0
(0)

Viktor Gyugo organizmimizdagi zaxarni: “Odam ichidagi ilon”,- deb shoirona ta’riflagan edi.
Bu so‘zlar shoirona tashbih bo‘lsada, unda poeziyaga nisbatan xaqiqat ko‘proq. Men autointoksikatsiyani umrni uzaytirish va qartaymaslikning eng ashaddiy dushmani deb atagan bo‘lardim. U bizni, jismoniy tomondan ham ko‘ra ko‘proq ma’naviy jixatdan majruh etadi. Chunki u tananinggina emas, aqlning ham zaharlanishidir. Hatto ba’zan quvvat tiklansa-da, odamda shu quvvatning befoydaligi hissi saqlanib qolish mumkin. Shunday vaqtlarda inson, o‘ziga-o‘zi: “Mening eng yaxshi davrim o‘tib ketdi! Oldinda esa ko‘ngilsizliklardan boshqa narsa qolmadi. Qancha do‘stlar va qarindoshlar hayotdan ko‘z yumdilar. Ehtimol, endi mening navbatimdir”,- deyishga moyil bo‘ladi. Bunday o‘ylar kishini g‘amgin va tushkun holga soladi va aslo, sog‘lom hamda uzoq umr ko‘rishga xizmat qilmaydi.

Intoksikatsiya (zaharlanish) oddiy holga aylanib qolgani va kam o‘rganilgani tufayli ham asrimizning ulkan dushmanidir. Yoqimsiz kayfiyat, bezovtalik, tajanglik, ruhiy zo‘riqish, keraksiz ko‘tarinkilik holatlari qonning nosog‘lom holatidan dalolatdir. Nekbinlik, ishonch, quvnoqlik, xotirjamlik bizga doimiy bo‘lmog‘i lozim. Biz esa, hatto omad kulib boqqan paytlarda xo‘mraygan va g‘amgin holda qolaveramiz. Omadsizlik onlarida esa o‘zgalarni matanotimiz bilan hayratga solamiz. Bu holatlarning sababini qonning tozaligi va notozaligidan deb tushunmoq lozim.
Men hayotimni sevaman va a’lo darajadagi salomatlik bilan 120 yil va undan ko‘proq yashamoqchiman! Mo‘’jiza shundaki, men hayotimning har bir kunini o‘zim boshqaraman. Men hayotimga o‘zim xo‘jayin bo‘lishni xohlayman va har bir yashagan soatimni qadrlayman!

Aql tepasidagi qora bulutlar

Autointoksikatsiya (zaxarlanish) ning ko‘payayotganligi, o‘z-o‘ziga kuch to‘playotganligi chatoq xoldir. Uni yengish uchun ochlikka rioya qilish, to‘g‘ri tabiiy ochlik va sog‘lom xayot tarzi lozimdir.
Agarda tanangiz zaxarlangan bo‘lsa, siz sababsiz tushkunlikka berilasiz va xafaqonlik bartaraf etishga layoqatsiz bo‘lib qolasiz. Lekin bir kuni siz ertalab uyqudan sog‘lom va bardam bo‘lib turasiz. Ko‘p mexnat sarf qilib, nixoyat siz dushmanni yengasiz. Gazetalar, radio, televideniya sizni bunday tushkunlikdan xalos etadigan vositalar borligidan xabardor etishadi. Bu mo‘jizaviy vositalarning qaysi biridan foydalangan maqul? Esda tuting: mo‘’jizalar bo‘lmaydi, jismonan va ma’nan sog‘lomlikka olib boradigan yengil yo‘l yo‘q!

Sizga berilgan jazo — yomon odatlar, Sizga berilgan buyuk mukofot — sog‘lom turmush tarzi.

Ona tabiat sizning o‘z tanangiznn istagancha jabrlashingizga yo‘l qo‘ymaydi. Xar safar “o‘lik” va jonsiz taom bilan tanangizga yetkazgan azoblaringiz uchun qimmat to‘lov berasiz. Albatta, badan xolatini unutish uchun og‘riq qoldiradigan biron dori-darmon ichish mumkindir. Lekin bola singari qandaydir yaramas narsani yeb olib, ustidan biror dori ichsam xammasi o‘tib ketadi, degan xom xayolga bormaslik kerak. Siz xar safar oshqozoningizni axlatxonaga aylantirganingiz uchun yanada katta to‘lov to‘lashingizga to‘g‘ri keladi. Bundan yurak va qon tomirlari azoblanadi. Har bir yangi zaharlanish xayotingiz qisqarishi uchun yana bir qadam demakdir. Xar bir intoksikatsiya o‘z izini qoldiradi va shuning uchun xam undan qo‘rqish kerak. Qoningizni ifloslantirmang. O‘zingizni autointoksikatsiyadan saklashga o‘rganing.
Eng avvalo, xaftasiga bir marta 24 soatdan 36 soatgacha distillangan suv ichgan holda to‘liq och yurishni odat qiling. Boshqa vaqtlarda esa zaxarlanmagan tabiiy narsalarni iste’mol qiling. Aqlingiz tanangizni boshqarsin. TANANGIZ — NODON. Oshqozonni istagan narsa bilan to‘ldirishingiz mumkin, lekin endi, sog‘lom aql bilan qurollangach, aql bilan ovqatlaning. Endi siz yeydigan xar bir narsa, imkoni boricha, tabiatga yaqin bo‘lsin!

Nega o‘zimizni erta o‘ldirishimiz kerak?

Qatiy bilingki, autointoksikatsiya bizning daxshatli dushmanimiz. Barcha kasalliklarning bosh sababchisi shu, negaki, ularning xammasi xam qonning zaharlanishidan boshlanadi. U yurak, jigar, buyrak, bo‘g‘inlar va arteriyani ishdan chiqaradigan xastaliklarning sababchisi. Zaxarlanish, shuningdek, bevaqt qartayishga olib keladigan boshqa barcha sabablarni birga olganda ham bevosita bosh sabab bo‘lib qolavsradi. Qonni toza xolda ushlab turish, bu — xali yarim yumush. Siz oshqozonni tez-tez yangi-yangi ovqatlar bilan to‘ldirib, unga oldingilarini xazm qilishga ulgurmay turib, yana ish topib berasiz.
Sizni ma’lum vaqtlarda ovqatlangin deb o‘rgatishgan, Och yoki  to‘qligingizga qaramay,  tushlik  bo‘ldimi,  siz  nimanidir oshqozonga tiqishingiz kerak. Bu ovqatlanishning daxshatli usuli bo‘lib, umuman ilmiylikdan yiroq va  aql  bilan tomoqlanishning eng so‘nggi yangiliklariga tamomila ziddir.

Men yaqinda bir necha kun davom ettan   dengiz   sayoxatida bo‘ldim. Yo‘lovchilarning kayutalariga juda erta nonushta berishdi, biror soat yoki undan ko‘proq vaqt o‘tgach, tuzlangan cho‘chqa go‘shti, tuxum, issiq bulochkalar, qovurilgan non, murabbo, qovurilgan kartoshka va kofe bilan mexmon qilishdi. Keyin, soat o‘n birlarda palubada yengil ovqat ham berishdi. Soat birda katta tushlik tortildi. Soat 4 da pecheniye bilan kunduzgi choy, kech 7 da katta kechki ovkat va nixoyat 11 da 1 bufetda mexmondorchilik hoh ishoning,   hox ishonmang bir necha xafta ichida biz dengizda 9 kishini dafn etdik. Barchasi o‘zlarini zaxarlash bilan halok etdilar. Autointoksikatsiya! Siz meyoridan ortiq ovqatlansangiz, oshqozon va ichaklaringizda ozuqaning achish va chirish jarayonini sun’iy ravishda kuchaytirasiz, muvozanatning   o‘zgarishiga   olib   kelasiz   va   ichaklaringizda mikroblarning ko‘payishi uchun sharoit yaratasiz.

Ushbu maqolani ham o‘qing:  Energetiklar bizni haqiqatdan energiya bilan ta’minlaydimi?

Zamonaviy hayot tarzi — o‘z-o‘zini asta-sekin o‘ldirish

O‘tib borayotgan yillaringizni xotirjam xisoblab yotib, beshikdan boshlaboq o‘zingizni alday boshlaysiz. Bilmaslik baxtidan mast bo‘lib, siz o‘zingizni ikki tomonidan yondirilgan sham singari xarob qilasiz. hatto, ayrim hollarda shamning o‘rtasidan xam yoqqingiz keladi. Bizga sog‘lom fikr yetishmaganligi uchun xam muddatidan oldin o‘lim topamiz.
Sog‘lom tug‘ilgan va salomatlik xaqidagi ilmga muvofiq xayot kechirgan odam hech qanday qiyinchiliksiz 120 yoshgacha yashashiga ishonaman!

Nega? Chunki qarilik degan kasallik yuq. Sizni o‘ldirishi mumkin bo‘lgan bitta narsa bor. Bu qandaydir aniq bitta kasallik. Agarda siz, bolalikdan boshlab, to‘g‘ri ovqatlansangiz va haftasiga bir marta va yiliga bir necha marta 10 kundan och yursangiz o‘limga olib boradigan kasal bilan og‘rishingiz ehtimoli keskin kamayadi.
Bizning davrimizda bolalarni butunlay noto‘g‘ri ovqatlantirishadi. Birinchidan, onalarning ko‘p qismi bolalarini ko‘kraklaridan oziqlantirmaydilar, natijada, go‘daklar o‘zlariga eng kerakli oziq — ona sutini icholmaydilar. Go‘daklar shisha yoki bankadagi tozalangan oq un, oq qand va g‘oyatda xavfli tuz bilan to‘yintirilgan taomni iste’mol qilishadi. Hozirgi bolalarining tanasi go‘dakligidanoq buzila boshlaydi va muddatidan oldin keladigan halokatdan qochib qutula olmaydi.

O‘n kishidan to‘qqizi o‘z-o‘zini o‘ldiruvchilar.Bendjamin Franklin

Salomatlik masalalariga oydinlik kiritishni istasangiz, atrofingizga qarang. Mamlakatning Sharqidan G‘arbiy qirg‘oqlarigacha masofadagi minglab kasalxonalarda 25 million amerikalik yotibdi. 300 000 vrach tuzalmaydigan bu bemorlarni davolayman deb sarson. 80 000 tish davolash vrachlari amerikaliklarga zarur xizmatning o‘ndan birini ham uddalay olmay jonlari halak. Ko‘plab bolalarning ishdan chiqqan va chirib qolgan tishlarini  ko‘rdim.  Ko‘pchiligi  20 yoshga  yetmayoq  protez tishlar qo‘yib olishgan. Biz o‘nglanmaydigan kasal, kasal millatmiz! Bizni sog‘lom va gullab yashnayotgan mamlakatda yashayapmiz, deb doimo aldashadi. Lekin raqamlar va dalillar aldamaydi. Yeyayotgan narsalaringiz, garchi ularni meyoridan ortiq yemagan bo‘lsangiz xam, sizga naf keltirmaydi. Sizning yeganlaringiz ishqorli reaksiyaga emas, kislotali reaksiyaga kirishadi. Fiziologiya, ovqatlanish va och yurishdan minimal tushunchaga ega bo‘lganingizda xam o‘zingizni halokatdan qutqargan bo‘lardingiz.
Bilimsizlik — dahshatli dushman. Siz mikroblarni ko‘paytiruvchi fabrika bo‘lib yuraversangiz, sizda normal hayot bo‘lmaydi.

Qalin yog‘langan tovadan

Men janubda, Virdjiniyada tarbiyalandim. Daxshatli ovqatlanganman. To‘qson foiz ovqatimiz tovada tayyorlanardi: qovurilgan jo‘ja, qovurilgan go‘sht, cho‘chqa go‘shti, kartoshka, xullas barchasi qovurilgan. Buning ustiga, men quyuq qaymoq, krem, ko‘plab miqdorda pirojniylar, piroglar va murabbolar. O‘tmishimni eslar ekanman: yillar mobaynida autointoksikatsiyadan azoblanib yurganim va buni bilmaganimni ko‘raman. Xar xil qo‘zg‘atuvchi vositalardan tashqari ko‘plab zaharli moddalarni xam iste’mol qilgan ekanman. Mening holatim, ko‘pincha, ajdodlarimdan meros qolgan mustahkam sog‘lomlik darajasidan uzoq bo‘lardi.

Men bir kunda normadagi sakkiz soat o‘rniga 10 soatlab uxlardim, bu ham autointoksikatsiya asoratidan edi. Shunday davomli uyqudan so‘ng ham men tetik bo‘lmas, lanj va bo‘shashgan xolda bo‘lardim. Og‘zimda esa achchiq bir ta’m bo‘lardi.
Ko‘pchilik odamlar yashamayaptilar, balki faqat- mavjuddirlar. Ularning barchasining tanalari toksin moddalari bilan to‘lib ketgan va hayot ular uchun azobdan iborat. Kamdan-kam kishilar ertalablari  tetik turib, xayot deb    nomlangan sarguzashtlarini davom ettirish ishtiyoqida bo‘ladilar.

Keling, yotog‘imizga bir nazar tashlaylik, axir, shu joyda quvvatimizga quvvat qo‘shamiz-ku. Yotoqxonamizni yanada sokin va bejirim qilaylik, biroq bu tong go‘zalligiga halal bermasin. Mashriqdan chiqqan quyoshning kunduzgi safarga otlanishidek oltin daqiqalardan bebaxra qolmaylik. Ertalab juda ko‘p yumushlarni bajarishga ulgurishingiz mumkinday tuyuladi. Shuning uchun xam erta turishga odatlaning. Bir-ikki kun xarakat qilsangiz, ko‘nikib qolasiz. Kunduzi esa biroz mizg‘ib olishga vaqt topsa bo‘ladi. Chunki erta turib kuningizni uzaytirdingiz, demak sizda vaqt unchalik tig‘iz emas.

Ushbu maqolani ham o‘qing:  Ochlik davrida huqna qilishga qarshiman ( 12-qism )

Ko‘pchilik spirtli ichimlik, tamaki, kofe, choy, koka-kola kabi qo‘zg‘atuvchilarni iste’mol qilishlari menga tushunarli. Ular autointoksikatsiya natijasida kechadigan dilgir va tushkunlik holati bilan kurashish uchun shunday qiladilar. Zaharlar keltiradigan dahshatlar xaqida yana bir qancha sahifalarni keltirishim mumkin edi. Mening qonim zaxarlangan va hayot daryosi bosh irmoqlaridayoq bo‘lg‘angan edi, xech kim bila turib toza irmoqni bulg‘amaydi, lekin biz o‘z xayotimizniig eng qimmatbaxo bir bo‘lagi bo‘lgan qonimizni ko‘ra bila turib ifloslantiramiz.

Zardobdan xalos bo‘lish

Qonimizda ishqorli ta’sir bo‘lishi kerakligini kashf etish uchun juda ko‘p yillar mehnat qilishimga to‘g‘ri keldi. Ko‘pchilikda esa zardobli reaksiya tarzida kechadi. Husnbuzardan tortib tumovgacha va bosh og‘riqdan to oshqozon illatigacha bo‘lgan xastaliklarning barchasi ishqorli ta’sir o‘rniga kislotali ta’sirning kuchayishi, ya’ni atsidoz tufayli sodir bo‘ladi. Asidozni, o‘z navbatida, autointoksikatsiya keltirib chiqaradi. Qonning shunchalar ifloslanganlik sharoitida kasallik tarqatuvchi mikroblardan qanday saqlanmoq mumkin? Biz o‘z e’tiborsizligimiz bilan mikroblarni qonimizda xuddi o‘z uyidagidek yashash muxiti, bizlarni ichdan yemirishiga qulay sharoitlar yaratib beramiz.

O‘z vaqtida menda xam bo‘lganidek, bilmaslik tufayli savol tug‘ilishi tabiiy: “bu zardobni qanday yo‘q qilish mumkin? Qonimizni qanday tozalashimiz kerak?” Javob shunday bo‘ladi: “Qoningizni ishqorli komponentlar bilan boyitish xisobiga amalga oshirish mumkin”. Autointoksikatsiyaning birinchi belgilari ko‘ringandayoq uch-to‘rt kunlik ochlanish va zardobli reaksiya beradigan taomlardan tiyilgan holda, ishqorli reaksiya beradigan ozuqalar iste’moliga o‘tish lozim bo‘ladi“. ”Qaysi ozuqalar ishqorli reaksiya beradi?“, deb so‘raysiz. Asosan yangi uzilgan meva   va   sabzavotlar, ko‘katlar  qo‘shilgan  salatlar  bu talablarga javob beradi.

Taomlaringizning 60 foizi sabzavot va mevalardan, tashkil topgan bo‘lishi lozim. Ovqatlanishingizdan oldin doimo pishirilmagan sabzavotlardan salat yoki meva tanovvul qiling. Bu ishqorli ozuqalar organizmingiz uchun juda katta axamiyatga ega. Ayrimlar sabzavot va mevalarni xush ko‘rmasliklarini aytishadi. Buning sababi qoningizda hali zardobli reaksiya mavjud, biroq ishqorli ozuqalar iste’moli qonni tozalay boshlaydi va siz bu sharoitga o‘rganib ketasiz, natijada bunday ozuqa vaqti kelib xushxo‘r taomga aylana boradi. Faqat darmonsizlangan va zaxarlangan organizmgina sabzavotli va mevali sog‘lom ozuqalarni qiyin qabul qiladi.
Meyoridan ko‘p yeb, o‘zingizga jabr qilmang.    Ko‘p yeyish sizni muddatidan oldin o‘ldiradi.

Xom sabzavot va mevalar — tabiiy tozalagichlar

Agarda sizga ayrim xom sabzavot va mevalar ma’qul bo‘lmasa, bularning foydali va tozalovchi vosita ekanligini yana bir bor eslang. Toksinlardan to‘liq xalos bo‘lgunga qadar ulardan hech bo‘lmaganda oz-oz tanovvul qiling. Xaftalik 24 soatlik och yurish sizni zaharlardan xalos qiladi. Agarda 37 kun ochlanishga irodangiz yetsa, vujudingiz zararli narsalardan yuz foiz tozalanadi.
Qaysi ozuqalar zardobli reaksiya beradi? Asosan qand, uglevodlar, kofe, choy, spirtli ichimliklar, unli taomlar, go‘sht va baliq- bu ozuqalarning hatto bir qismini tanovvul qilishni taqiqlashning o‘zi sizni vahimaga soladi. Lekin sog‘lom bo‘lay va umrimni uzaytiray — desangiz, bu amallarni qilmog‘ingiz shart. Asta-sekin bu sharoitga o‘rganganingizdan keyin oldingi daxshatli axvolingizni eslab, vaximaga xam tushib ketasiz. Azbaroyi odatdagi xolatga o‘rganib qolganingiz uchun xam yangi vazifalar qiyindek tuyuladi. Ishga bularni amalga oshirish unchalik qiyin emas, degan fikr bilan kirishing va bu jarayon ancha yengil kechadi.

Aslini olganda asosan meva, sabzavot, salatlar, yong‘oq va mevalardan tashkil topgan parxezga rioya qilish unchalik qiyin emas. Mevalarning suvli va mazali ekanligi, salat turlarining ko‘pligi, sabzavotlar ro‘yxatining uzun va turlar ko‘pligiga hech kim e’tiroz bildirmasa kerak, albatta. Barcha yongoq va mag‘izlar shirin va to‘yimli. Yengil qovurilgan yeryong‘oq, bodom, yong‘oq, kungaboqar urug‘i xushxo‘r va foydali. Faqatgina shu ozuqalar bilan chegaralanish shart emas, agarda zardobingiz oshib ketsa, taomnomangizning asosiy qismi tavsiya etilgan ozuqadan iborat bo‘lishi lozim.

Agar siz go‘shtni ko‘p iste’mol qilayotgan bo‘lsangiz, endi xaftada ikki-uch martadan oshirmaslik lozim. Ozgina noqulay bo‘lsa-da, ishqorli parxezga o‘tgan ma’qul. Bosh og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi, ko‘zning tinishi, og‘izning hidlanishi, jismoniy toliqish va miya charchashi kabi belgilar uncha xatarli bo‘lmasa-da, jiddiy xatarlarning xabarchilari hisoblanadi. Agar jigarda biror xatar yoki og‘riq sezsangiz, tezda yog‘ va go‘sht yeyishni to‘xtatganingiz ma’qul, lekin bu ham yetarli bo‘lmaydi. Kand va uglevodlarni xam iste’mol qilmang. Boshqacha aytganda, ularni tabiiy shaklda, ya’ni meva va sabzavotlardan olasiz. Oqsilga muxtojlik sezsangiz, uni istaganingizcha yong‘oq va kungaboqar urug‘idan olishingiz mumkin.

Ushbu maqolani ham o‘qing:  O‘ta sezgirlik yaxshimi yoki psixogen giperesteziya nima?

Sizning ahvolingiz autointoksikatsiya holatining bir ko‘rinishi ekaniga shubha yo‘q. Agarda sizning hayotiy quvvatingiz ancha kamaygan va o‘zingizni tutib ololmayotgan bo‘lsangiz, yaxshisi, 36 soatlik yoki 3-4 kunlik ochlanish muolajasini bajaring. Toza suvdan boshqa hech narsa iste’mol qilmang. Bunday sharoitda men distillangan suv ichishni ma’qul ko‘raman.
Sizning juda ovqat yegingiz keladi. Biroq bu xaqiqiy ochlik emas, balki organizmning ma’lum vaqtda oziqlanishga odatlanganligi natijasidir. Yana bir marta eslatishga ijozat bergaysiz: TANA — NODON. Uning xohishlari shunchalik ko‘pki, uni o‘z xoliga qo‘yib bo‘lmaydi. Tanani aql nazorat qilmog‘i lozim. Och yurish shijoat va iroda kuchini talab etadi, bu aqlning tana bilan kurashidir.

Men o‘zimning birinchi to‘rt kunlik ochlanishimni juda yaxshi xotirlayman. O‘sha vaqtda menga shveysariyalik doktor A.Rolls raxbarlik qilgan edi. O‘shanda sil kasali bilan kurashdim va bir yil davomida sanatoriyada bo‘ldim. Doktor A. Rolls meni qiyin sinovlar kutayotganini aytdi va xaqiqatda ham shunday bo‘ldi. Mening mehribon shifokorim xar kuni peshoblarimni olib qo‘yishimni tayinladi. Doktor aytganidek, har kuni peshobimni shishalarga solib, xonamdagi tokchalarga terib qo‘yar va kuzatardim. Peshob sovigani va tingani sari tanamdan qanchalar ko‘p begona moddalar chiqayotganini ko‘rardim.
Bemorga shifokor yoki ochlik bo‘yicha katta tajribaga ega bo‘lgan mutaxassis kuzatuvisiz och yurish mumkin emasligi doimo yodda tutilsin.

Men ochlanishni tugattanimdanoq parhezga o‘tkazishdi. Ovqatim xom sabzavot, meva xamda qaynatilgan sabzavot. Ochlikdan keyin taxminan ikki haftalar o‘tgach, o‘zimda shunday bir yengillik va xushhollik sezdimki, bunday holat xayotimda hech qachon bo‘lmagandi.
O‘shandan buyon mening salomatligim va yashovchanligim tez sur’atlarda yaxshilana bordi. A.Rollye raxbarligida men yana bir necha marta och yurdim. U menga 24 soatlik ochlikni o‘rgatdi, keyingi 9 oy davomida uning rahbarligida 7, 14, 21 kunlik ochlanishlarni o‘tkazdim. Ochliklar orasida parhezga rioya qildim.

Oshqozondagi ishqorli reaksiyaga yordam bering

Oshqozonda kislotali reaksiya zararli ekan, demak undan ehtiyot bo‘lmoq lozim. Siz qachondir: ”Mening ozroq mazam bo‘lmay turibdi, rangim oqargan, bo‘lib turadi, hayot o‘zi shunday“,-deganmisiz? Bu noto‘g‘ri. Siz doimo yaxshi kayfiyatda bo‘lishingiz mumkin. Tanangizga doimiy g‘amxo‘rlik qiladigan bo‘lsangiz, uni doimo a’lo darajada ishlaydigan mexanizm deyish mumkin.
Asidoz (kislotaning oshib ketishi) ning birinchi belgilariga diqqat qiling. Tildagi sarg‘ishroq rang, asabiylik, yuzning qizarishi kabi belgilarni e’tiborsiz qoldirmang. Bular xatar qo‘ng‘iroqlari, ehtimol, ular buguncha ko‘zga yaqqol tashlanmas, lekin ertaga o‘zini ko‘rsatadi. Asidoz — makkor, u to‘planayapti. Ertaga emas, aynan bugun o‘zingizni qutqarmog‘ingiz lozim. Axir, hayot — bu o‘zini ximoyalash demakdir. Dushmaningiz qandaydir qo‘shimcha imkoniyatlarga ega va qaysidir ma’noda taktikasi zo‘r bo‘lsa, siz strategiyada tashabbusni qo‘lga olmog‘ingiz lozim. Siz ancha kuchli bo‘lgan  dushman  bilan   olishmoqdasiz.   Siz   nakaut bo‘lishingiz ham mumkin, lekin jangning o‘n raundgina davom etishi xam yoki barcha yigirma raund cho‘zilishi xam sizga va faqat sizga bog‘liq.

Asidozning oqibatlari va keltiradigan barcha sho‘rishlar xaqida bilishingiz lozim. Shu jumladan, u sharoit yaratib beradigan mikro organizmlar xaqida xam bilmoq lozim bo‘ladi. Asidoz surunkali tus kasb etsa, arterial qon bosimining doimiy ko‘tarilishiga va arteroskleroz (arterial qon tomirlarining qochib ketishi) ga olib keladi. Shunday qilib, zanjir halqasi bekiladi: ovkatning kislotalanishi — autointoksikatsiya — arterial qon bosimining ko‘tarilishi — muddatidan oldin o‘lim. Ayrimlar ovqatlanishingizni ko‘rib ”g‘alati odam“ desalar xam e’tibor qilmang. Ana shu ”g‘alatilik» sizni go‘rdan saqlashi esingizda tursin. Yuz foiz normal odamlar, mayli, kulishsin. Siz oxirida kulasiz. Birinchi qo‘ng‘iroqdayoq kartoshkadan pomidorga, pishloqdan mevaga o‘ting.

Agar qondagi reaksiya muvazonatini saqlash imkoni bo‘lmasa, uning ishqorli bo‘lgani ma’qul, lekin hech qachon zardobi oshib ketishiga yo‘l qo‘ymang. Uning belgilari qancha kam ko‘zga tashlansa, xavf-xatar shuncha kuchli bo‘ladi. Yengil, lekin surunkali atsidoz bilan og‘rish kishi tanasini xar xil buzilishlar, kasallik va muddatidan oldin o‘limga olib kelishi mumkinligini juda ko‘pchilik tasavvur xam qilmaydi.

© Pol Bregg
«Ochlik mo’jizasi» kitobi. 3-qism.
Ziyouz.uz