DTM testlarini onlayn yechish imkoni mavjud

Davlat Test Markazi testlarini online ishlashingiz mumkin. Buning uchun Davlat Test Markazining rasmiy www.dtm.uz saytiga kirishingiz va ro‘yxatdan o‘tishingiz kerak.

Online testlar DTM saytining bosh sahifasida chiqadigan asosiy menyuda «ONLINE TEST» bandida keltirilgan. Bundan tashqari, online testlarni bajarishga o‘tishda asosiy menyudan tashqari pastki menyudan ham foydalanish mumkin, buning uchun DTM saytiga kirib, bosh sahifaning eng pastki qismiga tushsangiz «Online Test» degan link ko‘rasiz. U orqali «Online test yechish» formasi chiqadi. Login/Parol kiritish joyidan pastroqda joylashgan «Ro‘yxatdan o‘tish» formasini to‘ldirish orqali Login/Parol olishingiz mumkin.

O‘z nomingizdan online testga kirganingizdan keyin e’tiboringizga bir nechta fanlar (Biologiya, Kimyo, Ona tili…) bo‘yicha online testlar havola etiladi. Testlar 36 savoldan iborat bo‘lib, har safar fan bo‘yicha testni ochganingizda yangi variant beriladi.

Test oxirida «Natijalarni hisoblash» orqali 36 ta savoldan nechtasini to‘g‘ri yechganingiz haqida ma’lumot olishingiz mumkin. DTM saytining bu imkoniyati oliy o‘quv yurtlariga kirish imtihonlari uchun tayyorgarlik ko‘rayotgan abituriyentlar uchun juda qulay. Online test orqali o‘qiyotgan fanlaringiz bo‘yicha testga bo‘lgan tayyorgarligingizni sinovdan o‘tkazishingiz mumkin.

Maqola «Abituriyent-2016» loyihasi doirasida chop etildi. Loyiha ynagiliklarini Avitsenna.uz saytidan tashqari «Telegram»dagi «AbituriyentUz» kanali orqali ham kuzatib borishingiz mumkin! Loyihaning asosiy sahifasiga o‘tish

1 ta savol

So‘rov qoldirish

Sizning emailning chop etilmaydi.To‘ldirilishi zarur qatorlar * bilan belgilangan *

*