El sog‘ligi — yurt boyligi

Qanday vaziyatlarda bolani emlash mumkin emas?

Tibbiy ko‘rikdan o‘tmagan bolalarni emlash qat’iyan taqiqlanadi. Agar bola kasal bo‘lsa, unga vaqtincha tibbiy cheklov beriladi. Bu muddat tugagach, oilaviy poliklinikalarda emlanadi. Bola tug‘ilganda 1800 grammdan kam bo‘lsa ham emlanmaydi yoki hayoti davomida VICH infeksiyasiga chalinsa, ota-onadan genetik orttirilgan kasalliklari bo‘lsa ham, ularni davolab, keyin emlash zarur.

Shuningdek, bolada ovqatga yoki tibbiy dorilarga allergik ta’sirchanlik bo‘lsa, u og‘ir kasallik bilan og‘risa (darmonsizlik, umumiy behollik kuzatilsa), qon yoki qon zardobi quyilgan bo‘lsa yoxud immun tizimida muammolar kuzatilsa emlash kechiktiriladi. Bola kasallikka chalinsa, shamollab, isitmasi ko‘tarilsa yoki ma’lum bir dard bilan og‘rigan bo‘lsa, uni sezmasdan emlash amalga oshirilsa, reaksiya berishi mumkin. Bu holatda bola bezovtalanadi, yig‘lab, injiqlanadi, isitmalab, ichi ketadi, ishtahasi yo‘qoladi. Bu paytda onalar darhol shifokorga murojaat etishlari kerak. Bola shifokorlar tomonidan ro‘yxatga olinadi va muammo sababi o‘rganiladi. Lekin bu holat kamdan-kam hollarda kuzatiladi.

© Farhod DAUTOV,  professor
Zulfiya G‘IYOSOVA, oliy toifali shifokor.
«Sihat-salomatlik» jurnali.

Telegramdagi rasmiy kanalimizga a’zo bo‘ling!

A’zo bo‘lish
loading...

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *