El sog‘ligi — yurt boyligi

Erkak bepushtligiga sabablar ne?!

Hozirda jahon bo‘yicha eng muammoli dard bu bepushtlik dardidir. Bu dard ortidan kelib chiqadigan kasalliklarga esa asab va ruhiy kasalliklarni misol keltirishimiz mumkin.Aslida, erkak bepushtligiga sabab bo‘luvchi omillar juda ko‘p. Eng ko‘p uchraydiganlarini sanaydigan bo‘lsak,

  • tug‘ma yetishmovchiliklar (kriptorxizm yoki monorxizm – moyakning o‘z o‘rniga tushmaganlik holati, moyakning bittasi yoki ikkalasi ham yorg‘oqda bo‘lmay, qorin bo‘shlig‘ida qolishi; anorxizm – ba’zan ikkala, ko‘p hollarda bitta moyakning tug‘ma bo‘lmasligi; gipospadiya – siyik chiqarish yo‘lining qisman yoki butunlay bo‘lmasligi; epispadiya – erkaklar tashqi siydik yo‘lidan bir qismining tug‘ma kamchiligi, masalan, shu teshikning jinsiy olatning ustki yoki pastki qismida bo‘lishi),
  • uzoq davom etgan chov, chov-yorg‘oq churralari (grijalari),
  • moyakning o‘tkir kasalliklari – orxit (sil, zaxm, so‘zak va boshqa kasalliklarda moyakning yallig‘lanishi) va orxoepididimit (erkak jinsiy bezi va ortig‘ining yallig‘lanishi),
  • moyaklarning buralishi va shikastlanishi,
  • prostatit va venerik (jinsiy yo‘l bilan yuquvchi tanosil kasalliklari) kasalliklar,
  • varikotsele – urug‘ tizimchasining varikoz kengayishi (erkaklar bepushtligining 15 foizini tashkil qiladi)
  • jinsiy buzilish,
  • immunitetning o‘ta pastligi, jinsiy zaiflik,
  • gormonal buzilish, masalan, erkaklik gormoni – testosteron tanqisligi,
  • tashqi ta’sirlar – ruhan siqilish, alkogol, tamaki, narkotik moddalar va ba’zi dori vositalari; ekologiyaning yomonligi (radiatsiya, vitamin C va rux tanqisligi), jinsiy a’zolarga nisbatan e’tiborsiz bo‘lish (haddan tashqari tor kiyim, og‘ir jismoniy mehnat va boshqalar),
  • shahvat (sperma) tarkibining yomonlashishi.

Biz sanab o‘tganimiz, umumiy holdagi tibbiy jihatlar hisoblanadi. O‘zingiz bilganingizdek, har bir inson alohida xususiyatga ega va bu holatlar ham barcha odamlar uchun farq qilinishi mumkin!

Telegramdagi rasmiy kanalimizga a’zo bo‘ling!

A’zo bo‘lish
loading...

Изоҳлар

  1. M

    Meni spermam kam yana jinsiy aloqam hech qancha davom etmaydi .. Goh gohida moyakda og’riq bo’lib turadi.Qayerga murojaat qilib qwnday davolanishim kerak.Javob uchun oldindan rahmat.deb M.

  2. Bobur Aliev

    salom aytingchi 19yoshdagi yigit uchun kup jinsiy aloqada bo’lishni zarari yo’qmi?

  3. Muhammadrizo

    meni boyim yaxshi osmayapti . qanday boyimni o’stirsam buladi

  4. azizbek

    jinsiy aloqa vaqtida spermaning juda qisqa vaqt ichida (40-50sek) chiqib ketishi va ereskiyani tezda tugashi patalogik holat emasmi?

  5. Bobur

    Tuxumim tagidagi tomirga o’xshagan narsa org’riyapti davolasa bo’ladimi?

  6. MUSLIM

    Asssalou alekum. Yaxshimisiz?
    Men 12 yoshligimda o’zimni o’zim bo’shtib qo’yishni o’rgandim va buni yillar davomida davom ettirdim. Ancha yillar Ancha yilar o’tdi oradan . 25 yoshim uylandim lekin xotinim homilador emas .
    maslahat bering nima qilsam bo’ladi?

  7. Tohir

    Meni chap tomondagi moyakim kattaygan va spermatozoitimni ham quyuqlashib chiqargan zahotim xaladesga o’xshab qotib qoladi bu nima sababdan bo’lishi mumkin bepushtlikka olib kelmaydimi

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *