‘lovchilaringizga katta yordam bergan bo‘lasiz.

 Lavlagi bargiblog lavlagi

Aziz bekajonlar, xonim pishirganingizda, ichiga bir lavlagi bargi solib ko‘rganmisiz? Ta’mi og‘zingizda qoladi! Eng asosiysi, oila a’zolaringiz tanasiga sanoqsiz vitaminlar ulashgan bo‘lasiz! Vitamin A, B, C, E va vitamin K ga, temir moddasi, kalsiy, magniy, protein va boshqa minerallarga boy bo‘lgan lavlagi barglari yurak kasalliklari, anemia, oq qon va o‘pka rakiga qarshi kurashib, terini tiniqlashtiradi, ko‘rish xususiyatini yaxshilaydi, suyaklarni mustahkamlaydi. Yaxshilab yuvilgan lavlagi barglaridan salat tayyorlasangiz, yoki bir qoshiq yog‘ solingan tovada ozroq „o‘ldirib“ olib iste’mol qilsangiz ham mazali bo‘ladi.

Sholg‘om

blog sholgomBolalikda ko‘pchiligimiz ta’mini yoqtirmagan bo‘lsak ham, meyoriga yetkazib pishirilgan sholg‘om taomimizga o‘zgacha maza qo‘sha oladi. (Ayniqsa, suzma lag‘mon sholg‘omsiz bo‘lar ekanmi!?) Turli vitaminlarga, temir moddasi, yod, fosfor, rux, marganets va kalsiy kabi minerallarga boy bo‘lgan bu sabzavot organizmdagi qonni tozalashga, jigar va oshqozon faoliyatini yaxshilashga yordam beradi. Yurak urishini normallashtirib, astma va bronxial kasalliklarni davolashda katta rol o‘ynaydi. Qizig‘i shundaki, sholg‘om tanadan chiqadigan turli xil noxush hidlarni ham bartaraf etadi.

Ma’lumot: Jigar yoki buyrak kasalliklarida sholg‘omni xomligicha yeyish, yoki uni juda ko‘p miqdorda iste’mol qilish tavsiya etilmaydi. Markaziy nerv sistemasi muammolari bilan qiynaladiganlar uchun ham sholg‘omli ovqatlar tavsiya etilmaydi; yosh bolalarga 2 yoshga to‘lishdan avval yedirilmasligi zarur.

Bulg‘or qalampiri

blog paprika

Vitamin C ga judayam boy bo‘lgan bu rang-barang sabzavot organizmdagi immunitetni oshirib, teri, milk va ko‘zlar sog‘lomligini ta’minlaydi. Qondagi qand miqdorini balansgasoladi; keksalik bilan bog‘liq bo‘lgan kasalliklar, astma, yurak va saraton kasalliklariga qarshi kurashadi.

Bulg‘or qalampirini doimiy ravishda iste’mol qilib turgan bo‘lsangiz, kelajakda keksalik bilan bog‘liq kasalliklarning ham birmunchasini ko‘rdim demasligingiz aniq! Ayniqsa, homilador ayollarimizga bu sabzavotni tez-tez tanovul qilish kuchli tavsiya etiladi.

Oshqovoq

Kürbis

Oshqovoqli somsani yaxshi ko‘rasizmi? Umuman, tez-tez oshqovoq iste’mol qilib turasizmi? Unday bo‘lsa, salomatligim haqida yaxshi qayg‘urganman deb hisoblayvering. Yengil diyeta taom bo‘lishiga qaramay, odamni uzoq to‘q tuta oladigan bu sabzavot prostata raki, o‘pka va ko‘krak rakining oldini oladigan xususiyatga ega. Oshqovoq yurak kasalliklari xavfini kamaytiradi, organizmdagi hujayralar mustahkamligini oshiradi va qon tarkibidagi qand miqdorini normallashtiradi. Bundan tashqari, iste’mol qilingach, oshqovoq tarkibidagi triptofan moddasi tanada serotoninga aylanib, charchoqni chiqaradigan va kayfiyatni ko‘taradigan xususiyatlarga ham ega. Eng qizig‘i, oshqovoqni sevuvchilar hayotda uzoqroq muddat yosh ko‘rina oladilar!

Qaymoqli Oshqovoq Sho‘rva resepti

 sho‘rva

Qaymoqli oshqovoq sho‘rva

Qozonga 2 qoshiq saryog‘ solib, 1 dona piyoz va 2 dona sarimsoqni qovuring. Ustidan 1 dona kartoshka, 2 dona sabzi, 600 gramm oshqovoqni katta-katta to‘g‘rab soling. Yarim litr suv va bitta bul’on kubigi solib, past olovda sabzavotlar pishguncha 25 daqiqa qaynating. Olovdan olib, biroz sovuting. Keyin meksir bilan sho‘rvani pyure holatiga keltiring. Pyurega yarim stakan qaymoq, tuz, murch va ta’bga ko‘ra yangi uzilgan kashnich yoki ko‘k piyoz to‘g‘rab solib, hammasini aralashtiring. Tayyor sho‘rvani qanday bezash esa fantaziyangizga bog‘liq. Yoqimli ishtaha!

Sabzi

Carrot vegetable with leaves

„Ko‘proq sabzi ye – bo‘ying o‘sadi“, deb uqtirishga harakat qilishar edi bolaligimizda bizga kattalar. Qizig‘i shundaki, bu sabzavotimiz faqatgina bo‘y o‘stirish bilan cheklanib qolmay, soch, teri va ko‘z uchun ham muhim bo‘lgan ozuqalarga boy hisoblanadi. Bundan tashqari, sabzi tarkibidagi vitaminlar jig‘ildon qaynashi, yurak va turli xil saraton kasalliklarining oldini olishda katta yordam beradi.

Yuqoridagi ma’lumotlarning sizga ozgina bo‘lsada foydasi tekkanidan xursandmiz. Siz yana qanday foydali o‘simliklar va sabzavotlarni maslahat bergan bo‘lar edingiz? Fikrlaringizni yozib qoldirishni unutmang!

poydevor.wordpress.com

So‘rov qoldirish

Sizning emailning chop etilmaydi.To‘ldirilishi zarur qatorlar * bilan belgilangan *

*