3.9
(29)

Er-xotin munosabatlari yaxshi bo‘lishi uchun jinsiy munosabatlarning ahamiyati juda katta. Hozirgi zamon muammolaridan biri — bu erkakning jinsiy munosabatlarga bo‘lgan ehtiyojining pasayishidir.


Har bir erkakda jinsiy ehtiyojini qondirish muddatining o‘rtacha davri bo‘ladi. Bir erkak uchun har kuni jinsiy aloqada bo‘lish talab etilsa, boshqa erkakka haftada yoki oyda 1 marta aloqa qilish yetarli bo‘ladi. Bu faktor asosan ularning yoshligidan shakllanib kelgan gormonal salomatligiga bog‘liq bo‘lib, unga biroz ta’sir qilish mumkin, lekin keskin o‘zgartirishning iloji yo‘q. Ya’ni jinsiy aloqaga oyda 1 marta ehtiyoji mavjud erkakni tabiiy ravishda har hafta aloqa qilishga ehtiyojini uyg‘otishning iloji yo‘q.
Muhimi shundaki, turmushning ilk yillarida erkak qanchalik aktiv yoki passiv bo‘lsa, umr davomida tashqi faktorlar ta’sir etmasa, bu ko‘rsatkich atrofdagilarga nisbatan deyarli o‘zgarmaydi. Ya’ni 20 yoshdagi do‘stlariga nisbatan aktiv erkak 60 yoshida o‘zining yoshligiga nisbatan passivroq bo‘lgani bilan, 60 yoshlik do‘stlariga nisbatan baribir aktivroq bo‘ladi.

Ayollarda erkaklardan farqli o‘laroq hayot davomida yuz beradigan keskin gormonal o‘zgarishlar tufayli jinsiy ehtiyoj doim o‘zgarib turadi.

Yuqoridan xulosa chiqaradigan bo‘lsak, erkak tumushning ilk yillarida aktivlikni ko‘rsatgan bo‘lib, bir necha yil o‘tgach birdan jinsiy ehtiyoji pasayib qolgan bo‘lsa, bunga biron tashqi faktor ta’sir qilganligi aniq.
Tashqi faktorni izlashdan oldin, erkak haqiqattan jinsiy aloqada uzoq vaqt bo‘lmayotganiga amin bo‘lish zarur. Ba’zilar turmush o‘rtog‘iga jinsiy sovuqqonlik ko‘rsatgani bilan, jinsiy ehtiyojlarini boshqa ayol yoki boshqa usullar bilan qondirishni davom etayotgan bo‘lishi mumkin. Agar ushbu holatga shubha bo‘lmasa, u holda yuz berayotgan passivlikni sababini izlasa bo‘ladi.

Eng asosiy faktor — bu charchash

Charchov va stress to‘g‘ridan-to‘g‘ri erkakning jinsiy ehtiyojiga ta’sir ko‘rsatadi.

  • Erkak ish kunlari kamida 8-9 soat uxlashini ta’minlash zarur;
  • Dam olish kunlari kun mobaynida ham bir necha marta uxlash talab etiladi;
  • Ishdan kelganda, kitob mutoala qilish, yoqimli teleko‘rsatuv ko‘rish yoki boshqa biron bo‘shashtiradigan va asabni buzmaydigan faoliyat bilan shug‘ullanish lozim;
  • Yaqin insonni yo‘qotish, qattiq ruhiy zarba olish, ba’zi jismoniy kasalliklar, moliyaviy holatning keskin o‘zgarishi kabi holatlar ham jinsiy ehtiyojni qisqa muddatga bo‘lsa ham o‘zgartirib yuboradi.
Ushbu maqolani ham o‘qing:  Soqol olish qoidalari

Keyingi faktor — ovqatlanish

  • Uch oy muddat davomida 2 kunda bir tansiq ovqatlar bilan tamadi qilish zarur. Bedana tuxumi, qo‘y go‘shti, mol go‘shtidan tayyorlangan jarkob, dimlama, osh, manti kabi milliy taomlar ayni muddao;
  • Xamir ovqat, makaron, non va non mahsulotlari kabilar miqdorini kamaytirish lozim;
  • Shirinliklardan ko‘ra ko‘proq meva va sabzavotlarni yeyish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
  • Yong‘oq, xandon pista, bodom, yer yong‘oq kabilarni har kuni yeyish tavsiya etiladi.
  • Turshak va pomidor spermotozoidlarning miqdori va sifatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Spermatozoidlarning ko‘payishi natijasida jinsiy ehtiyoj ham ortadi.

Yana bir muhim faktor — erkakning psixologik holati

  • Erkak jinsiy ehtiyoji pasayganligi sababini o‘zida ko‘rmasligi lozim. Buning uchun xotini jinsiy munosabatlar sustlashib ketayotganiga urg‘u beravermasligi ma’qul. Jinsiy passivlikka oddiy charchov sabab bo‘lishi mumkin, lekin ayolining gaplaridan so‘ng erkak siqilib sababini jinsiy ojizligida, deb bilishni boshlaydi. O‘z erkakligiga ishonchini yo‘qotgan erkakni jinsiy aloqaga undash undan ham qiyin bo‘ladi.
  • Er-xotin munosabatlarida jinsiy aloqaning o‘rni kamayib ketayotgan bo‘lsa, bunga farzandlarning kech uxlashi, ayolning charchab qolishi yoki boshqa er-xotinga bog‘liq bo‘lmagan faktorlarga erkakni ishontirish lozim. Erkak bunda muammo borligini anglamasin.

Erkaklar uchun bu juda nozik masala ekanligini unutmaslik lozim. Aloqaga ayoli undab turganida javob bera olmagan erkak befarq ko‘rinsa ham, aslida juda qiynaladi.

  • Romantik kechalar, go‘zal ichki kiyimlarni bu davrda chetroqqa surib qo‘yish kerak. Xotini ajoyib romantik tun uyushtirganiga qaramay, jinsiy ehtiyoji uyg‘onmagan erkak, ichida qattiq siqiladi va erkaklik kuchiga bo‘lgan ishonchi yanada pasayadi. Undan tashqari bunday kechalarning natijasi bir martalik bo‘ladi, xolos, muammo negiziga ta’sir etmaydi.

Ushbu tavsiyalarni doimiy ravishda amalga oshirgan holda ham erkakning jinsiy ehtiyojini o‘zgarishiga kamida 3 oy talab etiladi.
Shu 3 oydan so‘ng ham erkakda passivlik davom etaversa, u holda biron jinsiy infeksiya yoki boshqa tibbiy muammo borligiga shubha qilsa bo‘ladi.

Bir erkakdagi aktivlik yoki passivlikni bilish uchun uni boshqa erkak bilan solishtirmaslik muhim. Erkakninig jinsiy ehtiyojini o‘zgarishini faqat o‘zining bundan oldingi bo‘lgan aktivligi yoki passivligi bilan solishtirish lozim. Undan tashqari turmushning ilk 1 3 oydagi jinsiy aktivlik normal ko‘rsatkich emas. Asal oyi o‘tgandan so‘ng davom etgan jinsiy munosabatlardan erkakning jinsiy aktiv yoki passivligini ko‘rsa bo‘ladi.

Erkakda jinsiy passivlik yuz berganida befarq bo‘lish kerak emas. Ayoliga kerak bo‘lmagan holda ham, erkakni kuchini qaytarish lozim. Erkaklik kuchini yo‘qotib borayotgan erkakning o‘ziga bo‘lgan ishonchi, hurmati pasayib ketaveradi. Shunda u yonidagilarga qo‘pollik, jahl va asabiylikni namoyon qila boshlaydi. Eng yomoni, jinsiy ojizligini sababini xotinidan izlasa. Xotini sababchi emas ekanligini yuqoridagi faktorlarni bartaraf etibgina bilish mumkin.

Ushbu maqolani ham o‘qing:  Jinsiy quvvatni oshirish: TOP-5 maslahat. Tabiiy usullari va mashqlar toʻplami

Mavzuga aloqador maqola: Ayol orgazmi yoxud ayolning jinsiy aloqadan lazzatlanishi

© Uzbaby.uz