Jinsiy quvvatni oshirish usullari

Odatda yosh o‘tgani sari erkaklar erlik quvvati bilan bog‘liq muammolarga duch keladi. Ba’zilar bu muammoning yechimini izlasa, ba’zilar tushkunlikka tushib, jinsiy aloqadan voz kechib qo‘ya qoladi. Bunday kishilarga androlog bilan birga psixolog ko‘magi ham kerak bo‘ladi. Ammo bugun biz muammoni dori-darmonlar bilan hal etishga kirishganlar haqida suhbatlashamiz.

jinsiy quvvatni oshirish
Foto: Jlmod.net

Dori-darmonlar bilan davolanish ko‘pincha yaxshi natija beradi. Ammo organizm uchun bu kimyoviy vositalar bezararmikin? Bu haqda ham o‘ylab ko‘rish lozim. Axir har bir dorining nojo‘ya ta’siri bo‘ladi-ku. Shuni unutmangki, har bir dorining kimyoviy tuzilishi jigar, buyrak va yurak tizimiga ta’sir etadi.

Erkaklarning quvvati qon aylanishiga bog‘liq. Jinsiy a’zoga qon yetib kelmayaptimi, uning sababini yurakdan izlash kerak. Negaki yurak-qon tomir faoliyatidagi o‘zgarishlar, tabiiyki, qon oqimini izdan chiqaradi. Bundan xulosa shuki, yurak uchun foydali narsalar erlik quvvati uchun ham foydalidir.

Masalan, yomon odatlar — tamaki chekish va alkogol ichimliklarni ichishni tashlash erkak salomatligini uzoq yillar davomida saqlab qolishiga yordam beradi. Kichik tos sohasidagi qon aylanishini yomonlashtiruvchi kamharakatlikka qarshi kurashish esa erkakni impotensiyadan saqlaydi.

Ammo biz xavfsiragan holat yuz berib ulgurgan bo‘lsa, nima qilish kerak? Ajdodlarimiz keksalikda ham erlik quvvatini saqlab qolganiga Oltmishvoy yoki Saksonvoylar isbotdir. Xo‘sh, ularning siri nimada? Ekologiya yoki dori-darmondami? U paytlarda potensiyani kuchaytiruvchi dorilar bo‘lmagan-ku? Demak gap ular iste’mol qilayotgan taomlarda, degan fikr haqiqatga yaqinroq. Yo‘q, bugun dasturxondagi barcha yeguliklarni sanab o‘tmaymiz. Birgina yong‘oq haqida suhbatlashamiz.

Yong‘oq erlik quvvatini oshiruvchi mahsulotlarning eng yaxshilaridandir. Uning tarkibida ko‘pgina foydali mikroelement va vitaminlar mavjud. Ayniqsa, unda B guruhi vitaminlari hamda rux ko‘p. Agar erkak organizmiga bu moddalar yetishmasa, erlik quvvati sustlashib boradi.

Erlik quvvatini oshirish uchun yong‘oq mag‘zi va asaldan qo‘lbola dori tayyorlash mumkin. Buning uchun ikki mahsulotdan teng miqdorda olamiz. Yong‘oqni go‘shtqiymalagichdan o‘tkazamiz yoki hovonchada tuyamiz. So‘ng uni asal bilan aralashtiramiz. Bu dorini ovqatlangandan yarim soat o‘tgandan so‘ng kuniga ikki mahal 2 choy qoshiqdan yeyish kerak.

Ushbu maqolani ham o‘qing:  Jinsiy aloqaning miyaga ta’siri

Bilasizmi-yo‘qmi, yetilmagan yong‘oq pishganidan foydaliroq bo‘ladi. Hatto undan murabbo ham tayyorlanadi. Aynan pishmagan yong‘oqdan erlik quvvati uchun yaxshigina dori tayyorlash mumkin.

Buning uchun 15 dona yetilmagan (ko‘k) yong‘oqni olasiz. Bu yong‘oqlarni iyunning 20 sanasidan 5 iyulgacha terib olishingiz kerak. Shuningdek, sizga 750 gramm shakar kerak bo‘ladi. Yong‘oqlarni po‘sti bilan ishlatamiz. Uni bir necha bo‘lakka bo‘lib, bankaga solasiz. Bir qator yong‘oq, bir qator shakar terib chiqasiz. So‘ng banka og‘zini qopqoq bilan mahkam yopib, bir oy davomida qorong‘i joyda saqlaysiz. Bir oy o‘tgach, yong‘oqdan hosil bo‘lgan shirani boshqa idishga quyib olasiz. Uni qopqog‘i yopiq idishda sovitkichda saqlaysiz. Bu shirani ovqatlangandan so‘ng yarim soat o‘tib bir osh qoshiqdan ichasiz.

Bu, albatta, davolanishning bir uslubi. Agar nafini sezmasangiz, tushkunlikka tushmang. Bu holatga qarshi shifokorlarda ko‘pgina usullar bor. Shuning uchun doim shifokor bilan maslahatlashishni kanda qilmang.

«Shifo-info» gazetasi.

 


SAVOL: Yoshlikdagi jinsiy quvvat umr o‘tgan sari pasayib borar ekan. Yoshlikdagi quvvatni 35-40 yoshda xam tiklasa bo‘ladimi. Nima qilish mumkin ? Qanday qilib tiklash mumkin ?

JAVOB: Yosh va vaqt o‘tgani jismoniy va aqliy salohiyat pasayib borgani kabi shahvat va jinsiy quvvat xam qandaydir normal me’yorda pasayib boradi. Hayotiy quvvat va shahvatni imkon qadar yaxshi va kuchli holda saqlab qolish uchun sog‘lom hayot tarzi kechirish, sog‘lom ovqatlanish va hokazolar kerak bo‘ladi. Qolaversa beparvolik natijasida shamollashlar, hayot tarzi va boshqa katta kichik sabablar oqibatida jinsiy quvvat pasaygan bo‘lsa uni to‘la emas, lekin ancha sezilarli darajada tiklash mumkin.


SAVOL: Yoshim 28 da. 1 yil avval uylandim. Bir yil ichida jinsiy aloqa hayotimiz boshidagidan ko‘ra ancha pasaydi. Avval jinsiy aloqa kuniga 2-3 bora bo‘lgan bo‘lsa, hozir 2-3 kunda bir bo‘layapdi. Oldini olsam yaxshi deb o‘yladim. Bu iqlim va mavsum, ya’ni qish va bahor ta’sirimi ? Nima maslahat berasiz ?

Ushbu maqolani ham o‘qing:  Erkak bepushtligiga sabablar ne?!

JAVOB: Oilaviy hayot boshida jinsiy aloqa kuniga 2-3 marta bo‘lgani normal holat. Bu shiddat keyin oilaviy hayotda o‘z me’yoriga tushib qoladi. Sizni yoshingizda jinsiy aloqani har 2 kunda qilish norma ( vaholanki norma degan narsa o‘ta cho‘ziluvchan, nisbiy va nozik mavzu).

Shahvat pasayishi iqlim yoki mavsumga aloqador emas. Umumiy tonus biroz o‘zgarishi oqibatida shahvat pasaysa boshqa organizm faoliyatlari orasida eng oxirida pasayadi. Shahvat ham instinkt, ya’ni tabiiy refleks. Aytaylik g‘am tashvishda ham va qish-bahorda ham qorin ochadi, uyqu keladi. Shahvat ham shulardan biri. Qolaversa, 28 yosh hali mavsum ta’sir qilib, shahvatni pasaytiradigan yosh emas. Bu holat balki 40 yoshdan keyin bo‘lishi mumkindir.

© Fayzullo Tursunovich, androlog, urolog seksopatolog.

Foydali maqola: 

Maqola sizga yoqdimi? Unday bo‘lsa, baholang!
1 baho2 baho3 baho4 baho5 baho

Loading...

Telegramdagi rasmiy kanalimizga a’zo bo‘ling!

A’zo bo‘lish
loading...
Ko‘proq ko‘rsatish

Aloqador maqolalar

Fikr bildirish

Sizning emailingiz chop etilmaydi. To‘dirish zarur qatorlar * bilan belgilangan.

Close