Farzandsizlik — «og‘ritmas dard»

Farzandsizlik hozirda ko‘pchilikni qiynayotgan «og‘ritmas dard» hisoblanadi. Tibbiy jihatdan olib qaraydigan bo‘lsak, farzand ko‘rmaslikning ko‘pgina holatlari uchraydi. Bularga ko‘pgina kasalliklar, a’zolardagi kamchiliklar va hokazo tibbiy asoratlar. Bulardan tashqari farzandsizlikning oddiygina ijtimoiy tibbiy holatlari ham borki, bular ta’sirida sog‘ insonni ham turli «xalq tashxislari» orqali kasalga yoki «farzandsiz» degan nomga musharraf qilib qo‘yish mumkin. Biz hozir shunday sabablar bilan sizni tanishtirib o‘tamiz:

Birinchi sabab, ayrim yosh kelin-kuyovlardagi olti oygacha muddatda farzand bo‘lavermasligini fiziologik holat ya’ni meyor deya qabul etishmaydi. Chunki, bunda organizmdagi ayrim «elementlar» o‘zaro bir biriga moslashib olgunicha vaqt kerak bo‘ladi. Lekin, yoshlar buni tushunmasligi tufayli munosabatlarni chigallashtiradi.
Ikkinchi sabab, farzand bo‘lishini o‘ta intiq kutish, bu borada kelinlarga qilinadigan tazyiqlar (ayniqsa, qaynonalar tomonidan) ham o‘z salbiy ta’sirini ko‘rsatmay qolmaydi. Ziqliq natijasida, qolaversa, «hayz oldi sindromi» paytidagi siqilishlar homilaning ko‘z ilg‘amas darajada kichik paytidayoq sezilmay, odatiy qoni tarkibida tushib ketaverishiga sabab bo‘lishi mumkin;
Uchinchi sabab, yosh kelin-kuyovlar orasida «jinsiy munosabat nechog‘li ko‘p bo‘lsa, shuncha tez farzandli bo‘lish mumkin» degan noto‘g‘ri tushuncha mavjud.  Ammo, farzandli bo‘lish uchun erkakning uch kunlik urug‘i yig‘ilsagina kifoya qiladi.
To‘rtinchi sabab, jinsiy munosabatdan so‘ng, ayol kishi o‘z vujudidan erning urug‘ suyuqligi oqib chiqib ketmayotganligiga e’tiborli bo‘lishimaydilar. Jimodan so‘ng tezda g‘usl qilish uchun turib ketish yaramaydi. To‘la urug‘lanish o‘z o‘rnida qaror topishi uchun ikkovlon bir necha soat o‘rinlaridan qo‘zg‘almay suhbatlashib yotganlari ma’qul;
Beshinchi sabab, o‘ta tez jinsiy munosabatda bo‘laverish ayrim hollarda ayol qinida erkakning spermasiga nisbatan qarshi antitelolar hosil bo‘lishi mumkin. Buni sodda qilib tushintiradigan bo‘lsak, biror kasal bilan kasallansangiz organizm unga qarshi antitelo ishlab chiqaradi. Siz esa sog‘ayasiz. Bu jarayon avvalgi holatning teskarisidir. Ya’ni ayol organizmi sog‘ayish niyatida antitelolar ishlab chiqaradi. Lekin, bu kasallikka, ayni farzandsizlik kasalligiga chalinishga sabab bo‘ladi. Bunga ilmiy tibbiyotda  «immunologik bepushtlik» deyiladi.
Asosiy ijtimoiy sabab, hozirgi kunimiz ko‘pchilikda sayohatlar bilan o‘tmoqda, birov ishlashga, birov dam olishga, kimdir o‘qishga va shunga o‘xshash «go‘shangadan uzoq holalar». Bunday holatdagi yoshlar o‘z jufti bilan haftada, oyda ayrimlari yilda bir marta uchrashishadi. Xotinlari esa, ota-onasining hizmatlarida bo‘lib yurishaveradi. Uchrashuv kechalari esa, doim ayolning tuxum hujayrasi yetilish vaqtiga ya’ni ovulyatsiya davriga to‘g‘ri kelavermaydi. Tabiy holki, farzandni keyingi safar kelganda ko‘rish kechikib boraveradi.
Aslini oladigan bo‘lsak, har bir oilaning ijtimoiy fikrlashiga qarab, bu sabablar ham o‘zgarib boradi. Biz misol qilgan sabablar umuman olganda, bizning jamiyatda kuzatilib turgan oddiy holatlardir. Agar shu holatlar bartaraf etilsa, balki , ajralishlar soni kamayarmidi!!!

Omon bo‘ling, azizlar.

3 комментария

  1. uruglik pasayib ketishtan nima sabab buladi

    • Erkin, bunga sabablar juda ko`p.
      Masalan gormanal buzilishlar, achchiq ta`omlarni ko`p yeyish, ruhan qo`rquv, jismoniy jihatdan zaiflik!

  2. Bizni 2011 yilda tuyimiz bulgan.2012 yil sentyabr oyidan davolanishni boshlaganmiz. 2015 yil Andro.-medda suniy urug’lantirish qildirdik. Natija bulmadi. Mart oyida tirmush urtogim varakasella borligini dopler orqali aniqlashtirib oldirdi. Mana hozirgi kunga qadar natija yuq. Man 2 marotaba Gidratubatsiya qildirdim. Natija bulmadi. Endi qaerga va kimga kurinishni bilmaymiz.

So‘rov qoldirish

Sizning emailning chop etilmaydi.To‘ldirilishi zarur qatorlar * bilan belgilangan *

*