Emizikli davrda ozish mumkinmi?

Ko‘pchilik ayollar chaqaloq dunyoga kelgach o‘z go‘zal qomatlarini qanday qilib qaytarish haqida o‘ylab qoladilar. Biroq hamma ayollarda ham gormonal o‘zgarish va na emizish vazn tashlashga olib kelmaydi. Qattiq parhezlar esa emizikli ayol va chaqaloqqa faqat zarar keltirishi mumkin.

Emizikli davrda ozishning iloji bor, ammo buni asta-sekin, keskin parhezlarsiz amalga oshirish kerak.

Ozish uchun foydali tavsiyalar

  • Taomnomangizdan yog‘li taomlar va shirin ichimliklarni chiqarib tashlang. Oz-ozdan tez-tez ovqatlaning va yetarli darajada toza suv iching.
  • Jismonan faol bo‘ling, toza havoda sayr qiling. Ko‘pgina mashqlarni kichkintoyingiz bilan birga bajarishingiz mumkin, aminmanki, u ham bundan bir olam zavq oladi.
  • Farzand kutish vaqtida ayol o‘rtacha 8 kgdan 25 kggacha vazn yig‘adi. Bu ko‘rsatkich bola vazni, platsenta, qo‘shilgan qon miqdori, bolani o‘rab turuvchi suvni o‘z ichiga oladi. Bu davrda ona yig‘adigan vazn bolaning rivojlanishi va ona salomatligi uchun nihoyatda muhim. Avvallari kerakli yog‘ hujayralari inson organizmida chaqaloqlik va o‘smirlik davrlarida to‘planadi, deb hisoblanar edi. Ammo so‘nggi tadqiqotlarga ko‘ra «foydali yog‘lar» ona qornida — homiladorlikning 3-trimesrtda shakllanar ekan. Bundan kelib chiqadiki, har bir homiladirlik yangi yog‘ qatlamlarining hosil bo‘lishi bilan birgalikda kechadi. Shunday ekan tabiatga qarshi borish mantiqsiz. Ammo baribir ushbu maslahatlarga amal qilgan holda vazn tashlashga erishish mumkin.

Diqqat, bu tavsiyalar juda muhim!

  • Avvalambor qattiq parhezlarni butunlay unuting. Taomnomangiz foydali mahsulotlardan iborat bo‘lishi kerak. Agar ona organizmiga oqsil yetishmasa, organizm bu yetishmovchilikni muskul qatlami hisobidan to‘ldiradi. Bu esa ayol terisi, sochlari, umuman go‘zalligi hisobidan deganidir. Zarur yog‘lar yetishmaganda esa nerv sistemasida o‘zgarish bo‘lib, ona asabiylashadi va tez charchaydi. Shuning uchun ham emizish davrida har qanday parhez juda zararlidir.
  • O‘z taomnomangizni ko‘rib chiqing. Yog‘li taom yeganda sut ham to‘yimli bo‘ladi, degan fikrni butunlay unuting. Siz iste’mol qilgan yog‘lar sut tarkibiga umuman kirmaydi, ortiqcha yog‘ qatlami sifatida tanangizga joylashadi xolos. Yog‘li, qovurilgan taomlarni iloji boricha kam iste’mol qiling.
  • Tarkibida konservantlar bo‘lgan mahsulotlarni ham rasioningizdan chiqarib tashlang. Kolbasa va sosiskalar o‘rniga tabiiy qaynatilgan go‘sht yeng.
  • Shirin ichimliklar, soklarni toza suvga almashtiring. Javdar unidan tayyorlangan non mahsulotlarini ko‘proq yeng, sababi ularda kerakli mikroelementlar bo‘lib, ular bolada allergiya xavfini kamaytiradi, ham qorningizni uzoq vaqt to‘q tutadi.
  • Yong‘oqlarni ham keragidan ortiq iste’mol qilmang. 1 stakan pistada 800 kalloriya bo‘lib, bu kunlik normaning deyarli yarmini tashkil qiladi. Shirinliklarni taomnomangizgan chiqarib tashlang, ular bolaga foyda keltirmaydi, qomatingizga esa faqat zarar yetkazadi.
  • Vaqtga qarab ovqatlaning. Masalan har 3 soatda oz-ozdan yeng. Bunda moddalar almashinuvi tezlashib, ortiqcha vazn asta-sekin yo‘qola boshlaydi.
  • Yetarli darajada suv iching. Tanaga suv yetishmasligi natijasida sut ham kelmaydi. Yodingizda tuting emizish davrida zararsiz ozish oyiga 2 kgni tashkil qilishi kerak, aks holda bola va ona salomatligiga jiddiy zarar yetishi mumkin.

Maslahatim.uz

So‘rov qoldirish

Sizning emailning chop etilmaydi.To‘ldirilishi zarur qatorlar * bilan belgilangan *

*