Chaqaloqlarda disbioz

Tug‘ruqxonadan chiqqandan so‘ng bir haftalardan keyin bir maromda uxlayotgan chaqaloqning teri qoplamlari quruqlashib, ichi kelmaydi yoki aksincha tez-tez va suyuq bo‘lib keladi.

Uning onasini emishi kamayadi, qorni og‘rigani uchun bezovta harakatlari ko‘payib, dard sababli yig‘isi kuchayib boradi. Natijada najasida shilliqlar paydo bo‘lib, ichi keta boshlaydi. Bu holat ko‘proq ichak disbiozidan dalolat beradi. Xalq orasida ushbu kasallik disbakterioz deb ham yuritiladi.

Disbioz yoki disbakterioz – ichak mikroflorasining salbiy tomonga o‘zgarishi degan ma’noni bildiradi.

Ichak mikroflorasining sifat va miqdoriy o‘zgarishi obligat (asosiy) va fakultativ mikrob guruhlari hisobidan bo‘ladi. Me’da-ichak tizimining mikroekologik tizimi ochiq biotsenoz hisoblanadi. Tashqi muhit va hazm yo‘li mikroflorasi orasida doimiy mikroorganizmlar aylanishi sodir bo‘ladi.

Xastalikka qanday omillar sabab bo‘ladi?

Homila organizmiga mikroblar dastlab onaning tug‘ruq yo‘llari orqali o‘tadi. Tug‘ruq yo‘llarida laktobatsillalar miqdori bifidumbakteriyalardan ko‘p hisoblanadi. Ularning qolgan qismi ichak mikroflorasiga mos bo‘ladi. Kesarcha kesish yo‘li bilan tug‘ilgan bolalarda mikrofloraning bunday tabiiy o‘tishi kuzatilmaydi va ichak biotsenozi shakllanishi buzilgan bo‘ladi.

Chaqaloq tug‘ilgach, uning me’da-ichak tizimiga tashqi muhitdan mikroblar o‘tadi. Asosan birinchi kun oxirida aerob (havoli muhitda rivojlanadigan) mikrofloralar o‘tadi. Kokk, enterobakteriya, zamburug‘ va shartli patogen mikroblar tranzitor disbakteriozni keltirib chiqaradi.

Yangi tug‘ilgan chaqaloqning og‘iz bo‘shlig‘ida Lactobacillus va Strepthococcus salvanus bo‘ladi. Keyinroq ya’ni, 3-4 kun o‘tgach uning yo‘g‘on ichagida laktobatsilla, stafilokokk, streptokokk, esherexiyalar bo‘ladi. Birinchi kunlari ichakda hatto, eng kuchsiz virulent mikroorganizmlar ko‘payishi va ularning koloniyasi bo‘lishi mumkin. Bu mittivoyning me’da-ichak tizimida mahalliy immun tizimning himoya kuchi pastligi natijasidir. Endi tug‘ilgan chaqaloqning ichak mikroflorasi normal rivojlanishi uchun hayotining birinchi soatlaridan ko‘krak suti bilan emizish o‘ta muhimdir. Ushbu holatda 7-8 kunda mikroflora me’yorlashadi.

Ushbu maqolani ham o‘qing:  Chilimning zararsiz ekanligi rostmi?

Ingichka ichak normal mikroflorasi tarkibi

Ingichka ichakda bakteriyalar kam bo‘ladi. Mikroblarning asosiy qismi yo‘g‘on ichakda kuzatiladi. Sog‘lom bolalar mikroflorasi 3 guruhga bo‘linadi:

  1. Asosiy (obligat) anaerob flora 95-99 foiz – bifudobakteriyalar, bakteroidlar – asosiy fiziologik vazifalarni bajaradi.
  2. Hamroh (qo‘shimcha) flora esa laktobakteriya, ichak tayoqchalarining me’yoriy shtamlari himoya va hazm qilish vazifalarini bajaradi.
  3. Qoldiq ko‘rinishidagi aerob soprafit va shartli patogen flora 1 foiz uchraydi.

Ichak normal florasi funksiyalari:

  1. Hazmning oxirgi bosqichlari – laktozani parchalash, o‘t kislotalar dekonyugatsiyasi, to‘yinmagan yog‘ kislotalarini transformatsiya qilish(tashish).
  2. B12, foliy kislota, K, B6, B3, PP vitaminlari, biotin kabi vitaminlar sintez qilinadi.
  3. Yolg‘on antogonistik ta’siri: bifido va laktobakteriyalar shilliq qavatda himoya faoliyatini hosil qilib, o‘tkir ichak infeksiyalariga moyillikni ta’minlaydi.
  4. Ichak shilliq qavati tuzilishiga ta’siri: regeneratsiya(qayta tiklanish)ni tezlashtiradi, hazm va ozuqaviy moddalarning so‘rilishiga ta’sir qiladi.
  5. Mahalliy immun tizimni kuchaytiradi.

Normal mikroflora nospesifik himoya vazifasini bajarib, me’da-ichak tizimida biokimyoviy va biologik muhit doimiyligini ta’minlaydi.

Disbioz yoki disbakterioz etiologiyasi (sababi)

Ichak mikroflorasining tiklanishi uzoq davom etadi. Go‘dak tug‘ilganidan so‘ng 6-7 kun o‘tgach, bifidobakteriyalar tanqisligi kelib chiqadi. Natijada shartli patogen flora ko‘pincha stafilokokklarga o‘tadi. Ona autoflorasidagi salbiy tomonga siljish, qin va ichak disbiotsenozi, tug‘ruqxona xodimlarining gigiyena qoidalariga rioya qilmasligi, bolaning ona sutini kech emishi organizmning immun tizimini susaytiradi. Chala tug‘ilgan bolalarda hamda yangi tug‘ilgan chaqaloqlarni sun’iy ovqatlantirish, ularni antibiotiklar bilan davolash mikrofloraning salbiy tomonga o‘zgarishiga olib keladi.

Klassifikatsiyasi

Disbiozni 4 darajasi bor. Uning darajalariga ko‘ra anaerob(havosiz muhitda rivojlanadigan) flora miqdori kamayib boradi. Xastalikning 1-2 darajasida anaeroblar aerobdan ko‘p bo‘ladi, kasallikning 3-4 darajasida anaerob aerobga teng yoki kam bo‘ladi. Dardning hamma bosqichida bifidobakteriya, laktobatsilla miqdori kamayib boradi. Shartli patogen(zararli) flora ko‘payib boradi. Anaerob florada sifat va miqdoriy o‘zgarish bo‘ladi. Me’yorda uning dominant (ustun) bo‘lmagan (bakteroidlar, fizobakteriyalar, litsitinpozitiv klastridiyalar, anaerob kokklar kabi) turlari ko‘payadi.

Ushbu maqolani ham o‘qing:  Emizikli onaga tavsiyalar

Klinik manzarasi

Disbioz – bu klinik mikrobiologik tushunchadir. U umumiy va mahalliy immunitet(organizmning xastalikka chidamliligi) pasayishi bilan kechadigan ko‘p kasalliklarning sindromi hisoblanadi. Bunda ingichka ichakda hazm va so‘rilish jarayonlari buziladi. Ichaklarda yel(gaz) hosil bo‘ladi va ularning harakati kuchayadi. Natijada kuchli dispeptik(ich) buzilishlar kuzatiladi. Odatda birinchi haftaning oxirida bemor bolaning qorni dam bo‘lib, unda qusish, emishdan bosh tortish kuzatiladi. Uning ichi suyuq va tez keladi. Go‘dakning axlati yashil, hazm bo‘lmagan, shilliqli, qo‘lansa hidli bo‘ladi. Hazm va so‘rilish jarayonlarining buzilishini bola tana vaznining kamayish ko‘rsatkichlaridan kuzatish mumkin. Agar kasallik cho‘zilgan holda kechsa ko‘p hollarda gipotrofiya (ozib ketish), anemiya, raxit, jigar kattalashishi holatlariga olib kelishi mumkin.

Odatda dispeptik o‘zgarishlar disbiozning 2,3, 4 darajalarida bu xastaliklar kuzatiladi.

Disbioz kasalligini davolash

Ichak disbiozida eng yaxshi davo go‘dak uchun ona suti hisoblanadi. Chaqaloqni emizishning iloji bo‘lmagan hollarda pre yoki probiotiklari bor qo‘shimchalar beriladi.

  1. “Semfer bifidus” – laktozali va “Omneo”, “Mameks” nomli aralashmalari probiotikli hisoblanadi.
  2. Probiotikli aralashmalarga esa “Laktofidus” bifidobakteriyalar bilan boyitilgan hamda “NAN” nordon qatiqli – bifidobakteriya va nordon sutli streptokokk bilan boyitilgan mahsulotlar kiradi.

Disbakteriozda dori vositalari bilan davolash ikki bosqichda o‘tkaziladi:

1-bosqich. Mikrob dekontaminatsiyasi ingichka ichakda bakteriya o‘sishi yuqori bo‘lganda, shartli – patogen (zararli) flora aniqlanganda o‘tkaziladi. Mahalliy ta’sir qiluvchi, obligat (asosiy) foydali mikrofloraga ta’sir qilmaydigan dori vositalari tanlanadi.

Bemorda ichakdan tashqari yana boshqa xastalik o‘choqlari bo‘lganda, flora sezgirligiga ko‘ra antibiotikli davo kursi amalga oshiriladi.

Kandidozda zamburug‘larga qarshi dori vositalari qo‘llaniladi.

Ushbu davo muolajasi 1-bosqichda 5-7 kun davom etadi.

Disbiozning 1-darajasida klinik belgilar bo‘lmaganda antibiotiklar qo‘llanilmaydi.

2-Bosqich. Ichak mikroflorasini me’yorga keltirishda probiotiklar qo‘llaniladi (ichakdagi normal florani saqlaydigan dori vositalari), bioterapevtik dori vositalari sifatida ishlatiladigan mikroorganizmlar ham ichak mikraflorasi faoliyatiga ijobiy ta’sir etadi.

Ushbu maqolani ham o‘qing:  Tug‘ruqdan keyin jinsiy yo‘llar kengayishi tabiiy holatmi?

Probiotiklarning ta’sir mexanizmi:

Shunday qilib emizikli onalar ham go‘daklari sog‘lom bo‘lishi uchun sifatli, to‘yimli hamda to‘g‘ri ovqatlansalar maqsadga muvofiq bo‘ladi. Yana ular chaqaloq xastalanib qolgan holatlarda bolalar shifokoriga o‘z vaqtida murojaat etishlarini tavsiya etamiz. Zero, xoh u emizikli ona, xoh u yangi tug‘ilgan chaqaloq bo‘lsin bemorlik holatida o‘zboshimchalik bilan uyda davolanish yoki atrofdagilarning “beminnat maslahatlari”ga amal qilish yomon oqibatlarga olib keladi.

© Dilfuza TURDIYEVA,
ToshVMOI “Neonatologiya” kafedrasi dotsenti.
«Sog‘lom avlod» gazetasi.

Maqolani baholashni unutmang, iltimos!
1 baho2 baho3 baho4 baho5 baho

Loading...

Telegramdagi rasmiy kanalimizga a’zo bo‘ling!

A’zo bo‘lish
loading...

Tegishli maqolalar

Fikr bildirish

Sizning emailingiz chop etilmaydi. To‘dirish zarur qatorlar * bilan belgilangan.

Close