El sog‘ligi — yurt boyligi

Duduqlanish turlari va davolash usullari

Duduqlanish bu   nutq apparati muskullarining tortishishi natijasida   nutqning sur’at ohangining   buzilishidir.

Duduqlanish sabablari hozirgi vaqtda 2 guruhga bo‘linadi: moyillik sababi va keltirib chiqaruvchi sabablardir.

Moyillik sababiga quyidagilar kiradi:

  • Ota-onalarning nevropatik kasallanishi.
  • duduqlanuvchining o‘zidagi nevropatik xususiyatlar.
  • nasliy     buzilish.
  • bosh miyaning turli davrlardagi rivojlanishida,   ko‘plab salbiy omillar ta’sirida shikastlanishi.

Keltirib chiqaruvchi sabablar guruhida anatomik-fiziologik ruhiy va sotsial sabablarni ajratib ko‘rsatishimiz mumkin.

  • Anatomik-fiziologik sabablar: ensefamitik oqibatlari bo‘lgan jismoniy kasalliklar, jarohatlar, miyaning organik     buzilishi, zaharlanishi va markaziy nutq apparatini zaiflashtiruvchi boshqa kasalliklar natijasida nerv sistemasining tamoman izdan chiqishi yoki o‘ta charchashi, qizamiq, terlama, gijjalar, burun, halqum, hiqqildoq kasalliklari, dislaliya, dizartriyaning va   nutq to‘liq rivojlanmaganligi hollaridagi tovush talaffuzi apparatining mukammal rivojlanmaganligi.
  • Ruhiy va sotsial sabablar: qisqa muddatli bir lahzalik ruhiy shikast, uzoq vaqt ta’sir ko‘rsatadigan ruhiy shikast, surunkali ziddiyatli kechinmalar, ruhiy zo‘riqish yoki hal etilmagan, umumiy g‘ov bo‘luvchi ziddiyatli vaziyatlar ko‘rinishidagi uzoq muddatli salbiy hissiyotlar, ruhan juda og‘ir ezilish, o‘tkir samarasiz ta’sirni keltirib chiqaradigan kuchli, bexosdan paydo bo‘ladigan iztiroblar, vahimalik va o‘ta shodlanish holati,  nutqning bolalikda noto‘g‘ri shakllanishi, kichik yoshdagi bolani haddan ortiq   nutq materiallari bilan tanishtirish, zo‘riqtirish, poliglossiya, erta yoshda birdaniga qandaydir turli xil tillarni bilish odatda qandaydir bir tildagi duduqlanishni keltirib chiqaradi. Duduqlanuvchilarga taqlid qilish, bunday ruhiy induksiya ikkita shaklga ajraladi: sust-bola duduqlanadigan kishining   nutqini tinglab beixtiyor duduqlana boshlaydi, u faol duduq kishiga taqlid qiladi, chapaqaylikdan o‘naqaylikka o‘rgatish.

Doimo eslatish, tartibga chaqirish bolaning oliy nerv faoliyatini izdan chiqarish va duduqlanishni keltirib chiqarish bilan birga nevratik va psixopatik holatlarga olib kelishi mumkin; o‘qituvchiining bolaga noto‘g‘ri munosabatda   bo‘lishi, haddan ortiq qattiqqo‘llik, shafqatsizlik duduqlanishning yuzaga kelishi uchun turtki bo‘lib xizmat qilishi mumkin.

Hozirgi davrda duduqlanishning alomatlarini bir-biriga o‘zaro yaqin bo‘lgan ikkita guruhi ajratiladi:

  • biologik (fiziologik)
  • sotsial (psixologik)

Fiziologik alomatlariga ko‘ra   nutqning hosil bo‘lishida ishtirok etuvchi a’zolarining tortishishi, markaziy nerv sistemasi va jismoniy salomatligining, umumiy va   nutq   harakatlarining   buzilishi kiradi.

Psixik alomatlarga   nutqda tutulish va his-hayajonli   nutqning boshqa   buzilishlari   nutqda qayd qilish fenomeni, logofobiyalar, nayrang ishlatish va boshqa ruhiy jihatlar kiradi.

Nutq akti jarayonidagi muskul tortishish 3 xil bo‘ladi:

  • klonik
  • tonik
  • aralash.

Duduqlanish tutib qolishining beqaror tezligini o‘rganish to‘g‘ri   nutqning saqlanib qolgan nutq faoliyatidagi va   nutq vaziyatidagi turli darajali murakkabliklariga bog‘liq ravishdagi ko‘rsatkichlarini belgilash to‘g‘risidagi tushunchalarni asoslash uchun imkoniyat yaratadi.

Saqlangan   nutq darajasini aniqlash logopedik ishning   har bir bosqichidagi asosiy tuzatish vazifalari uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Duduqlanishning paydo bo‘lishiga shuningdek umumiy va   nutq motorikasining turlicha   buzilishlari xosdir. Ular zo‘raki va ixtiyoriy tutib qolish tarzida bo‘lishi mumkin. Duduqlanuvchilar o‘zlarining qiyin   nutqini niqoblash yoki yengillashtirish maqsadida bunday   harakatlardan foydalanadilar. Duduqlanishning sotsial asosi shunday psixik asoski, uning asosida « nutqning zaiflashuvini idrok etish» paydo bo‘ladi. O‘zining noto‘kisligini his etish nevrotik kasallikning rivojlanishida asosiy omillardan biri hisoblanadi.

Xastalangan kishi o‘zining kasallik alomatlariga qanchalik   ko‘p e’tibor bersa, u shunchalik zo‘rayib boraveradi. Natijada shunday og‘ir ahvol paydo bo‘ladiki, bemor undan sira qutula olmaydi, kasallik alomati uning e’tiborini chulg‘ab oladi, buning   oqibatida alomatlar yanada rivojlanadi va bemorning e’tiborini   o‘ziga qaratadi. Duduqlanish muammolari bilan shug‘ullanuvchi tadqiqotchilar nuqsonga e’tiborni jalb etish tushunchasi borasida turlicha qarashlarni keltiradilar: diqqat e’tiborning alohida xususiyati, nuqsonni idrok etish, u haqida tasavvurga ega bo‘lish, unga nisbatan turlicha xissiyotli munosabatda bo‘lish kabilar.

Nuqsonda qayd qilinadigan turli darajalarning haqiqiy murakkabligini ifodalovchi me’yorlarni topish muhimdir. Bunday me’yor sifatida duduqlanuvchining o‘z nuqsoniga nisbatan his-hayajonli munosabati borasidagi 3 ta variantdan va ularga qarshi irodaviy kuch-g‘ayrat sarflashning 3 ta variantidan foydalanish mumkin. Shular munosabati bilan duduqlanadigan kishilarni uch guruhga ajratish uchun «kasallikka diqqatni jalb qilish» atamasining kiritilishi o‘rinlidir.

  • Kasallikka diqqatni jalb qilishning nolinchi darajasi: bolalar go‘yo o‘z nuqsonini sezmagandek, u haqida o‘ylamaydilar va tashvishlanmaydilar. Tortinish, o‘zining noto‘g‘ri   nutqi xususida o‘ylash, nuqsonni bartaraf etish uchun hech qanday urinishlar bo‘lmaydi.
  • Kasallikka diqqatni jalb qilishning mo‘tadil darajasi: yuqori sinf o‘quvchilari va o‘smirlar o‘z nuqsonidan tashvishlanadilar, undan uyaladilar, duduqlanishni yashiradilar, turlicha hiyla ishlatishgacha boradilar, atrofdagilar bilan kamroq munosabatda   bo‘lishga urinadilar. Ular o‘zlarinig duduqlanishlarini biladilar, uning ketidan qator noqulayliklarni boshdan kechiradilar, o‘z kamchiligini niqoblashga urinadilar.
  • Kasallikka diqqatni jalb qilishning yaqqol ifodalangan darajasi: duduqlanuvchilarda nuqson borasidagi tashvishlanish o‘zining noto‘kisligini doimiy chuqur his etishga aylanadi, bunda   har bir   harakat   nutqiy noto‘kislik tushunchasi orqali tahlil etiladi. Ular o‘z diqqatlarini   nutqiy kamchiliklariga yo‘naltiradilar, duduqlanishdan chuqur tashvish chekadilar, ular uchun kasallikka e’tibor berish, kasallikdan shubhalanish, gapirishdan oldin vahimaga tushish, odamlardan, vaziyatlardan va boshqalardan gumonsirash xosdir.

Duduqlanish uchta darajaga ajraladi:

  • Yengil duduqlanish — kishi asabiylashgan holatida yoki tez gapirayotganida duduqlanad.
  • O‘rtacha duduqlanish- kishi tinch, odatdagi vaziyatda oson gapiradi, kam duduqlanadi, his-hayajonli damlarda kuchli duduqlanish yuz beradi.
  • Og‘ir duduqlanish — kishi butun nutqi davomida, doimiy chalg‘ituvchi   harakatlar qilishi bilan duduqlanadi.

Duduqlanish davom etishiga ko‘ra quyidagi turlarga ajratiladi:

  • Doimiy — duduqlanish paydo bo‘lgach turli nutq shakllari va vaziyatlarida bevosita namoyon bo‘ladi.
  • To‘lqinsimon duduqlanish- duduqlanish goh kamayadi, goh kuchayadi, lekin butunlay yo‘qolmaydi.
  • Qaytalanuvchi — duduqlanish yo‘qolib, yana paydo bo‘ladi, ya’ni qaytalanish yuzaga keladi, uzoq muddatli erkin tutulishsiz nutqdan so‘ng qayta paydo bo‘ladi.

Birinchi holatda bu davolash tadbirlari, ikkinchisida pedagogik tadbirlar va uchinchisida duduqlanuvchiga davolash va pedagogik jarayonlarning turli holatda qo‘shib olib borgan holda ta’sir etish.

Duduqlanishni bartaraf etishning terapevtik vositalari turlicha darajalari va shakllarida qadimdan boshlab barcha davrlarda qo‘llanib kelingan.

Duduqlanishni davolashning jarrohlik metodi eramizning I asridan XIX asr o‘rtalariga qadar to uning besamaraliligi va xavfliligi haqidagi fikrlar tasdiqlanguncha qo‘llangan.

Psixoterapevtik ta’sirlar.

Duduqlanishga nevrotik zaiflashuvi sifatidagi qarashlarni paydo bo‘lishi bilan ayrim mualliflar uni psixoterapevtik ta’sir orqali bartaraf qilishga birinchi darajali ahamiyat bera boshladilar.

Didaktik usullar.

Duduqlanuvchilarda to‘g‘ri   nutqni didaktik usulda tarbiyalash tarafdorlari ham   nutqning ayrim elementlarini, ham umuman nutqni qamrab oluvchi turli xil va sekin-asta murakkablashadigan nutqiy mashg‘ulotlar sistemasini tavsiya etishdi.

Duduqlanishni bartaraf etishga zamonaviy atroflicha yondashuv deganda duduqlanuvchi ruhiy jismoniy holatining turlicha tomonlariga turli mutaxassislarning   har xil vosita va usullari bilan pedagogik davolash orqali davolash, ta’sir etish tushuniladi. Barcha pedagogik davolash majmuini duduqlanuvchilarga ta’sir etish xususiyatiga qarab shartli ravishda ikkita guruhga ajratish mumkin: davolash- sog‘lomlashtirish va pedagogik tuzatish.

Tibbiyotchi olib boradigan davolash- sog‘lomlashtirish ishlari quyidagi asosiy vazifalarni o‘z ichiga oladi: duduqlanuvchining asab sistemasi va jismoniy holatini mustahkamlash hamda sog‘lomlashtirish, ularning ruhiy-jismoniy holatidagi og‘ish va patologik ko‘rinishlarni bartaraf etish va davolash.

Logoped olib boradigan pedagogik   tuzatish ishlar quyidagi asosiy vazifalarni o‘zida mujassamlashtiradi, duduqlanuvchi   nutqidagi nuqsonlar va ruhiy noto‘kis jihatlarini bartaraf etish. Logoped o‘z uslubi va vositalarini duduqlanuvchiga ta’sir etishda qo‘llay biladigan zarur mutaxassislarning hamkorlikdagi tibbiy-pedagogik ishini tashkil etadi.

[divider] [highlight]Avitsenna.uz sayti orqali mavzuga aloqador quyidagi maqolalarni ham o‘qishingiz mumkin:[/highlight]

Telegramdagi rasmiy kanalimizga a’zo bo‘ling!

A’zo bo‘lish
loading...

Savollar

  1. Zuhriddin

    Salom ismim Zuhriddin men kichkinaligimdan duduqlanib gapiraman kichkiinaligimda uncha etibor bermaganman hozir biroz qiynalayapman gapirolmayman aytaman deman aytaolmay tuxtab qolaman shu payt nafasim siqib qoladi alergicheski astma duduqlanishimni yuqotish uchun nima qilishim kerak iltimos yordam bersangiz?

  2. Inomjon

    salom men r harfini yaxshi tallafuz qila olmayman qanday qilib talaffuzni to’g’irlasam bo’ladi
    elektron pochtamga yozilar javobini
    inomjon_2000@list.ru
    18da yoshim

  3. Turabek

    Salom men Turabek 18 yoshdaman. Men ruxiy kasalligiga tushub qolganga uxshayman. Yuragim siqiladi sabr qilaman, atrofdagilar bilan muloqat qilishga qiynalaman hozirda tengdoshlarim ya’ni o’zimmi oshna o’rtoqlarimdan ajralib qolganday bo’lib, ular yoniga borsam gapirishdan oldin shok holatiga kelib qolaman. Nutq so’zlashda ham ancha qiynalaman. Kimdir men haqimda gapirsa yuragim xuddi qurqqanday bo’ladi. Uzimmi qancha bo’lsa ham yolg’iz qolishimmi hoxlayman. Sukunatda o’zim hayolan gaplashaman. Iltimos menga qanday yordam bera olasizlar. Men shifokorga boraymi, yoki psixologekga boraymi. Iltimos menga yordam beringla.

  4. Qayumjon

    Hammaga salom do‘stlar meni ismim Qayumjon.
    Menda qandaydur g‘alati holatlar yuz beradi.
    Gapirishdan oldin ba’zida dastavval kuchli qo‘rquv paydo bo‘ladi va tezda bu qo‘rquv kuchli hayajonga aylanadi.So‘z boshlash da qiynalaman tilim qotib qolganday bo‘ladi.Bu holatda men kimga murojat qilsam bo‘ladi.Iltimos kimni qo‘lidan kelsa yordam bering.

  5. farhod

    salom meninng ismim farhod men gapirishdan oldin kuchli hayajonga tushaman shuning uchun nafasim ichimga tiqilib gapirolmay qolaman kupincha bosh harfi a bilan boshlanadigan so’zlarga qiynalaman bizni oilamizda duduqlanuvchlar yo’q oldin xam bolmagan men pisixolgga borishim kerakmi yo jarroxlik yoli bilan davolasa buladimi

  6. ALIYOR

    Hamma uchun eng yaxshi mutahasis bu logoped
    googledan logoped.uz deb qidirsangiz turli manzillardagi logopedlar korsatiladi ulardan yaxshi maslaxatlar olishingiz mumkin

  7. Abdurahim

    Salom meni ismim Abdurahim. Menda xam Duduqlanish kasalligi bor va eng yaxshi qarorga keganman bu kasallik xaqida . Juda ko’p vrachga borganman. Sizlarni yxshi tushunaman xolatilarni na iloj. Kimda agar vrach yoki psixolog xaqida ma’lumot yoki nima qilish xaqida maslaxat kerak bo’lsa bemalol tortinmiy so’raveringlar yordam beraman . (97) 7731332 .

  8. Shaxzoda

    Asalom mening qizim 12ga kichkinaligidan gapirolmaydi duduqlanadi maktabiga kitob öqilolmaydi lekin yaxshi uqiydi uyda hamma joyda olib bordim chetelga ham ob bordim lekin foyda berormayabdi iltimos bordam bering

  9. Abdurahim

    Shaxzoda qizingizni qiynamang o’zingizni xam va mexnat qilib topayotgan pullaringizni xam. Tug’ma duduqlanadimi qizingiz yoki qattiq qo’rqqandanmi? Ikki xil xolda xam Meditsina ojiz davolashga faqatgina pulingiz ketadi va oz bo’lsa xam qizingiz tinchlanadi vrachlar yozib bergan tinchlantiruvchi dori vositalari yordamida albatta lekin yana qizingiz maktabidami yoki uydami vaximaga tushsa yoki qattiq qo’rqsa yoki maktabda doskaga chiqishdan oldin duduqlanishini o’ylab qattiq xayajonlansa bari qilgan davoyingiz xammasi xavoga uchadi chunki asab tizimi shunday . Maslaxatim qizinigizni xayajonlanish balosidn qutulishiga yordam bersangiz bas qogani qizingizni o’ziga bog’liq lekin bu juda qiyin qizingizni bardoshiga bog’liq. Psixologlarga olib borsammikin deb o’ylamang agar juda yaxshi psixolog bosa yordam beradi ko’plari tovlamachi. Eng yaxshi psixolog siz va qizingizni o’zi .sog’ bo’ling

Fikr bildirish

Sizning emailingiz chop etilmaydi. To‘dirish zarur qatorlar * bilan belgilangan.