Dori vositalari bilan imtiyozli ta’minlanish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar toifalari

Ambulatoriyada davolanishda dori vositalari bilan imtiyozli ta’minlanish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar toifalari ro‘yxati:
1. Onkologik kasalliklarga chalinganlar.
2. Sil kasalligiga chalinganlar.
3. Moxov kasalligiga chalinganlar.
4. Endokrinologik kasalliklarga (qandli va qandsiz diabetga) chalinganlar.
5. Ruhiy kasalliklarga chalinganlar.
6. OIV kasalligini yuqtirganlar.
7. Yurak klapanini protezlash va organlarni ko‘chirish yuzasidan operatsiya qilingan shaxslar.
8. O‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz pensionerlar.
9. 1941—1945 yillardagi urush nogironlari va qatnashchilari, shuningdek ularga tenglashtirilgan shaxslar.
10. 1941—1945 yillardagi urush mehnat fronti qatnashchilari.
11. Chernobil AESidagi halokat oqibatlarini tugatishda qatnashgan — nogiron shaxslar.
12. Baynalmilalchi jangchilar.
13. Harbiy xizmatni yadro poligonlarida va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida o‘tagan pensiya yoshidagi shaxslar.

Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 22 iyuldagi 204 son qaroriga
1 ILOVA

Maqola amaldagi qonun hujjatlaridan olingan. Manba: Lex.uz

So‘rov qoldirish

Sizning emailning chop etilmaydi.To‘ldirilishi zarur qatorlar * bilan belgilangan *

*