Follikula nima? Follikulaning normal yetilishi va patologik holatlari

Tuxum hujayralar yangi hayot beruvchi mo‘jizadir. Tuxumdonlarda tuxum hujayralar qobiq bilan o‘ralgan bo‘ladi. Bu qobiq follikula deb ataladi. Tuxum hujayra yetilganda follikula ham yetiladi. Follikulyar bo‘shliq suyuqlik bilan to‘lgan, shu suyuqlikda esa tuxum hujayralar ham joylashgan bo‘ladi.

Follikulaning o‘sishi va yetilishi qanday amalga oshadi?

Follikulaning yetilishi

Tuxumdon follikulalari — tuxum hujayralarni o‘rab turuvchi orolchadir. Yetilmagan yosh folliklulalar tuxumdonga embriogenez davrida o‘tadi. Bola tug‘ilayotganda umumiy ko‘chib o‘tgan yetilmagan follikulalar soni 1-2 millionga yaqin bo‘ladi. Ularning ko‘p qismi keyinchalik so‘rilib ketib, qiz bola balog‘at yoshiga yetganda 300 mingga yaqinlashib qoladi.

Balog‘at yoshida har bir hayz ko‘rish davrida follikulani stimullovchi gormonlar ta’sirida 10 ga yaqin folliklulalar yetiladi. Yetilgan tuxum hujayralarning tashqariga chiqishi yaqinlashganda (ovulyatsiya davriga yaqin) dominant follikul hosil bo‘ladi. Uning hajmi kattalashishda davom etadi, shu paytda tuxumdonda katta bo‘lmagan bo‘shliq hosil bo‘lib, u suyuqlik bilan to‘lgan bo‘ladi.

Ovulyatsiya davriga yaqin bu bo‘shliqning diametri 2 sm gacha yetadi va u graaf pufakchasi deb nomlanadi. Ikkilamchi follikulalar diametri kichikroq bo‘ladi. Tuxum hujayralar graaf pufakchasidagi suyuqlikda “suzib” yuradi.

Tuxum hujayralarni o‘rab turgan follikulaning yetilish davomida ayollik jinsiy gormoni – esterogen hosil bo‘la boshlaydi. Follikulalarning yetilishi uchun o‘rtacha  2 hafta ketadi. Ovulyatsiya davriga bir kun qolganda esterogen gormoni miqdori birdan ko‘tarilib ketadi, bu esa lyutenlovchi gormonlarning ajralishiga olib keladi. Dominanat follikula ovulyatsiya paytida yoriladi, undan urug‘lanishga tayyor bo‘lgan tuxum hujayralar chiqadi. Qolib ketgan follikula so‘rilib ketadi.

follikullar rivojlanishi
Follikullar rivojlanishi

Hayz siklining fazalari

Hayz sikli follikulalarning joylashgan joyiga va ularning hajmiga qarab fazalarga bo‘linadi. Hayz ko‘rgandan so‘ng boshlanadigan faza – follikulyar faza deyiladi. Tuxum hujayraning follikulani yorib chiqish davri – ovulyatsiya fazasi deyiladi.

Lyutinlovchi faza esa ovulyatsiya davridan boshlanadi. Graaf pufakchasi hujayralari tuxum hujayralari chiqqandan so‘ng sariq tana hosil qiladi. Sariq tana esa progesteron gormonini hosil qila boshlaydi. Progesteronning vazifasi esa bachadon endometriy qavatini urug‘langan tuxum hujayra implantatsiyasiga tayyorlashdir. Agar urug‘lanish bo‘lmasa, sariq tana hayz ko‘rish oldidan so‘rilib ketadi.

Tuxmdonda bo‘ladigan o‘zgarishlar shunday ko‘rinishda davom etadi. Endi esa ko‘pchilik ayollar beradigan savolga javob beramiz: follikulalar qancha bo‘lishi bo‘lishi kerak?

Ushbu maqolani ham o‘qing:  Revmatoid artrit

Tekshiruv jarayonida follikulalar UTT (UZI) ekranida yaxshi ko‘rinadi. Follikula va tuxumdonlarda bo‘layotgan o‘zgarishlarni bilish uchun, ularda UTT tez-tez o‘tkazilib turilishi maqsadga muvofiqdir. Tekshiruv natijasida o‘rtacha 1-2 tadan 4-5 tagacha follikulalar aniqlanadi. Normada ba’zi hollarda 2-3 ta dominanat follikulalar ham paydo bo‘lishi mumkin.

Ba’zi hollarda masalan EKO (ekstra korporal urug‘lantirish)da follikulalarni stimullab, 4-6 tagacha dominant follikulalar hosil qilinadi. Follikulalarni stimullash uchun xorionik gonadotropin (XG) saqlovchi maxsus ukollardan foydalaniladi. Agar 1 tagina follikulaga ishonib, EKO o‘tkazilsa natija berish foizi kam bo‘ladi.

Follikulaning yetilishini UTT da monitoring qilish

Follikula yorilmasligi

Follikulalarning juda kattaligi va ko‘pligi bilan kechadigan hayz sikli patologiyadan dalolat beradi. Gormonal o‘zgarishlar fonida turli xil kasalliklar kelib chiqishi mumkin. Masalan, follikular va lyuteinlangan tuxumdon kistasi. Bunda ovulyatsiya jarayoni bo‘lmagan yetilgan, yirik follikulalar hosil bo‘ladi. Follikulalar yetilishining buzilishi va ovulyatsiya kuzatilmasligi – ayollarda farzandsizlik kasalligining belgilaridan biridir.

Bepushtlikka follikulalar yetilishining buzilishi sabab bo‘layotganini inkor etish uchun UTT monitoring o‘tkaziladi. Buning uchun UTT da tuxumdonlarni bir necha kun davomida tekshiriladi. Follikulalar hajmi, soni aniqlanadi. Tekshiruv follikulometriya deb nomlanadi.

Follikulometriyaning yettinchi kuni follikulalar kichik, 5-6 mm diametrli ko‘rinishda, suyuqlik bilan to‘lgan tuxumdon bo‘shlig‘ida aniqlanadi.

11-kuni follikulalar hajmi 10-12 mm diametrda aniqlanadi. O‘ta aniqlik bilan dominant follikulani aniqlasa bo‘ladi.

Follikulalar 12-kuni 18 mm diametrdagi hajmni egallaydi. Katta hajmdagi ya’ni 21 mm follikula aniqlanishi tez kunda ovulyatsiya jarayoni bo‘lishidan dalolat beradi. Odatda bu hayz siklining o‘rtalariga, 13-15 kunlarga to‘g‘ri keladi. O‘ta katta follikula 28-30 mm va undan kattalari follikulyar kista hosil bo‘lganidan dalolat beradi. Bunday kistalar ko‘pincha funksional hisoblanib, o‘z-o‘zidan yo‘q bo‘lib ketadi.

14 kuni ovulyatsiya kuzatiladi. Dominant follikulaning yorilganidan so‘ng, u yo‘qolib ketadi yoki hajmi kichrayadi.

Ovulyatsiya tugaganidan so‘ng yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek, follikulalar sariq tanaga aylanadi. Homilador bo‘lish uchun sariq tana gormoni – progesteron miqdori katta rol o‘ynaydi. Agar ushbu gormon miqdori keragidan kam bo‘lsa, homiladorlik kuzatilmaydi yoki erta davrlarida tugab ketadi. Bunday hollarda sariq tana yetishmovchiligi deb aytiladi. Bu patologiyani inkor etish uchun UTT tekshiruvi davom ettiriladi va qonda progesteron miqdori tekshiriladi.

Follikular rivojlanishdan ortda qolishi

Follikula yetilmasligi

Yuqorida ta’kidlab o’tganimizdek, follikula yetilishida ular ma’lum bosqichlarni bosib o’tib, so’ngra yetiladi. Erta davrlarda follikulalar yetilishi bir xil kechadi, barcha follikulalar bir vaqtda bir xil kattalikda yetila boshlaydi. Vaqt o‘tib ular orasidan biri o‘sishda tezlashadi va dominant bo‘ladi. Dominant follikula hajmi 15 mm gacha yetadi, qolganlari esa atreziyaga uchraydi (ortga qaytadi, so‘rilib ketadi).

Ushbu maqolani ham o‘qing:  Bolani sutdan ajratish (Pediatr tavsiyasi)

Dominant follikulaning yorilishi ahamiyatli jarayon, chunki yetilgan tuxum hujayralar shu yo‘l bilan chiqadi.

Follikula yorilmasligi sababi nima?

Ayollarda ko‘pincha savol tug‘iladi, nega yetilgan follikulalar yorilmaydi? Sabablari esa bir qancha. Bunga javob follikulaning devorining qalinligi yoki gormonal muvozanat buzilishidir. Agar sariq tana erta shakllanib qolsa, ya’ni follikula yorilishidan avval, uni ovulyatsiyalanmagan follikula deyiladi. Bu holatda dominant follikula normal yetilishi ham mumkin. Keyinchalik bu follikula yorilmasa ham, sariq tana hosil bo‘laveradi. Demak yetilgan bo‘lsa ham qobiq qalinligi sababli yorilmagan follikuladan tuxum hujayralari chiqa olmaydi va urug‘lanish, homilador bo‘lish ham kuzatilmaydi.

Keyingi sabab persistensiya. Persistensiyada dominant follikul hosil bo‘ladi, follikula normal yetiladi, lekin yorilmaydi. Persistensiyalashgan follikula butun hayz davomida saqlanib turadi.Shuni ham hisobga olish kerakki, persistensiyalangan follikula hayz siklidan keyin ham saqlanib qolishi mumkin. Bu holatning o‘ziga xos xususiyatlari: sariq tananing hosil bo‘lmasligi, esterogen gormoni miqdori ko‘payishi, progesterone miqdori kamayishi, bachadon bo‘shlig‘ida erkin suyuqlik bo‘lmasligi kuzatiladi.

Follikulalarning yo‘qligi

Agar ayolda follikulalarnig yo‘qligi aniqlansa, demak tuxumdonlarning disfunksiyasidan dalolat beradi. Erta klimaksda ya’ni 45 yoshgacha bo‘lgan holatlarda, follikulalar yo‘qligi aniqlanadi. Tibbiy nuqtai nazar bilan qaralganda bu holat normal emas. Va ushbu holatni davolash maqsadida gormonal terapiya tavsiya etiladdi, jinsiy hayotni tiklashga harakat qilinadi.

Ayolda ovulyatsiya jarayoni qiyin kechishi hayz siklining cho‘zilishi fonida ham ko‘rinadi. Hayz sikli 35 kundan uzoq, yoki 21-kundan erta boshlansa, yetilmagan yoki hayotiy qobiliyati yo‘qolgan tuxum hujayralar ko‘payish xavfi borligidan daolalatdir.

Follikula yetilmasligiga sabab nima?

Bunga javoblar erta klimaks, tuxumdon funksiyasining buzilishi, ovulyatsiya bilan bog‘liq muammolarda follikulalar yetilmaydi yoki bo‘sh follikulalar hosil bo‘ladi. Yosh ayollar uchun bu muammo, va davolanishni talab qiladi. Biroq yoshi katta ayollar uchun bu norma bo‘lishi mumkin.

Ba’zan ayollarda ovulyatsiyasiz hayz ko‘rish ham kuzatiladi. Bu davr “dam olish“ davri deyiladi yoki tuxumdonning regeneratsiyasiyasi. Bunday holat 2-3 marta 1 yilda ayrim sog‘lom ayollarda ham kuzatiladi. 33-34 yoshlardan keyin bu holat bir yilda 3-4 martagacha ham ko‘payishi mumkin.

Yosh kattargan sari anovulyator sikl uchrashi ko‘payib boradi. Bundan tashqari ozg‘in, diyetaga qat’iy rioya qiluvchi ayollar ovulyatsiya yo‘qligidan va hayz ko‘rmaslikdan ham ko‘p shikoyat qilishadi. Hosil bo‘layotgan esterogen miqdori ham kamayadi, shuning uchun hayz sikli ham yo‘qoladi.

Ushbu maqolani ham o‘qing:  Homiladorlik taqvimi: 15-hafta

Noto‘g‘ri rivojlanish

Noto‘g‘ri rivojlanish natijasida kelib chiqqan bepushtlikni aniqlash uchun UTT diagnostikasi qo‘llaniladi. Odatda sikl boshlangandan 8-10 kunlari va hayz ko‘rgandan keyin tekshirish olib boriladi. Tekshiruvlardan so‘ng shifokor quyidagilarni aytishi mumkin:

  • Normal ovulyatsiya;
  • Dominant follikula regressiyasi (kichrayishi);
  • Persistensiya;
  • Follikular kista;
  • Lyuteinizatsiya;
  • Follikula yetishmasligi.

Ko‘rib turganingizdek, oddiy UTT tekshiruvi orqali ham ayollarda bepushtlikning sabablarini aytib bera olish mumkin. Shifokor tekshiruvdan keyin ayolda qanday muammoni topsa, shu muammoga qaratilgan aniq davo chorasini ham qo‘llaydi. Maqola yuzasidan fikr va savollaringizni izoh shaklida yozib qoldiring!

© Avitsenna.uz

 


 

Savol:  Follikula yorilmasligiga sabab nima? Davolangan bo‘lishiga qaramay, homilador bo‘lmaslik mumkinmi? Nimaga bu muammo hozir ko‘p uchrayapti va davolash muammo hisoblanadi?

Javob: Follikulani yorilmasligining sabablari ko‘p, masalan tuxumdonlarning shamollashi (o‘tkir yoki surunkali), gormonal yetishmovchilik va hokazo. Agar follikula yorilsa, homilador bo‘la oladi, agar yorilmasa, tuxumdon follikuladan chiqmaydi va ayol homilador ham bo‘la olmaydi.
Davolash muammo hisoblanmaydi, kasallikka to‘g‘ri yondashilib, davolansa bo‘ldi. Hozirda bu patologiyaning ko‘p uchrayotganiga asosiy sabablardan biri — oldin UTT apparatlari bo‘lmas, shuning uchun follikula yorilgan yoki yorilmaganini bilib bo‘lmas edi. Bundan tashqari — qiz bola yoshlikdan surunkali ravishda kerakli mahsulotlarni iste’mol qilmasligi, ko‘p shamollash va ekologiya buzilishlari ham sabab bo‘lishi mumkin.

© Javlon Abdullayev, shifokor.

Maqolani baholashni unutmang, iltimos!
1 baho2 baho3 baho4 baho5 baho

Loading...

Telegramdagi rasmiy kanalimizga a’zo bo‘ling!

A’zo bo‘lish
loading...

Tegishli maqolalar

6 ta izoh

  1. СКВ(системная красная волчанка) wu kassallik xaqida kuproq ma’lumot bersangiz iltimos bu kassalikka davo bormi bu kasallik aniqlangan va davolaniw kursini utayotgan bemor xomilador buliwi va farzand kuriwi mumkinmi oldindan raxmat

  2. Iltimos sizdan. Telegranda lichka yoki gruppa adresingizni jonatsangiz. Sizlarga utt rasmini jonatsam degan edim. Maslaxatingiz kerak

  3. hayz siklini 19 kunida folekula 30 mm bu yana osiwi munkunmi? folekulyar kistaga aylansa qanaqb davolansa boladi? operatsiya yoli bn olib tawlamasdan davolasa boladimi? kistani zarari yoqmi farzandli boliwga tosqinli qimidimi?

    1. Follikulyar kistaga aylansa ham konservativ davo chorasini qo’llash orqali yo’qotish mumkin. To’liq va malakali davolanilsa, albatta, kelgusida farzandli bo’lishga to’sqinlik qilmaydi. Ginekolog maslahatini olishingizni tavsiya etamiz. Tuxumdon kistalari haqida mana bu maqola orqali ham ma’lumot olishingiz mumkin: https://dnk.uz/k/tuxumdon-kistasi/

Fikr bildirish

Sizning emailingiz chop etilmaydi. To‘dirish zarur qatorlar * bilan belgilangan.

Close