Donorga qanday kafolatlar beriladi?

«Qon va uning tarkibiy qismlari donorligi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga asosan donorga quyidagi kafrlatlar taqdim etiladi.

20-modda “Donorga beriladigan kafolatlar”

Donor qon va uning komponentlarini topshirgan, hamda tibbiy tekshiruvdan o‘tgan kuni o‘rtacha ish haqi saqlangan holda ishdan ozod etiladi.

O‘rta maxsus, professional o‘quv muassasalari o‘quvchilari, oliy o‘quv yurtlari talabalari, hamda boshqa kategoriyali o‘quvchilar qon va uning komponentlarini topshirgan, hamda tibbiy tekshiruvdan o‘tgan kuni, darslardan ozod etiladi. Harbiy xizmatchilar esa naryadlar, qorovullikdan va boshqa turdagi xizmatlardan ozod etiladi.

Donorga xar bir qon va uning komponentlarini topshirgan kundan keyin o‘rtacha ish xaqi saqlangan xolda qo‘shimcha bir kun dam beriladi. Belgilangan dam olish kuni donorni xoxishiga ko‘ra xar yilgi ish ta’tiliga qo‘shilishi mumkin.

21-modda “Donorlarni taqdirlash”

Doimiy, beg‘araz ravishda qon va uning komponentlarini topshirgan donorlarga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 23-iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi faxriy donori” («Почетный донор Республики Узбекистан») ko‘krak nishoni bilan mukofotlanadi.

Maqolani baholashni unutmang, iltimos!
1 baho2 baho3 baho4 baho5 baho

Loading...

Telegramdagi rasmiy kanalimizga a’zo bo‘ling!

A’zo bo‘lish
loading...

Tegishli maqolalar

Fikr bildirish

Sizning emailingiz chop etilmaydi. To‘dirish zarur qatorlar * bilan belgilangan.

Close