Davolanishni istaganlar uchun yo‘riqnoma

Biz bugun sizga zarur maslahatlarni berib o‘tmoqchimiz.Bu masalalarni o‘zlashtirmasdan muolajalarni boshlashni o‘ylab ham o‘tirmang. Menga, bergan giyohlaringni ichdim, hech narsa bo‘lmadi, deganlar ham bo‘ldi va men ularga sababi namadaligini aytib kerakli nasihatlarni berdim.

Xullas, gapni qisqa qilamizda, maqsadga ko‘chamiz. Agar tanangizda biror bir xastalik bo‘lsa va u sizning g‘ashingizga tegsa va undan forug‘ bo‘laman desangiz, quyidagi maslahatlarga

Amal qiling!

  1. Ushbu kasallikdan rozi bo‘ling. Negaki, bu ham sizning rizqingizdir. Bundanda yomon holga tushib qolmaganingizdan xursand bo‘lingki, sizdan battarlar ko‘p va ne-ne qilgan gunohlaringiz to‘kilmoqda.
  2. Inshaalloh tuzalaman, dengki barcha dardga davo bor.
  3. Asablaringizni asrang, atrofdagilarni juda ko‘p urintirmang va sizga yordam berayotganlarga doim rahmatlar ayting.
  4. Rejimga amal qiling. Sizga maslahat bergan kishi nima desa, o‘shani qiling. Dorilarni o‘z vaqtida iste’mol qiling. Ishxonada bo‘lsada olib boring. Uch mahal ichilsa, to‘rt mahal qilib yubormang. Iloj boricha faqat bir xil vaqtlarda damlamani qabul qiling: kecha ertalab oltida ichgan bo‘lsangiz bugun ham shu vaqtga to‘g‘irlang. Yodingizda bo‘lsinki giyohlar faqat ovqatdan yarim soat oldin ichiladi.
  5. Nafsingizni tiying. Ha nafsingizni tiying. Ayirish organi xastaliklariga achchiq, sho‘r, qattiq, qovurilgan, dukkakli donlar iste’moli umuman mumkin emas. Oshqozon ichak kasalliklarga ham shu tavsiya etiladi. Bir ikki oy parhezda chidasangiz hech narsa qilmaydi. Parhezni buzsangiz tuzalmasligingizga qo‘ygan qadamingizdir. Erkaklar uchun arag‘ ichish umuman mumkin emas. Arag‘- uni, buni davolaydi, deganlar o‘sha arag‘ning «qul»laridir.
  6. Dorivor giyohlarni ichayotganingizda ta’mini o‘zgartiradigan darajada asal qo‘shib tayyorlang. Chunki giyohlar qon bosimi(davleniya)ning tushishiga sabab bo‘ladi. Asal qo‘shganda esa normallashadi. Toza asalning o‘zi ham ko‘p dardlarga davodir.
  7. Giyohlar muolajasi davrida hech qanday kimyoviy doridan foydalanmang, chidang. Kimyoviy dorilar giyohlar kuchini ketkazadi.
  8. Muolaja davrida qidirmang. Mehmonga borganingizda majburan parhezni buzib qo‘yishingiz mumkin.
  9. Damlama va malhamlar tamom bo‘lgach ikki haftagacha xavfli va qo‘zg‘atuvchi yeguliklardan tiyiling.
  10. Oshqozon yara kasalliklarga chalinganlar muolaja tugagach indoskopiyaga borib ko‘rinish kerak emas, chunki, endoskopiya bitayotgan yarani ochib yuborishi mumkin.

Ushbu o‘nta maslahatga amal qilsangiz, nasib etsa tuzalasiz.

© Aktamxon Gadayev.

Hadya.uz nashri.

So‘rov qoldirish

Sizning emailning chop etilmaydi.To‘ldirilishi zarur qatorlar * bilan belgilangan *

*